63
1. O‘Z SIYOSIY HUQUQLARINI QAY TARZDA
RO‘YOBGA CHIQARISH MUMKIN?
Siyosiy huquqlar fuqarolarga nima uchun kerak?
Agar fuqarolarda qat’iy axloqiy va siyosiy qarashlar bo‘lsa, ular o‘z
huquqlari va burchlarini aniqroq anglab yetadilar,
mamlakat ijtimoiy hayo-
tida faolroq ishtirok etadilar.
Sinfdoshlaringiz, shuningdek, maktabingizdagi barcha ta’lim oluv chilarning faol-
lik darajasiga baho bering.
Saylovda ishtirok etish yoshiga yetganingizda har doim saylovlarda faol ishtirok
etasizmi yoki aksinchami?
Aytaylik, kelajakda saylash uchun sizning nomzodingiz ko‘rsatildi. Saylangan
taqdiringizda har doim ham o‘zingizni haqiqiy xalq vakili deb his etasizmi?
Siyosiy huquqlar shaxsiy huquqlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Keling,
bir o‘ylab ko‘raylik: fuqaro, bordi-yu uning shaxsiy huquqlariga rioya eti-
lishiga ishonchi komil bo‘lmasa, mamlakat siyosiy
hayotida faol ishtirok
etadimi?
Dostları ilə paylaş: