G. A. Shahmurova yosh fiziologiy as I



Yüklə 9,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/201
tarix04.06.2022
ölçüsü9,92 Mb.
#88843
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   201
3.Adabiyot Yosh fiziologiyasi va gigiyena (Q.Sodiqov va b.)

Hissiy zo^riqish. 
Hissiyotlarni ichki ehtiyojlarining paydo bo'lishi yoki 
tashqi ta ’ssurotlar, jumladan xotiradagi m a’lumotlarni eslash o'yg'otadi. 
H issiyotlar odam kayfiyatini o 'zgartirish dan tashqari, qon bosimi 
ko'tariladi, modda va energiya almashinuvi jadallashadi, skelet muskullar 
faoliyati o'zgaradi. Oddiy sharoitda muskullar birin-lcetin ishga tushirilsa, 
his-hayajon vaqtida ham masi birdan faol holatga kelishi mumkin.
91
www.ziyouz.com kutubxonasi


M u sk u llard a ch arch ash ja ra y o n i sekinlashadi. B undan ta sh q a ri, 
ta a ss u ro tla rg a sezgirlik o rtad i. D em ak, h is-h ay ajo n q o 'z g 'a lis h
organizmning foydalanilm agan im koniyatlarini yuzaga chiqaradi va 
maqsadga erishishni yengillashtiradi.
Bir tom ondan ehtiyojning paydo bo'lishi, ikkinchi tom ondan bu 
ehtiyojni qondirish uchun zarur b o 'lg an omil va im koniyatlarning 
yetishmovchiligi hissiy zo'riqishga olib keladi. Maqsadga erishish uchun 
zarur bo'lgan omillarni bilish, ko'nikm alar, tajriba, energiya va vaqt 
tashkil qiladi. Bu om illardan biriga organizm yetarli m iqdorda ega 
bo'lm asa, zo'riqish holati rivojlanadi. Ehtiyoj, maqsadning ahamiyati 
qanchalik katta bo'lsa, zo'riqish darajasi shunchalik yuqori bo'ladi.
Zo'riqish m a’lum darajaga yetganda hissiyotni uyg'otadi. Uning 4 
darajasi tafovut qilinadi. Zo'riqishning birinchi darajasi organizmning 
diqqat-e’tibori, ish qobiliyati ortishi bilan ifodalanadi. Odam oldida 
turgan vazifa yangi bo'lsa, unga nisbatan qiziqish ortadi, ruhiy va jismoniy 
imkoniyatlarni ishga soladi. Bunday holat organizmni chiniqtiradi, ish 
qobiliyatini oshiradi, foydali bo'ladi.
Ehtiyojni qondirish, maqsadga erishish uchun birinchi darajadagi 
z o 'riq ish h o la tid a ishga solingan im k o n iy atlar yetarli b o 'lm a sa , 
zo'riqishning ikkinchi darajasi rivojlanadi, manfiy y a’ni salbiy hissiyotlar 
pay d o b o 'la d i. O dam n o ro zi b o 'la d i, ja h li ch iq ad i. A m m o, u 
imkoniyatlarini iloji boricha ishga solib oldida turgan masalani yechishga 
harakat qiladi.
A gar q o n d irish zaru r b o 'lg a n ehtiyoj om illarni organizm ega 
bo'lganidan ko'p miqdorda talab qilsa, organizm imkoniyatlari qo'yilgan 
masalani yechish uchun yetarli bo'lmasa, zo'riqishning uchinchi darajasi 
rivojlanadi. Maqsadiga erishishga ko'zi yetmagan odam siqilib eziladi. 
Z o'riqishning bu darajasida organizm a ’zolarining faoliyati keskin 
salbiylashadi. Aqliy va jismoniy im koniyatlar kam ayadi, odam hech 
narsaga qo'l urgisi kelmaydi, zarar yetkazuvchi omillar qarshiligi susayadi. 
Bunday holatni uzoq davom etishi organizmga ziyon yetkazadi, turli 
kasalliklarni rivojlanishiga olib keladi.
Shu sababdan zo'riqishning uchinchi darajasini, isteriya zo'riqishi deb 
ataladi.
Zo'riqishning uchinchi darajasini organizmning o'ziga xos himoya 
reaksiyasi desa bo'ladi. Imkoniyatlari yetarli emasligini bilgan organizm 
maqsadga erishishdan voz kechadi. Ammo, maqsadning ahamiyati, unga
92
www.ziyouz.com kutubxonasi


erishish zaruriyati saqlanib qolsa, oranizm mushkul ahvolga tushadi, endi 
zo'riqish to'rtinchi darajaga o'tadi. Bunda nevroz holati ro'y beradi.
Zo'riqish darajalarining biri ikkinchisiga osoyishta o'tishi shart emas, 
sharoitga qarab, birdan ikkinchi yoki uchinchi darajadagi zo'riqish holati 
yuzaga chiqishi mumkin. Nerv tizimi birinchi galda organizm yechishi 
zarur bo ig an masalaning ahamiyati va murakkabligini, bu masalani hal 
qilish uchun zarur omillar miqdorini va shu vaqtda organizmda mavjud 
bo ig an omillar miqdorini belgilaydi.
Zarur miqdor bilan bor bo ig an miqdorlar o'rtasidagi munosiblik kam 
b o is a , ta raq q iy etgan z o 'riq ish darajasi shuncha yuqori b o ia d i. 
Zo'riqishning 4 darajasi sof holda kam uchraydi. Ko'pgina oraliq darajalar 
kuzatiladi. Masalan, ikkinchi va uchinchi darajalar oralig'idagi boigan 
zo'riqish holatida organizmning aqliy imkoniyatlari pasayib ketgan bir 
vaqtda, uning energetik imkoniyatlari saqlanib qoladi, ortib ketishi ham 
mum kin. Bunday aql-idrokni yo 'q o tg an , vahim aga tushgan odam 
bema’ni ishlarni qilib qo'yadi. Zo'riqishning oraliq darajalari bir shaklda 
namoyon boiishi ham mumkin: Odamning aql idroki o'zgarmaydi, o'z 
holatini va tevarak atrofidagi xavfni to 'g 'ri baholash qobiliyatini saqlab 
qoladi, ammo energiya m anbalari kam ayib ketganidan o'zini xavf- 
xatardan saqlashga kuchi yetmaydi.
M a’lum sharoitda rivojlangan zo'riqish darajasi past yoki yuqori 
boiishi odamning hayotiy tajribasiga ham bogiiq. O'xshash sharoitni 
boshdan kechirgan odam unga iztirob chekmaydi. Qiyinchiliklarni 
yengishga o'rganm agan, tajribasiz, kuchsiz odam larda zo'riqish juda 
kuchli b o ia d i. Odam zo'riqishni ishg'ol qilish uchun zarur b o ig a n
omillarga - bilim, ko'nikm alar, vaqt, energiyaga yetarli miqdorda ega 
boiishga harakat qiladi.

Yüklə 9,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə