|
G. M. Tansikbayeva, V. AMUNOSIB TURMUSH DARAJASI NIMA?G. M. Tansikbayeva, V. A1. MUNOSIB TURMUSH DARAJASI NIMA?
Ammo shunga qaramay, har bir kishi, qanday sharoitda yashashidan
qat’i nazar, o‘ziga munosib turmush darajasini ta’minlashga intiladi. Hech
kim qashshoqlikda yashashni, ochidan o‘lib ketishni istamaydi. Har kim
sivilizatsiya va madaniyat havola etgan barcha ne’matlardan foydalanish-
ni xohlaydi.
Shuning uchun ham davlatning vazifasi barcha odamlar uchun munosi b
turmush tarzini ta’minlashdan iborat bo‘ladi.
Munosib turmush darajasi qanday bo‘lishi lozim? Shubhasiz, ma’lum
darajada mulkdor bo‘lishni, ish va kasbni erkin tanlash imkoniyatini, dam
olishdan, zamo
naviy tibbiyot yutuqlaridan, sifatli ta’limdan, qari
ganda
ijtimoiy muhofazadan foydalanishni taqozo etadi.
Inson uchun qaysi huquqlari eng muhim ekanligi xususida ham
ko‘pdan ko‘p mulohazalar mavjuddir.
Ba’zilar shaxsiy va siyosiy huquqlar eng muhimi deb hisoblasa,
boshqalar ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarni shular jumlasiga kiritadi, uchinchi
birovlar esa insonning sog‘lom muhitda yashash huquqi eng asosiysidir,
degan fi krga boradi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|