106
va hokazolarga), ya’ni davlatchilikka ega emas, balki boshqaruv qulayligi
uchun mavjud bo‘lgan qismlarga taqsimlanadi.
Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Norvegiya, Shvetsiya, Ispaniya,
Portugaliya, Gretsiya, Yaponiya, Finlandiya, Misr, O‘zbekiston va
boshqalar unitar davlatlar jumlasiga kiradi.
Unitar davlat
– yagona davlat bo‘lib, uning alohida ma’muriy-
hududiy birliklari bir xildagi huquqlarga ega, butun davlat hududida
yagona konstitutsiya, yagona hukumat va yagona qonun hujjatlari
amal qiladi.
Davlat tuzilishining boshqa bir shakli
federatsiyadir.
Federatsiya
subyektlari o‘z konstitutsiyasiga, o‘z oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuv chi
va sud organlariga ega bo‘ladi. Butun federatsiya uchun yagona hokimi-
yat va boshqaruv oliy organlari tashkil etiladi. Binobarin, AQSH, Kanada,
Braziliya, Meksika, Avstriya, Belgiya, Shveysariya, Pokiston, Argentina,
Rossiya va boshqalar federativ davlatdir.
Davlat tuzilishining yana bir shakli –
konfederatsiya
shakli ham
mavjuddir. Bunday birlashuvda har qaysi davlat o‘z suverenitetini, o‘z
mustaqilligini saqlab qoladi. Konfederatsiyada yagona hudud, yagona
fuqarolik bo‘lmaydi, har bir davlat xalqaro aloqalarni mustaqil o‘rnatadi.
Keyingi paytlarda Yevropa Ittifoqi konfederativ birlashuvga misol bo‘la
oladi.
Dostları ilə paylaş: