G. A. Shahmurova yosh fiziologiy as I



Yüklə 9,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/201
tarix04.06.2022
ölçüsü9,92 Mb.
#88843
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   201
3.Adabiyot Yosh fiziologiyasi va gigiyena (Q.Sodiqov va b.)

Hissiyotning 
fiziologik asoslari
Atrofdagi voqealar, o'qigan kitoblar, tinglagan musiqa va m a’ruza, 
tom osha qilingan kinofilm yoki spektakllar, boshqalar bilan b o ig a n
m uloqot natijasida odam da turli hissiyot (emotsiya) paydo b o ia d i. 
Masalan, jiddiy o'ylash holatlari, xursandchilik yoki nafratlanish, qayg'u 
yoki kulgu, yigiash, osoyishtalik kabilar. Bu holatlar paydo boiishida 
har bir odamning oliy nerv faoliyatining xossasi muhim rol o'ynaydi. 
Binobarin, m a iu m bir voqeaga bir odamda osoyishtalik, o'ylash holati 
paydo b oisa, ikkinchisida bezovtalanish, qayg'urish holati yuzaga keladi.
H issiyot ikki xil: m usbat va m anfiy b o ia d i. M usbat hissiyot -
xursandchilik, kulgu, qoniqish, yaxshi kayfiyat kabilar: manfiy hissiyot 
-qayg'urish, qo'rqish, taajjublanish, yigiash kabilardir. Hissiyot markaziy 
nerv sistemasining qo'zg'alish va ichki sekretsiya bezlarining faoliyati 
kuchayishi bilan bogiiq. Hissiyot tashqi muhitdagi turli ta ’sirlovchilarni 
analizato iiarning m iyadagi qismiga retseptorlar orqali t a ’sir etishi 
natijasida vujudga keladi. Hissiyot ham reflekslar asosida, vegetativ nerv 
sistemasi markazlari, limb sistemasi, retikulyar formatsiyaning miya yarim 
sharlariga ta ’siri tufayli hosil bo iadi, deb tushuntiriladi. Bu sohalaming 
qo'zg'alishi o'z navbatida ichki organlar faoliyatini o'zgartiradi, skelet 
muskullariga trofik ta ’sir etadi. Shuningdek, hissiyot oraliq miya (ayniqsa 
o 'rta miyadagi maxsus yadrolar, retikulyar formatsiya, b o 'rtiq ostki 
yadrolarni), limb boiaklari, bodomchasimon yadrolar orqali boshqarib 
turiladi.
Buyrak ustki bezlarining po'stloq qismida gormonlar ko'p ishlanib, 
simpatik nerv sistemasiga ta ’sir etib, uning ko'zg'ahjvchanligini oshiradi. 
Odam g'azablanganda yoki og'riq paydo boiganda, qo'rqqanda buyrak 
usti bezidan adrenalin gormoni ko'p ishlab chiqariladi. Bo'rtiq osti qismi 
ishtirokidagi hissiyotda gipofizning ichki sekretsiyasi o'zgaradi. Simpatik 
va parasimpatik nerv sistemalarining bir vaqtda qo'zg'alishi natijasida 
jinsiy akt yuz beradi. Qo'rqish va g'azablanishda simpatik nerv sistemasi, 
yoqimli tuyg'ularda parasimpatik 
perv 
sistema ustunroq bo'ladi. Lekin 
ko'z yosh bezlari funksiyasining kuchayib ketishi parasim patik nerv 
sistemasi qo'zg'aluvchanligi ortishining natijasi hisoblanadi. Bo'rtiq osti 
qismining qo'zg'alishi faqatgina vegetativ reaksiyalarni emas, balki 
harakat reaksiyalarini ham keltirib chiqaradi. H arakat apparatidan 
proprireotseptiv impulslarning ko'p kelishi bo'rtiq ostiga va miya yarim
90
www.ziyouz.com kutubxonasi


sharlariga refiektor ta ’sir etadi. Hissiyotda miya yarim sharlarining 
peshona qismi asosiy rol o'ynaydi.
Ruhiy jarayonlar ham vegetativ, ham harakat reaksiyalarini keltirib 
chiqaradi. Masalan, qo'llarni bukish haqida o'ylash garchi qo'l bukilmasa 
ham qo'l muskullari qon tomirlarining kengayishiga olib keladi. His- 
xayajonda limb sistemasining roli muhimdir. Uning ayrim tuzilmalarining 
q o 'z g 'a lis h i o d am lard a yoqim li sezgini vujudga k eltirsa, boshqa 
tuzilmalarining qo'zg'alishi yoqimsiz sezgini vujudga keltiradi. Simpatik 
nerv sistemasi qo'zg'alganda harakat faolligi ortadi, parasimpatik nerv 
sistemasi qo'zg'alganda esa aksincha pasayadi.
Odam hissiyotga berilganda b a ’zan imo-ishora muskullari, tana va 
qo'1-oyoqlar muskullari o'ziga xos ravishda qisqaradi. Simpatik nerv 
sistemasining lco'zg'alishi muskullarga trofik ta ’sir etib, qon bosimi ortishi 
hisobiga m uskullar kuchi va chidamliligini oshirib yuboradi. Ayrim 
hollarda muskullar bo'shashishi ham mumkin. His-hayajon bolalik davrida 
o'ziga xos ravishda namoyon bo'ladi. Bu davrda bolalar yangilikka o'ch 
b o 'lad ilar. Y angilikni anglash, unga intilish, erishish, o'zlashtirish 
bolalarda musbat hissiyotni yuzaga chiqaradi. Bu esa markaziy nerv 
sistemasi faoliyatini kuchaytiradi.
B olalarda m arkaziy nerv sistem asi yuqori b o'lim larin in g to 'liq
mukammallashmaganligi ularda hissiyotning beqarorlashuviga sababchi 
bo'ladi. Bolalarning tez yig'lab, tez ovunishi, yig'i bilan kulguning tez 
almashinuvi, bola xursand bo'lganda baland ovozda kulishi, qiyqirishi 
bunga misol bo'la oladi. Boshlang'ich maktab yoshiga kelib miya po'stloq 
bo'lim larining rivojlanishi natijasida asta-sekinlik bilan bolalar o'z 
hissiyotlarini boshqarishni o'rgana boshlaydilar. Bu yosh ortishi bilan 
rivojlanib boradi va bunda albatta, ichki tormozlanishga yo'naltirilgan 
tarb iy an in g roli lcattadir. B olalar his-hayajo nlarin i boshqarishni 
k attalard an o'rgan adilar. M usbat hissiyot bolalarda m arkazy nerv 
sistemasi faoliyatini oshiradi. T a’lim-tarbiya jarayonida bolalarda musbat 
hissiyotni hosil qilishga alohida e’tibor berish kerak

Yüklə 9,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə