Fuqarolik ishlari bo’yicha sudi kattaqo'RG'on tumanlararo


Raislik qiluvchi __________ S.H.Olimov



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə13/15
tarix11.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#145570
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
KRIDET shartnomasiii

Raislik qiluvchi __________ S.H.Olimov
Sud majlisi kotibi __________ J.Xatamov

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI NOMIDAN
HAL QILUV QARORI

2023-yil oktyabr oyining 9 kunida fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining ochiq sud majlisi o‘z binosida bo‘lib, sud tarkibi


Raislik etuvchi, sud raisi: S.H.Olimov
Sudya yordamchisi J.Xatamovning kotibaligida, daʼvogar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Samarqand shahar hududiy boshqarmasi “AGROBANK” ATBning manfaatini ko‘zlab javobgar Xurshid Aliyev Akramovich va qo‘shimcha javobgar Sardor Berdiyevlarga nisbatan kredit qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi daʼvo arizasi bo‘yicha yuritilgan 2-1005-2204/6647-sonli fuqarolik ishini ko‘rib chiqib, sud quyidagilarni
ANIQLADI:
Sudga, daʼvogar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi “AGROBANK” ATBning manfaatini ko‘zlab, javobgar Xurshid Aliyev Akramovich va qo‘shimcha javobgar Sardor Berdiyevlarga nisbatan daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, Xurshid Aliyev Akramovich bilan “AGROBank” ATB o‘rtasida 3223-sonli kredit shartnomasiga asosan javobgar Xurshid Aliyev Akramovichga foiz to‘lov sharti bilan 127 000 000 so’m kredit ajratilganligini, javobgar tomonidan kredit shartnomasini imzolash jarayonida kreditning taʼminoti sifatida, kafillik shartnomasiga ko‘ra, fuqaro Sardor Berdiyev kafili bo‘lib o‘tganligini, lekin javobgar va qo’shimcha javobgar bir necha bor og‘zaki va yozma ogohlantirishlarga qaramasdan kredit va foiz to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha biron-bir ijobiy hatti-harakatlar amalga oshirilmaganligini bildirib, javobgar Xurshid Aliyev Akramovich va qo‘shimcha javobgar Sardor Berdiyevlar hisobidan muddatli va muddati o‘tgan jami 94 140 546 (to’qson to'rt million bir yuzi qirq ming besh yuzi qirq olti) so‘m qarzdorligini va 33.000 so‘m pochta xarajatini undirib berishni so‘ragan.
Sud, daʼvogar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi o‘z daʼvo arizasida ishni o‘zining ishtirokisiz ko‘rishni so‘raganligini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi FPKning 220-moddasi 4-qismi tartibida ishni O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi vakilining ishtirokisiz mazmunan ko‘rish lozim topadi.
Sud “Agrobank” ATB Payshanba filialini sud majlisining kuni vaqti va joyi haqida ogohlantirishga qaramasdan uzrli sabablarsiz sud majlisiga kelmaganligi sababli, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 220-moddasi 3-qismi tartibida ishni ularning ishtirokisiz ko‘rishni lozim topdi.
Sud javobgar javobgar Xurshid Aliyev Akramovich va qo‘shimcha javobgar Sardor Berdiyevlarni tegishlicha chaqirtirilib, sud majlisini joyi va vaqti xabar qilinganida ular sudga kelmaganini va kelmaslik sabablarini sudga maʼlum qilmagani inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 282-moddasi tartibida ishni javobgarning ishtirokisiz, sirtdan ko‘rishni lozim topadi.
Sud, ishdagi mavjud hujjat va dalillar bilan atroflicha muhokama qilib, quyidagilarga ko‘ra daʼvogarning daʼvo talabini qanoatlantirishni lozim topadi.
Aniqlangan holatlarga ko‘ra, javobgar Xurshid Aliyev Akramovich bilan “Agrobank” ATB Payshanbai filiali o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasiga asosan javobgar Xurshid Aliyev Akramovichga yillik foiz to‘lov sharti bilan kredit ajratish belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 744-moddasining 1-bandi talabiga ko‘ra, kredit shartnomasi bo‘yicha bir taraf - bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablag‘lari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar to‘lash majburiyatini oladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 324-moddasining 1-bandida, qarzdor majburiyatni bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditorga yetkazilgan zararni to‘lashi shartligi belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 736-moddasi 2-qismida agar qarz shartnomasida qarzni qismlab (bo‘lib-bo‘lib) qaytarish nazarda tutilgan bo‘lsa, qarz oluvchi qarzning navbatdagi qismini qaytarish uchun belgilangan muddatni buzgan taqdirda, qarz beruvchi qarzning qolgan barcha so‘mmasini tegishli foizlar bilan birga muddatidan oldin qaytarishni talab qilishga haqli.
Shuningdek, ushbu Kodeksning 357-moddasi talabiga ko‘ra, shartnoma tuzilgan paytdan boshlab kuchga kiradi va taraflar uchun majburiy bo‘lib qoladi.
Yuqoridagi qonun va ish holatlaridan kelib chiqib, javobgar tomonidan kreditning asosiy qarzi va foiz to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamaganligini inobatga olib, daʼvogarning daʼvosini qanoatlantirib, “Agrobank” ATB Payshanba filiali foydasiga javobgar Xurshid Aliyev Akramovich va qo‘shimcha javobgar Sardor Berdiyevlardan muddatli va muddati o‘tgan jami 94 140 546 (to’qson to'rt million bir yuzi qirq ming besh yuzi qirq olti) so‘m qarzdorligini va 33 000 so‘m pochta xarajatlarini undirishlikni lozim topdi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 141-moddasiga ko‘ra ishni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan va daʼvogar to‘lashdan ozod qilingan sud chiqimlari hamda davlat boji javobgardan arz qilingan talablarning qanoatlantirilgan qismiga mutanosib ravishda davlat daromadiga undiriladi.
Sud, ishdagi mavjud hujjat va dalillar bilan atroflicha muhokama qilib, quyidagilarga ko‘ra daʼvogarning daʼvo talabini qanoatlantirishni lozim topadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 141-moddasiga ko‘ra ishni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan va daʼvogar to‘lashdan ozod qilingan sud chiqimlari hamda davlat boji javobgardan arz qilingan talablarning qanoatlantirilgan qismiga mutanosib ravishda davlat daromadiga undiriladi.
Sud javobgar javobgar Xurshid Aliyev Akramovich va qo‘shimcha javobgar Sardor Berdiyevlardan davlat foydasiga 330 000 so‘m davlat boji undirishlikni lozim topdi.
Binobarin, sud O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 220,280-282,249-253-moddalarini qo‘llab, sud

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə