G. A. Shahmurova yosh fiziologiy as I


Shartli bog‘lanishlar hosil bo4lishida po‘stloq osti tuzilmalarining roli



Yüklə 9,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/201
tarix04.06.2022
ölçüsü9,92 Mb.
#88843
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   201
3.Adabiyot Yosh fiziologiyasi va gigiyena (Q.Sodiqov va b.)

Shartli bog‘lanishlar hosil bo4lishida po‘stloq osti tuzilmalarining roli:
Shartli bog'lanishlarning joyini aniqlash uchun bosh miyaning ayrim 
qismlarini olib tashlagan holda shartli reflekslar usulidan foydalaniladi. 
Bunday tajribalar har xil hayvonlarda o'tkazilgan.
Tajribalardan m a’lum bo'lishicha, bosh miya k atta yarim sharlari 
po'stlog'i bo'lmagan hayvonlarda ham juda oddiy shartli reflekslar hosil 
qilish mumkin ekan, lekin bu reflekslar juda qiyinlik bilan hosil bo'ladi. 
Bosh miya po'stlog'i olib tashlangan it tajriba olib borayotgan laborantni 
anchagacha tanimagan, mustaqil ravishda ovqat yeya olmagan, ovqat 
yeb bo'lib, chuqur uyquga ketgan, butunlay qimirlay olmay qolgan va 
hokazo.
Shatli refleks hosil boiishida miya po‘stlog6i va po‘stloq osti tuzilmalari
funksional holatining o6zgarishi: 
Shartli refleks hosil qilinganda miya 
p o 's tlo g 'i hujayralarining qo'zg'aluvchanligi ortadi, elektroensefa- 
logramma (EEG) o'zgaradi, dominanta vujudga keladi.
S hartli refleks hosil qilingan d astlabk i d avrd a miya p o 's tlo g 'i 
hujayralarida bioelektrik faollik ortadi, neyronlar faollashadi. Shartli 
refleks hosil bo'lishi jarayonida ta ’sirlovchilarga javob tabiati o'zgaradi.
Chamalash refleksining ahamiyati: 
Shartli refleks hosil qilishda 
chamalash (oriyentirlash) refleksining ahamiyati juda katta, bu refleksni 
I.P. Pavlov «Nima degan?» deb atagan.
Chamalash refleksi turlicha namoyon bo'ladi. Tashqi muhitning bir 
oz o'zgarishi bosh, ko'z, quloq, butun gavdani ta ’sir berilgan tomonga 
qarab aylantiruvchi muskul harakatini paydo qiladi. Ayni vaqtda ko'z 
qorachig'i kengayadi, yurak qon tomir sistemasi, nafas olish sistemasida 
o'zgarish yuzaga keladi, elektrik faollik o'zgaradi. Terining qarshilik 
ko'rsatishi kamayadi va hokazo.
72
www.ziyouz.com kutubxonasi


Chamalash refleksi murakkab reaksiya hisoblanadi, u komponentlarni 
yagona bir sistemaga birlashtiruvchi omildir.

Yüklə 9,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə