G. A. Shahmurova yosh fiziologiy as I


Bolalarda birinchi va ikkinchi signal sistemasining o 4zaro ta’siri



Yüklə 9,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/201
tarix04.06.2022
ölçüsü9,92 Mb.
#88843
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   201
3.Adabiyot Yosh fiziologiyasi va gigiyena (Q.Sodiqov va b.)

Bolalarda birinchi va ikkinchi signal sistemasining o 4zaro ta’siri
Birinchi signal sistemasining asosiy qonuniyatlari ikkinchi signal 
sistemasida ham ro'yobga chiqadi. Birinchi va ikkinchi signal sistemalari 
bosh miyadagi nerv jarayonlarining shakllari hisoblanadi va turli darajada 
murakkabligi bilan farq qiladi. Odamning hayot sharoiti yaxshi bo'lganda 
ikkinchi signal sistemasi m a’lum darajada birinchi signal sistemasini va 
his-tuyg'u faoliyatini boshqarib turadi. H ayot davomida birinchi va 
ikkinchi signal sistemasi rivojlanib boradi.
Bog'cha yoshidagi bolalarda kechikuvchi shartli reflekslar boshqa 
reflekslarga nisbatan juda qiyinlik bilan sekin hosil qilinadi. Kechikuvchi 
shartli reflekslarni tez-tez hosil qilish mudrash, uyquchanlikka, b a’zan 
fiziologik uyquga sabab bo'ladi. Ular tez-tez va kuchli hosil qilib turilsa
buning natijasida ayrim hollarda bolalar nerv sistemasida vaqtincha 
o'zgarishlar paydo bo'ladi. Shartli refleksning kechikishi faqat shartli 
ta ’sirlovchilar tabiati bilan emas, balki bola nerv sistemasining tipi, holati 
bilan ham belgilanadi. B o lalarda t a ’sirlovchilar asta-sekin nozik 
tabaqalanadi.
Bolalarda qiyosiy tormozlanish qiyinlik bilan vujudga keltiriladi, asta- 
sekin mashq qilib turish bilan u takomillasha boradi. Masalan, bolada 
qizil koptokka harakat shartli refleksi hosil qilingan bo'lsa, koptokning 
rangi yoki hajmi bir oz o'zgartirilganda qiyosiy tormozlanish hosil bo'ladi. 
Bunday tormozlanish organizmning tashqi muhit ta ’sirlariga moslashishiga 
imkon beradi. O'qituvchi dars berishda taqqoslash, solishtirish va boshqa 
usullardan foydalanadi. U qo'shishni ayirish bilan, o'lik va tirik tabiatdagi 
hodisalarni o'zaro solishtirib ko'rish usullaridan foydalanadi.
Mashq qilish yo'li bilan qiyosiy tormozlanish ortib, ikkinchi signal 
sistemasi birinchi signal sistemasi asosida shakllana boradi. A.G. Ivanov- 
Smolenskiy (1929) bolalarda birinchi va ikkinchi signal sistem alari 
orasidagi o'zaro bog'lanishning rivojlanishini sxema ravishda quyidagi 
bosqichlarga bo'ladi:
1. 
Birinchi signal sistemasining bevosita shartli reflekslari. Bunda tashqi 
bevosita ta ’sirlovchilar (ko'rish, eshitish, sezgi, hidlash, t a ’m bilish) 
o rg an larg a t a ’sir qilib, bola organizm ida h a ra k a t yoki vegetativ 
reaksiyalarni paydo qiladi. Ikkinchi signal sistemasi shakllanmaganidan 
shartli reflekslarda so'z ishtirok etmaydi. Bunday shartli reflskslar bola 
hayotining birinchi oylarida hosil qilinadi.
84
www.ziyouz.com kutubxonasi


2. So'z t a ’sirida bevosita shartli reflekslar hosil qilish. M asalan, 
bolaning tili chiqishidan ancha oldin atrofidagi odamlarning so'zlariga 
vegetativ shartli reflekslar yordamida javob qaytaradi. Bunday shartli 
reflekslar bola 6 oylik bo'lganida, ayniqsa yoshiga to'lganda hosil bo'ladi.
3. Bevosita so'zga shartli reflekslar hosil bo'lishi. Bunday shartli 
reflekslar kishilar va narsalarning nomlarini va hodisalarni bola m a’lum 
so 'zlar bilan bog'lashga o'rganishi natijasida vujudga keladi. Bola 
yuqorida aytib o'tilgan ikki guruh shartli reflekslarga uchinchi guruh 
shartli reflekslarni bog'laydi.

Yüklə 9,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə