G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/117
tarix17.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#110891
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped

Majburiy maktab ta’limi.
 
Majburiy maktab ta‘limi 6 yoshdan 18 yoshgacha 
bo‘lgan bolalarga yo‘naltirilgan bo‘lib, u 12 yilga mo‘ljallangan. Majburiy maktab 
ta‘limi to‘g‘risidagi nizomni bajarish uchun 9 yil mobaynida (ba‘zi yerlarda 10 yil 
mobaynida) maktabga to‘liq o‘quv haftasi davomida borish, shundan so‘ng 
majburiy kasb-hunar maktabiga to‘liq bo‘lmagan o‘quv haftasi davomida 
qatnashish lozim (agar o‘smir umumta‘lim maktabining yuqori bosqichiga yoki 
kasb-hunar maktabiga to‘liq o‘quv haftasi davomida qatnashayotgan bo‘lsa). 
Davlat maktablarining barchasida o‘qish bepuldir. O‘quv qo‘llanmalar ham, asosan 
darsliklar, qisman bepul beriladi. Ba‘zida o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar 
vaqtincha foydalanish uchun berib turiladi. Ba‘zida o‘quv qo‘llanma narxining bir 
qismi ota - onaning daromadiga bog‘liq holda to‘lanadi.
Diniy ta‘lim asosiy qonunga muvofiq — oddiy fan sifatida o‘qitiladi, lekin 
nokonfessional maktablar bundan mustasnodir.
Asosiy qonunga muvofiq ushbu fanni o‘qitish yoki o‘qitmaslik to‘g‘risidagi 
qarorni ota - ona qabul qiladi. 12 yoshdan boshlab, bolalarning diniy tarbiyasi 
haqidagi qonunga binoan ota - onaning qarori farzandning roziligi bilan tas- 
diqlanishi lozim. 14 yoshdan o‘quvchi ushbu fanni o‘qish yoki o‘qimaslik haqida 
o‘zi qaror qiladi, agar bunda yerlar huquqi boshqa bir muvofiqlashtiruvchi vositani 
ko‘zda tutmagan bo‘lsa.
Asosiy qonunda mustaqil ta‘sischilarga ega bo‘lgan xususiy maktablarni 
tashkil etish va saqlash kafolatlanadi. Agar bunday xususiy maktablar davlat 
maktablari o‘rniga tashkil qilinsa, ularning ta‘sis etilishi uchun davlat ruxsat 
berishi zarur. Mustaqil ta‘sischilarga ega bo‘lgan maktablar ta‘lim sohasidagi 
davlat xizmatlarining mutanosibligini boyitadi va shuning uchun yerlar tomonidan
moddiy yordam olishadi. Germaniyada, bunday maktablarda o‘qiydigan 
o‘quvchilar soni yildan-yilga ortib bormoqda.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə