G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


Qiyosiy pedagogika taraqqiyotining to’rtinchi bosqichi – krizisli bosqich



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/117
tarix17.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#110891
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped

Qiyosiy pedagogika taraqqiyotining to’rtinchi bosqichi – krizisli bosqich 
(XX asrning 60-yillaridan 80-yillarigacha). 
Komparativistikaning ushbu rivojlanish bosqichi jamiyat ehtiyojlari bilan 
ta‘lim natijalari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar pedagogika fani va amaliyotida 
anglanganligi davriga to‘g‘ri keladi. YUNESKOning xalqaro ta‘limni rejalashtirish 
instituti direktori Filipp Kumbs 1968 yilda ―Ta‘lim inqirozi‖ deb nomlangan 
asarini yozdi. Bu asar jahon hamjamiyati va soha mutaxassislari tomonidan e‘tirof 
etildi. Bu kitobda muallif dunyo ta‘limi inqirozi mohiyatini ochib berdi. Uning 
fikricha, bu asar ko‘pgina rivojlangan davlatlarga daxldor edi. Asarning 
mashhurligi shu bilan belgilanadiki, Kumbs unda ijtimoiy hayotda ma‘lum bo‘lgan 
muammolarni aniq ko‘rsatib bergan. Bu muammolarni ―xippi‖ deb nomlangan 
yoshlar harakatininng kengayishida, ―jinsiy revolyutsiya‖, ―ayollar harakati‖ va 
boshqa ijtimoiy voqeliklarda kuzatish mumkin edi. Bularning barchasi yosh 
avlodning amaldagi qoida, an‘ana va urf-odatlarga nisbatan qarshili namunasi edi. 


28 
Yoshlar o‘z ota - onalarining ijtimoiy tajriba va qadriyatlarini o‘rganishdan bosh 
tortadilar. Bu holat ta‘lim va tarbiya sohasida qiyosiy taqqoslovchi xarakterga ega 
bo‘lgan izlanishlar sonining sezilarli darajada oshishiga turtki bo‘ldi. 
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, sobiq SSSR davlati hududidagi 
respublikalar ta‘lim tizimi uchun bu davr boshida yuqoridagi holatlar kuzatilmadi. 
Ammo ―qayta qurish‖ning boshlanishi bilan sovet ta‘lim tizimi inqirozga uchrab, 
Evropaga yaqin bo‘lgan yangi davlatlarda yuqoridagi holatning ba‘zi elementlari 
ko‘rina boshladi.
O‘tgan asrning 60-70 yillarida O‘zbekistonda ham ta‘lim tizimini yangi 
bosqichga olib chiqish, fan-texnika sohasida yutuqlarga erishish maqsadida 
iste‘dodli kadrlar tanlab olinib, yetakchi ilm dargohlari hamda ta‘lim 
muassasalarida o‘z tajribalarini oshirishlari borasida ham bir qator ijobiy ishlar 
amalga oshirildi. Buning natijasida yadro fizikasi, biotexnologiya, alkoloidlar 
kimyosi, paxtachilikni rivojlantirish kabi bir qator sohalarda o‘zbek olimlari 
sezilarli yutuqlarga erishib, tegishli ravishda o‘z ilmiy maktablarinini yaratdilar. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə