Fuqarolik holati dalolatn omalarini


FHDYo idoralarida yuritiladigan daftarlar



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/62
tarix05.10.2023
ölçüsü2,69 Mb.
#125441
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   62
18.2. FHDYo idoralarida yuritiladigan daftarlar
FHDYo bo'limiga kirim qilinadigan barcha hujjatlar, shu jumladan 
fuqarolik holati dalolatnom alarini qayd etish haqidagi, takroriy 
guvohnomalar berish haqidagi arizalar, dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish, 
tuzatish, qo'shimchalar kiritish to‘g‘risidagi, dalolatnoma yozuvlarini tiklash 
va bekor qilish haqidagi arizalar, boshqa FHDYo bo'limlaridan keladigan 
xabamomalar maxsus daftarlarda qayd etib boriladi.
FHDYo bo'limlaridan chiquvchi hujjatlar ham maxsus daftarlarda 
qayd etiladi. Har bir chiquvchi hujjatga raqam va sana qo‘yiladi, bu 
raqamlar chiquvchi hujjatlarni qayd etish daftaridagi raqamlarga mos 
kelishi kerak. Hujjatning FHDYo bo‘limida qoluvchi nusxasiga ham 
xuddi shunday raqam va sana qo‘yiladi.
FHDYo idoralarida tug'ilish, nikoh tuzish, nikohdan ajralish, o‘lim 
to‘g‘risidagi dalolatnomalarni qayd etish daftarlari va tug'ilish haqidagi 
tiklangan dalolatnomalarni qayd etish daftarlari yuritiladi. Bu daftarlar 
dalolatnoma yozuvlarining ikki nusxa blankalaridan iborat bo'lib, 
FHDYo bo'limida saqlanadigan nusxalari 250 varaqdan iborat daftar 
shaklida tikiladi.
FHDYo organlarida tug‘ilganlik, nikoh, nikohdan ajralganlik, o ‘lim 
haqida qayd etilgan dalolatnoma yozuvlari asosida alohida va bir yo‘la 
ikki nusxada alfavit daftarlari (kitoblari) yuritiladi. Alfavit daftarlarining 
muqovasida mazkur daftar qaysi dalolatnoma yozuvi bo‘yicha va qaysi 
yil uchun yuritilayotganligi yozib qo'yiladi. Qayd etilgan dalolatnoma 
yozuvlari shu kunning o ‘zidayoq tegishli alfavit daftarlariga yozib 
qo‘yiladi. Nikoh va nikohdan ajralganlikto‘g‘risidagi alfavit daftarlariga 
ham er, ham xotinning familiyasi, ismi, ota ismi kiritiladi. Tug‘ilganlik, 
o‘lim, nikoh tuzish, nikohdan ajralganlik to ‘g‘risidagi dalolatnoma 
yozuvlariga o‘zgartirish, tuzatish, qo ‘shimchalar kiritilganda, shu 
yozuvlar qayd etilgan yildagi alfavit daftarlariga kiritilgan o'zgartirishlar 
haqida yozib qo‘yiladi.
71
www.ziyouz.com kutubxonasi


Qishloq, ovul, shaharcha fuqarolar yig‘inlari har oylik hisobotdan 
keyin qayd etilgan dalolatnoma yozuvlari bo‘yicha familiya va ismlarni 
tuman (shahar) FHDYo bo‘limi alfavit daftariga FHDYo bo‘limi mas’ul 
xodimi nazorati ostida kiritib boradi.
Alfavit daftarlarining bir nusxasi joriy yil tugashi bilan (yangi yilning 
yanvar oyi 15-kunidan kechiktirmasdan) keyinchalik kompyuter bazasiga 
kiritish uchun adliya boshqarmalari FHDYo arxivlariga topshiriladi.
Alfavit daftarlarining to ‘g‘ri va aniq yuritilishi FHDYo organida 
saqlanayotgan dalolatnoma yozuvlarining soni, ularga kiritilgan 
o‘zgartirish va qo‘shimchalami aniqlashda va zarur dalolatnoma yozuvini 
qiyinchiliksiz topishda qulaylik yaratadi.
Hujjatlarning ijrosi FHDYo boMimining mudiri va Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Adliya 
boshqarmalari tomonidan nazorat qilib boriladi. Hujjatlar ijro etilib, 
tegishli tartibda rasmiylashtirilgandan so‘ng yig'majildlarga tikiladi. Har 
bir masala bo‘yicha hujjatlar alohida yig‘iladi va xronologik tartibda 
ijro qilish sanasiga qarab joylashtiriladi. Masalan, tug‘ilganlikni qayd 
etish bo‘yicha yolg‘iz onalar arizalari yig‘majildi va ro‘yxat daflari; 
tug‘ilganlikni muddatini o‘tkazib qayd etish hujjatlari; tashlandiq bolalar 
va tibbiy yordamsiz tug‘ilgan bolalarning tug‘ilishini qayd etish bo'yicha 
yig‘ilgan hujjatlar yig'majildi; otalikni belgilash haqidagi arizalar 
yig‘majildi va ro‘yxat daftari; farzandlikka olish haqida hokim qarorlari 
yig‘majildi va ro‘yxat daftari yuritiladi. FHDYo oiganlarida yuritiladigan 
hujjatlar nomenklaturasi Adliya boshqarmalari tom onidan ishlab 
chiqiladi.
Har bir yig‘majilddagi varaqlar soni 250 tadan oshmasligi kerak. 
Y ig‘majilddagi varaqlar tartib bilan raqam lanadi. Yil oxirida 
yig‘majilddagi varaqlar soni alohida qog‘ozga yozilib, FHDYo 
bo‘limining mudiri tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi. 
Ish yuritishga mas’ul bo‘lgan shaxslar hujjatlarning saqlanishini 
ta ’minlashi shart.

Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə