G. M. Tansikbayeva, V. A



Yüklə 2,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/260
tarix12.05.2022
ölçüsü2,73 Mb.
#86830
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   260
G. M. Tansikbayeva, V. A

Asosiy qonun belgilaydi


124
O‘zbekiston Respublikasida Prezident davlat rahbari sanaladi. Shunga mu-
vofi q O‘zbekistonni 
prezidentlik boshqaruvi shakliga ega unitar respub-
lika
 tariqasida tavsifl ash mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga mu-
vofi q O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti:
1) fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublika-
sining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafi lidir;
2) O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy 
yaxlitligini muhofaza etish, milliy-davlat tuzilishi masalalariga doir qaror-
larni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radi;
3) mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston 
Respublikasi nomidan ish ko‘radi;
4)  muzokaralar olib boradi hamda O‘zbekiston Respublikasining shart-
noma va bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnoma-
larga, bitimlarga va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya etilishini 
ta’minlaydi; 
5) o‘z huzurida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik hamda boshqa 
vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;
6) O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va 
boshqa vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;
7) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga mamlakat ichki va tashqi 
siyosatini amalga oshirishning eng muhim masalalari yuzasidan murojaat 
qilish huquqiga ega; 
8) respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamjihat 
ishlashini ta’minlaydi; vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda davlat bosh-
qaruvining boshqa organlarini tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir far-
monlarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari 
tasdig‘iga kiritadi;
9) Senat Raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;
10) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari ko‘rib chiqi-
shi va tasdiqlashi uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini 
taqdim etadi hamda uni iste’foga chiqqanda, Bosh vazirga nisbatan bildiril-
gan ishonchsizlik votumi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining pala-


125
talari tomonidan qabul qilinganda yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa 
hollarda lavozimidan ozod qiladi;
11) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tasdiqlaydi va 
lavozimlaridan ozod qiladi; 
12) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Hisob palatasi raisini 
tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi;
13)  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga Konstitutsiya-
viy sud raisi va sudyalari, Oliy sud raisi va sudyalari, Oliy xo‘jalik sudi raisi 
va sudyalari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining rai-
si, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 
raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;
14) viloyat, tumanlararo, tuman, shahar, harbiy va xo‘jalik sudlarining 
sudyalarini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod etadi;
15) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan 
viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofi q 
tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi. Konstitutsiyani, qonunlarni 
buzgan yoki sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti-harakat sodir 
etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident o‘z qarori bilan lavozimidan 
ozod etishga haqli;
16) respublika davlat boshqaruv organlarining va hokimlar ning qabul 
qilgan hujjatlarini ular qonun hujjatlari normalariga nomuvofi q bo‘lgan hol-
larda to‘xtatadi, bekor qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
majlislarida raislik qilishga haqli;
17) O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va e’lon qila-
di; qonunga o‘z e’tirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va 
ovozga qo‘yish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga 
haqli; 
18) O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-
birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish 
zaruriyati tug‘ilganda urush holati e’lon qiladi va qabul qilgan qarorini uch 
kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari ning tasdig‘iga 
kiritadi;


126
19) favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, 
yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqarolar ning 
xavfsizligini ta’minlashni ko‘zlab, O‘zbekiston Respublikasining butun 
hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul 
qilgan qarorini uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
palatalari tasdig‘iga kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi 
qonun bilan belgilanadi;
20) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mon-
doni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va 
vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi;
21) O‘zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorlig‘i bilan 
mukofotlaydi, O‘zbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvon-
larini beradi;
22) O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana 
berishga oid masalalarni hal etadi;
23) amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritadi va O‘zbekis-
ton Respublikasining sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv 
etadi;
24) Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod eta-
di, keyinchalik shu masalalarga doir farmonlarni O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi;
25) ushbu Konstitutsiya va O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida 
nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Prezident o‘z vakolatlarini bajarishni davlat idoralariga yoki mansabdor 
shaxslarga topshirishga haqli emas. 


127
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan ki-
chik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 
10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashagan O‘zbekiston Respublikasi 
fuqarosi saylanishi mumkin.

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə