G. A. Shahmurova yosh fiziologiy as I



Yüklə 9,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/201
tarix04.06.2022
ölçüsü9,92 Mb.
#88843
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   201
3.Adabiyot Yosh fiziologiyasi va gigiyena (Q.Sodiqov va b.)

Shartli tormozlanish. 
Shartli, boshqacha aytganda ichki tormozlanish 
m arkaziy nerv sistem asining yuqori bo'lim lariga xos b o 'lib , shartli 
t a ’sirlovchi shartsiz t a ’sirlovchi bilan m ustahkam langanda, ikkita 
qo'zg'alish o'chog'i vaqtining bir-biriga zid kelishi natijasida hosil bo'ladi. 
Shartli tormozlanish hayot davomida asta-sekin yuzaga keladi. Shartli 
torm ozlanish so'nuvchi, qiyosiy va kechikuvchi turlarga bo'lin ad i. 
So'nuvchi tormozlanish shartli ta ’sirot takrorlanib turgani bilan, shartsiz 
ta ’sir orqali mustahkamlanmaganda hosil bo'ladi. Masalan, bir necha 
marta qo'ng'iroq chalinib, bolaga ovqat berilmasa, unda ovqatlanishga 
bo'lgan harakat refleksi so'na boshlaydi.
So‘nuvchi tormozlanish. 
Shartli refleksning so'nishi shartli ta ’sirlovchini 
takrorlash soniga, nerv sistemasining tipiga, oldin hosil qilingan shartli 
refleksning mustahkamligiga va shartli ta ’sir kuchiga bog'liq bo'ladi. 
S o 'n u v c h i sh a rtli refleks q a y ta d a n tik la n ish i m um kin. Bu nerv 
sistemasining tipiga, so'nish darajasiga va bolaning yoshiga bog'liqdir. 
So'nuvchi tormozlanish muhim biologik ahamiyatga ega.
Qiyosiy tormozlanish. 
M a’lumki, organizm retseptorlar vositasida atrof 
muhitdagi xilma-xil ta ’sirni qabul qiladi.
Miya yarim sharlari po'stlog'ida shartli refleks faqat shartli ta ’sirga 
nisbatan hosil bo'lm asdan, balki shu ta ’sirga yaqin ta ’sirlovchilarga 
nisbatan ham bog'liq bo'ladi. Shartli ta ’sirlovchining rangi, shakli yoki 
tovush balandligi bir oz o'zgartirilgudek bo'lsa, hosil qilingan shartli 
refleks tormozlanadi, Masalan, bolada so'lak ajralishiga shartli refleks 
hosil qilishda shartli ta ’sir daqiqasiga 10 marta takrorlansa-yu, shartsiz 
t a ’sirlovchi bilan m u stah kalanm asa, hosil qilingan shartli refleks 
torm ozlanadi. Shunday qilib, miya yarim sharlari p o 'stlo g 'i shartli 
ta ’sirlovchilarga yaqin bo'lgan ta ’sirlovchilarni tabaqalashtiradi.

Yüklə 9,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə