66
jamoatchilik tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, siyosiy partiyalar
fraksiyalari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasi
dagi deputatlar guruhi, shuningdek, Oliy Majlisning Qonunchilik
palatasi deputatlari saylov uchastkalarida o‘tkazadilar. Qonun loyihasi
bo‘yicha belgilangan tartibda kiritilgan taklifl ar va tuzatishlar albatta ko‘rib
chiqilishi shart.
3. YIG‘ILISHLAR ERKINLIGI HUQUQI
Yig‘ilishlar, mitinglar va namoyishlar erkinligi insonga o‘z fi krlari va
o‘z qarashla rini ifodalash imkoniyatini beradi. Bu huquq mamlakat rahbari-
yatiga xalqning fi kri haqida axborot yetkazib turish uchun ham zarur. Bu
narsa o‘ta muhim va rahbarlarga fuqarolarni tashvishlantirayotgan muam-
molarga chuqurroq kirib borish imkoniyatini beradi.
Miting
– bu ma’lum bir sha
х
slar va tashkilotlarning xatti-harakatlari,
ijtimoiy-siyosiy voq
е
alarga nisbatan munosabatini oshkora ifodalash maqsa-
didagi fuqarolarning tinch yig‘ini.
Namoyish
– bu ma’lum bir siyosiy talablarni bildirish maqsadidagi om-
maviy yurish.
Yig‘ilish
– bu biror-bir muhim jamoatchilik masalasini jamoa bo‘lib
birgalikda muhokama qilish uchun fuqarolar ishtiroki.
Fuqarolar o‘z ijtimoiy faolliklarini O‘zbekiston Res publikasi qonunlari-
ga muvofi q mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish
huquqiga ega dirlar. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtayi nazaridan-
gina bunday tadbirlar o‘tkazilishini to‘xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega.
Dostları ilə paylaş: