|
G. M. Tansikbayeva, V. AMulkdor bo‘lish, mehnat qilish, mehnat faoliyatiniG. M. Tansikbayeva, V. AMulkdor bo‘lish, mehnat qilish, mehnat faoliyatini
erkin tanlash va ishsizlikdan himoyalanish huquqlari
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasida har
bir odam mulkdor bo‘lish huquqiga ega ekanligi haqida so‘z yuritiladi.
Bu narsa, basharti, inson mol-mulkka egalik qilsa, unda hech kim bu mol-
mulkni tortib olishi mumkin emasligini anglatadi va bu insonga o‘ziga
ishonch hamda mustaqillik hissini baxsh etadi. Mulkdorda o‘z mulkini
qandaydir bir ishga sarfl ab ko‘paytirish, ya’ni o‘ziga tanish faoliyat so-
hasida serg‘ayratlik namoyish etish imkoniyati bo‘ladi.
Konstitutsiya bilan kafolatlangan mehnat qilish huquqi, erkin kasb
tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va ishsizlikdan himoyalanish
huquqi davlatimiz zimmasiga ishsizlik darajasi iloji boricha past bo‘lishi,
ishsiz qolgan inson esa nafaqa olishi va shu davrda o‘ziga ish qidirib to-
pishi uchun barcha vositalarni ishga solish majburi yatlarini yuklaydi.
Konstitutsiyada majburiy mehnat, ya’ni xizmat burchi doirasiga
kirmaydigan ishlarni bajarishga majburlash taqiqlanishi alohida qayd
etilga n.
Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat
sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoya-
lanish huquqiga egadir.
Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda
ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|