Fuqarolik holati dalolatn omalarini



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/62
tarix05.10.2023
ölçüsü2,69 Mb.
#125441
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   62
Nazorat savollari.
1. FHDYo organlarida ish yuritish tartibi qaysi normativ hujjatda
belgilangan?
2. Xizmat hujjatlarini yuritishning asosiy qoidalarini aytib bering.
3. Alfavit daftarlarini qanday tartibda kiritiladi?
4. Ijro etilgan hujjatlar qanday saqlanadi?
72
www.ziyouz.com kutubxonasi


19-m avzu. F H D Y O O R G A N L A R IN I G E R BL I G U V O H N O M A L A R
B IL A N TA’M IN L A S H , U L A R N I H IS O B G A O L IS H
VA SA R FL A SH
19.1. FHDYo organlarini guvohnoma blankalari bilan ta’minlash
tartibi
FHDYo organlari dalolatnoma yozuvi blankalari va guvohnoma 
blankalari bilan o ‘zidan yuqori turuvchi org an lar tom onidan 
ta’minlanadi. Qishloq, ovul, shaharcha fuqarolar yig'inlari dalolatnoma 
yozuvi blankalari va gerbli guvohnoma blankalarini tuman (shahar) 
F H D Y o b o ‘lim la rid a n qabul q ilib o la d i. F u q a ro lik h o la ti 
dalolatnomalarini oddiy varaqlarda yoki tasdiqlanmagan shakldagi 
blankalarda qayd etish mumkin emas.
FHDYo organlari tomonidan beriladigan guvohnomalar qat'iy 
hisobda turadigan hujjat bo‘lib, ular 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki huzuridagi Davlat ishlab chiqarish birlashmasi («Davlat belgisi» 
bosmaxonasi)da chiqariladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent 
shahar adliya boshqarmalarining talabnomalariga ko‘ra bu birlashmaga 
buyurtma beradi. Gerbli guvohnoma blankalarini «Davlat belgisi» 
bosmaxonasidan qabul qilib olish, hisobga olish, saqlash va adliya 
boshqarmalariga yuborish Adliya vazirligining buyrug‘i bilan mas’ul 
xodimlar zimmasiga yuklatiladi.
Gerbli guvohnomalar blankalarini Adliya vazirligidan qabul qilib 
olish, hisobga olish, saqlash va topshirish adliya boshqarmalari 
boshliqlarining buyrug‘i bilan tayinlangan mas’ul xodimlar tomonidan 
amalga oshiriladi Adliya boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan 
boshqarma boshlig‘ining FHDYo organlariga rahbarlik qiluvchi muovini, 
bosh hisobchi va FHDYo ishlari bo‘yicha mas’ul xodimdan iborat 
tarkibda tuzilgan maxsus komissiya gerbli guvohnomalarni qabul qilib 
olayotganida o ‘ramlar sonini, o‘ram yorlig‘ining butunligini, agar 
buzilgan bo'lsa, o‘ram yorlig'ida ko'ftatilgan guvohnoma raqamlari va 
soni to ‘g‘riligini, guvohnomalar soni yukxat bilan to ‘g‘ri kelishini 
tekshirishi va bu haqda uch nusxada dalolatnoma tuzishlari lozim. Agar 
guvohnoma blankalarida kamchiliklar borligi aniqlansa, masalan kuzatuv 
xatida ko‘rsatilgan miqdordan kam bo‘lsa yoki himoya setkalari bo‘lmasa, 
shriftlari noto‘g‘ri tushgan bo‘lsa, seriya va raqamlari bo‘lmasa va hokazo, 
bu haqda uch nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning bir 
nusxasi kamchiligi bor guvohnomalar bilan birga Adliya vazirligiga 
qaytariladi. Bu guvohnomalar bosmadan chiqqan korxonaga jo'natiladi.
Adliya vazirligidan qabul qilib olingan gerbli guvohnoma blankalari
73
www.ziyouz.com kutubxonasi


adliya boshqarmasida shu kunning o‘zidayoq mas'ul shaxs tomonidan 
yukxat asosida gerbli guvohnom alar hisobini yuritish daftariga 
guvohnomalarning turi, seriyasi, raqami, soni va qabul qilib olingan 
vaqti ko'rsatilgan holda kirim qilinadi.
O'zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalari gerbli 
guvohnoma blankalari bilan ehtiyojiga qarab Toshkent shahri uchun 
tayyorlangan seriyadagi gerbli guvohnomalar hisobidan ta'minlanadi.
Adliya boshqarmalarida gerbli guvohnomalarni FHDYo bo'limlari 
va Nikoh uylariga, FHDYo boMimlarida esa qishloq fuqarolar yig‘inlariga 
tarqatish daftarlari yuritiladi. U lar raqam lanib, tikilib adliya 
boshqarmasining rahbariyati tomonidan imzolanib muhrlanadi.
Adliya boshqarmasi FHDYo bo'limlari, Nikoh uylarini guvohnoma 
blankalari bilan uch oylik ehtiyoji miqdorida (chorak hisobotini qabul 
qilgandan keyin) ta'm inlaydi va sarflanishi ustidan har chorak 
hisobotlarini qabul qilishda sarflash daftarlari bilan taqqoslab nazorat 
qiladi.
FHDYo bo‘limining mudiri, qishloq, ovul, shaharcha fuqarolar yig'ini 
raislari guvohnoma blankalarini qabul qilib olish, saqlash va to‘g‘ri 
sarflash uchun javobgar hisoblanadi.

Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə