Adabiyotlar: G‘oziev E. G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002. 1-2 kitob



Yüklə 7,4 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü7,4 Kb.
#163955
növüУчебник
CHORIYOROVA IRODA


Muloqat pisixalogiya
Adabiyotlar:

  1. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.

  2. Югай A.Х., Мираширова Н.А. “Общая психология” – Tашкент 2014.

  3. Дружинина В.. “Психология “. Учебник. “Питер”, 2003.

  4. Болотова А.К., Макарова И.В. Прикладная психология: учебник для вузов. –М., Аспект Пресс, 2002. – 383с.

  1. Til – muloqot uchun qo‘llaniladigan so‘zlar, ifodalar va ularni muloqotda qo‘llash uchun ma’noli iboralarga birlashtirish qoidalari tizimi, shuningdek, turli ko‘rinish va shakllardagi (matnlar, chizmalar, suratlar), axborot yozish, etkazish va saqlashning texnik vositalari (radio- va videotexnika, yozuvning mexanik, magnitli, lazerli va boshqa shakllari) dagi belgilar tizimlari va yozuvdan iborat.

  2. Ohang, emotsional ifodalanganlik, bir xil iboraga turlicha ma’no berishga qodir.

  3. Suhbatdoshning mimikasi, gavda holati, nigohi ibora ma’nosini kuchaytirishi, to‘ldirishi yoki rad etishi mumkin.

  4. Imo-ishoralar muloqot vositasi sifatida umumiy qabul qilingan, ya’ni, belgilangan ma’noga ega bo‘lishi yoki ekspressiv, ya’ni, nutqning ifodaliligini yanada oshirishi mumkin.

  5. Suhbatdoshlar muloqotidagi masofa madaniy, milliy an’analarga, suhbatdoshga bo‘lgan ishonch darajasiga bog‘liq bo‘ladi.

Inson o‘zining tur ichidagi muloqot usullari va vositalarini tanlashdagi kashfiyotchiligi bo‘yicha er sayyorasida bizga ma’lum tirik mavjudotlarni ancha quvib o‘tdi.
Muloqot quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:

  • Muloqotga bo‘lga ehtiyoj (axborotni etkazish yoki undan xabardor bo‘lish, suhbatdoshga ta’sir ko‘rsatish zarur, va h.k.) Boshqa odamlar bilan aloqaga kirishishga undaydi;

  • Muloqot maqsadlari, muloqot vaziyatini to‘g‘ri belgilash;

  • Suhbatdosh shaxsini belgilash;

  • O‘z muloqoti mazmunini rejalashtirish, odam aynan nima haqida so‘z yuritishini tasavvur qiladi (odatda anglanmagan holda);

  • Inson ongsiz ravishda (ba’zan ongli) foydalanishi mumkin bo‘lgan aniq vositalar, nutqiy iboralarni tanlaydi, qanday gapirib, o‘zini qanday tutishini o‘ylab qo‘yadi;

  • Suhbatdoshning javob reaksiyasini idrok qilish va baholash, qaytar aloqa o‘rnatish asosida muloqot samaradorligini nazorat qilish;

  • Muloqot yo‘nalishi, uslubi, metodlariga tuzatishlar kiritish.

Agar muloqot aktining biror-bir halqasi izdan chiqqudek bo‘lsa, so‘zlovchi muloqotdan kutgan natijalariga erisha olmaydi.
Til – bu murakkab hosila. Istalgan til, avvalo, tilning leksik tarkibi deb ataluvchi ma’nodor so‘zlarning ma’lum tizimiga egadir. Bundan tashqari, til so‘z va so‘z birikmalari turli shakllarining ma’lum tizimidan iborat bo‘lgan til grammatikasiga, shuningdek, aniq bir tilga xos bo‘lgan ma’lum tovush yoki fonetik tarkibga egadir.
Til, asosan, har bir so‘z ma’nosini mustahkamlash uchun xizmat qiladi. So‘zning istalgan ma’nosi umumlashtirishni anglatadi, masalan, slova «odam», «mashina», «stol» va boshqalar.
Tildan farqli ravishda nutq deb ma’lumot etkazish, ko‘rsatma, savol, buyruq berish shaklida amalga oshiriladigan nutqiy muloqot jarayoniga aytiladi. Nutq yordamida u yoki axborotni etazish uchun ma’lum ma’noga ega bo‘lgan mos so‘zlarni tanlash emas, balki ularni aniqlashtirish ham lozim. Nutqdagi har bir so‘z ma’lum ma’nogacha qisqartirilgan bo‘lishi zarur. Bunga so‘zni ma’lum kontekstga kiritish bilan erishiladi. Masalan, «bu qanday mashina?» degan savol bilan bizni jismning o‘zida qiziqtirayotgan holatni aniqlashtirmoqchi bo‘lganimizda murojaat qilamiz, agarda «bu kimning mashinasi?», deb savol bersak, bizni jism emas, uning kimga tegishliligi qiziqtirayotgani ma’lum bo‘ladi.
Yüklə 7,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə