G. A. Dushanova, N. A. Yunusova, S. A. Xalilova genetikadan masalalar yechish usullari


V BOB. GENLARNING O’ZARO TA’SIRIGA OID MASALALAR



Yüklə 226,67 Kb.
səhifə18/25
tarix30.05.2023
ölçüsü226,67 Kb.
#114442
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Genetikadan masalalar yechish usullari samarqand-fayllar.org

V BOB. GENLARNING O’ZARO TA’SIRIGA OID MASALALAR

Genlarning o’zaro ta’siri
Irsiyat qonuniyatlarinii xarakterlovchi ikki asosiy prosess:
1) hujayra va uning elementlarining bo’linishi va 2) genlardan iborat xromosomalarning jinsiy hujayralar hosil bo’lishida qutblarga tarqatilishi va ularning urug’lanish prosessida qo’shilishi. Irsiyat qonuniyatini xarakterlovchi uchinchi asosiy prosess individual organizmda genlarning o’zaro ta’siridir.
XIX asrning oxiri, XX asrning boshlarida sitologik irsiyat faktorlari xromosomalarda bo’lishini ainqladilar. 1909 yillarda V. Iogannsen irsiy faktorni gen deb atashni taklif etdi. Gen haqida tushuncha T. Morgan va uning shogirdlari olib borga ishlar bilan yana tuldirildi. Ko’pgina chatishtirish ishlar olib borilgandan so’ng hamma xromosomalarda genlar bo’lishi, ular xromosomalarda izchillik bilan bir chiziqda joylashishi va birikish gruppasini tashkil etishi aniqlandi.
Biroq gen haqidagi ta’limot A.S.Serebrovskiy va N.P. Dubininlar meva pashshasi ustida olib borgan tajribalar natijasida yanada boyitildi. Ular 20 yillardayoq gen murakkab tuzilganligini, u yana mayda qismlarga bo’linishi mumginligini aniqladilar. Ularning bu fikrlari 1957 yilda amerikalik genetik S. Benzer tomonidan to’la tasdiqlandi. U genning funksiyasi va strukturasi haqidagi hozirgi zamon tushunchasini yaratdi. Uning taklifi bilan genning mayda elementar qismlari muton, rekon va sistron deb ataldi.
Muton – genning o’zgarish xususiyatiga ega bo’lgan kichik qismidir.
Rekon – genning chalkashishi (Rekombinasiya) xususiyatiga ega bo’lgan eng kichik qism.
Sistron – genning shunday uchastkasiki, u organizmda ma’lum belgilarning rivojlanishiga sabab bo’ladi.
Har bir gen o’ziga xos bo’lib, oqsil molekulalari birlamchi strukturalarining sintez qilinishiga ta’sir etadi. Biroq bu sintezda o’zi ishtirok etmaydi.
Gen ko’p tomonlama ta’sir ko’rsatishi mumkin, ya’ni u har xil reaksiyalarning borishiga va organizmning ko’p belgilarining rivojlanishiga bevosita ta’sir qilishi mumkin. Bu hodisa genning pleytrop yoki ko’p tomonlama ta’siri deb ataladi.
Har xil juft xromosomalardagi turli genlar organizmning biron bir belgisining rivojlanishiga bir xil ta’sir ko’ratish mumkin. Bunday genlar polimerlar yoki poligenlar deyiladi.
Bir gen boshqa genlarga ta’sir etishi mumkin, buning natijasida uning ta’sir kuchi o’zgaradi. Genning somatik hujayralarida ko’proq to’planishi organizm belgisining ro’yobga chiqishini kuchaytirishi yoki susaytirishi mumkin. Gen ta’sirining ro’yobga chiqishi tashqi sharoitga chambarchas bog’liq. Genlar sintez prosessida o’z nazorati va ta’siri ostida hosil bo’lgan mahsulotlarga o’zaro ta’sir ko’rsatadi.



Yüklə 226,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə