68
Inson va fuqaroning asosiy huquq va erkinliklarining
alohida guruhini ijti-
moiy-iqtisodiy huquqlar tashkil etadi. Bunga xususiy mulk; mehnat erkinligi;
faoliyatni
tanlash erkinligi; ishsizlikdan himoyalanish; mehnat qilish va meh-
nat sharoitiga ega bo‘lish;
turarjoy; qonunda taqiqlanmagan iqtisodiy faoliyat
bilan shug‘ullanish; dam olish; onalik
va bolalikni himoya qilish; qarilikda,
mehnat qilish qobiliyatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisini yo‘qotganda
ijtimoiy ta’minot (pensiya, nafaqa olish); sog‘liqni
saqlash va malakali tibbiy
xizmatdan foydalanish; sog‘lom yashash muhitiga ega bo‘lish huquqlari
kiradi.
Dostları ilə paylaş: