G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/117
tarix17.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#110891
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped

Savol va topshiriqlar: 
 
1.
YUNESKO tashkilotining faoliyati nimalardan iborat? 
2.
Qiyosiy pedagogika fani taraqqiyotida xalqaro tashkilotlarning o‘rni 
qanday? 
3.
YUNISEF tashkilotining ta‘lim sohasidagi vakolatlarini nimalardan 
iborat? 
4.
Xalqaro mehnat tashkiloti kadrlar va ularni ish bilan ta‘minlash 
masalasi doirasidagi vazifalarni qanday amalga oshiradi? 
5.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi 
qanday imkoniyatlarni yaratib beradi? 
III BOB. JAHON MAMLAKATLARIDA TA’LIM TARAQQIYOTINING 
AYRIM MASALALARI 
3.1. Ta’limni isloh qilishda o’quv dasturlarining ahamiyati 


46 
Vatanimizda 
ta‘lim 
tizimi 
keng 
qamrovli 
islohotlarni 
hamda 
texnologiyalashtirish ishlarini amalga oshirishdek murakkab jarayonni boshidan 
kechirmoqda. 
Ulardan 
ko‘zda tutilgan maqsad – maktab faoliyatini 
demokratlashtirish, uning insonparvarlik tamoyillarini rivojlantirish, shu asosda 
o‘quv-tarbiya ishlari mazmunini, uning shakl va uslubini kompleks yangilash va 
yanada takomillashtirishdan iboratdir. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilishning 
muhim shartlaridan biri chet el maktabi va pedagogikasi tajribalariga munosabatni 
tubdan o‘zgartirishdan iborat ekanligini hayotning o‘zi taqozo qilmoqda.
Bu tajribalarni sinchkovlik va qunt bilan o‘rganish orqali biz ta‘limda xato va 
yanglishishlardan, shubhali xulosalardan o‘zimizni saqlashimizdan tashqari, 
ta‘lim-tarbiyada qotib qolgan, eskirgan, o‘z dolzarbligini yo‘qotib borayotgan ish 
shaklli va uslublaridan tezroq xalos bo‘lish bilan birga, uni munosib tarzda 
yangilashda qo‘shimcha boy manbalarga ham ega bo‘lamiz.
Shuni e‘tirof etish kerakki, rivojlangan mamlakatlarda ta‘lim sohasida ulkan 
o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan bir davrda, bizda ta‘lim mazmunini yangilash, uni 
boshqarish, innovasion texnologiyalarni maktab hayotiga tatbiq etishda qator 
muammolar mavjud.
Ta‘lim-tarbiyada samarali islohotlarni amalga oshirish talab etilayotgan 
hozirgi davrda ilmiy-texnika taraqqiyoti, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy 
qilish sharoitida muvaffaqqiyatli faoliyat ko‘rsata oladigan, jamiyat a‘zolarini 
yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-hunarga yo‘naltirishda davlat xizmatini 
hamda o‘rta ta‘limning ko‘p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta‘lim 
mazmunini yaxshilashda pedagogik vositalarni qo‘llash, ta‘limda tashabbuskorlik 
va ijodkorlikka keng yo‘l ochish, uning muhim tizimlarini yaratish kabi chet el 
tajribalarini o‘rganish ayni muddaodir.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta‘limniig, mamlakat ichki siyosatiga faol 
ta‘sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e‘tirof qilingan haqiqatdir. Shu tufayli 
chet mamlakatlarda maktab ehtiyojini iqtisodiy ta‘minlashga ajratilayotgan 
mablag‘ miqdori yildan-yilga oshib bormoqda.
Jumladan, yaponlarda, ―maktab muvaffaqiyat va farovonlik timsoli‖gina 
bo‘lib qolmay, ―u insonlarni yaxshilaydi‖, degan fikr – ishonch va e‘tiqodga 
aylangan.
Ta‘lim to‘g‘risidagi g‘amxo‘rlik taniqli siyosatchilarning ham hamisha diqqat-
e‘tiborida bo‘lgan. Shuning uchun AQSHning sobiq Prezidenti R. Reyganni, 
Buyuk Britaniya Bosh vaziri M. Tichcherni, Fransiya Prezidenti F. Mitteranlarni 
maktab islohotining tashabbuskorlari deb, bejiz aytishmaydi. F. Mitteran maktabni 
―Jamiyatni harakatlantiruvchi kuchi‖ deb hisoblagan.
Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan ko‘p 
sonli ilmiy muassasalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning soni 2 mingdan ortiq. 
Fransiya, AQSH, Yaponiyada ta‘lim-tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab 
davlat va xususiy tashkilotlar, universitet va pedagogik tadqiqot markazlari 
shug‘ullanmoqda. Ular faoliyatini esa xalqaro ta‘lim markazlari, masalan, 
AQSHda xalqaro ta‘lim instituti muvofiqlashtirib boradi. Ko‘pchiligining faoliyati 
o‘quv dasturini takomillashtirish va qayta ko‘rishga qaratilgan.


47 
Maktab dasturlarini o‘zgartirish ikki asosiy yo‘nalishda: ekstensiv va intensiv 
usul bilan amalga oshiriladi. 
Birinchi
holatda o‘quv muddati uzaytiriladi, o‘quv 
materiallari hajmi ko‘paytiriladi; 
ikkinchi
holda esa mutlaqo yangi dastur 
yaratiladi. Bu o‘rinda ikkinchi yo‘l, ko‘pchilik mutaxassislarning e‘tiroficha, 
maqbul hisoblanadi. 
1961 yilda ―Bosh yangi bazi‖» tamoyillari asosida AQSH o‘rta maktablarini 
isloh qilish boshlangan edi. Buning mohiyati shundaki, ingliz tili va adabiyoti 
(to‘rt yil), matematika (to‘rt yil), tabiiy bilimlar (uch yil), ijtimoiy fanlar (uch yil), 
kompyuter texnikasi (yarim yil) kabilardan iborat besh yo‘nalishdagi majburiy 
ta‘lim joriy qilindi.
Har bir yo‘nalish o‘z navbatida bir necha qismga bo‘linadi. Masalan, 
matematika, 
algebra, 
trigonometriya, 
ish yuritish, kompyuter texnikasini 
qo‘llashdan iborat. Barcha majburiy predmetlar tarkibiga yangi kurslar kiritildi. 
1985 yildan e‘tiboran barcha yuqori bosqich kollejlarining 90 foizi shu besh bazisli 
tamoyil asosidagi dastur bilan ish olib boradi. Natija: majburiy tayyorgarlik 
bo‘yicha ta‘lim hajmi qisqardi, shu bilan bir qatorda dastur chuqurlashtirilib 
o‘rganiladigan kurslar hisobiga tig‘izlashdi.
XX asrning 80-yillarida majburiy ta‘lim hajmini qisqartirish jarayoni yanada 
chuqurlashtirildi. Hatto, ayrim kollejlarda bu sohada uch yangi: ingliz tili va 
adabiyoti, matematika, ijtimoiy bilimlar bazislari asosida ish olib borilmoqda. 
Ta‘limning boshqa turlari esa ixtisoslashtirish davrigacha amalga oshiriladigan 
bo‘ldi.
Amerikadagi ko‘zga ko‘ringan ―Found Karnegi‖ pedagogik markazi bu 
dasturni XXI asr dasturi deb baholadi. O‘quv dasturlarini qayta qurish jarayoni 
G‘arbiy Yevropa davlatlarida ham amalga oshirildi. Masalan, Buyuk Britaniyada 
ta‘lim vazirligining tavsiyasiga muvofiq o‘quv rejasi va dasturini ta‘lim 
muassasasining o‘zi belgilaydi.
Mazkur tavsiyalarga muvofiq 50 foiz o‘quv soatlari o‘qitilishi shart bo‘lgan 
―yadro‖ predmetlar: ingliz tili va adabiyoti, matematika, din darsi, jismoniy 
tarbiyaga ajratiladi. O‘quv soatlarining boshqa qismi esa o‘qitilishi shart 
hisoblanib, 
tanlab 
olingan 
predmetlarga 
(gumanitar, 
tabiiy, 
matematik 
mazmundagi) ajratiladi.
XX asrning 80-yillardan boshlab Buyuk Britaniyada ham AQSHdagi singari 
o‘rganilishi majburiy bo‘lgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, 
matematika va tabiiy fanlar o‘quv setkasining yadrosini tashkil etadigan bo‘ldi. 
Qolgan predmetlarni tanlab olish o‘quvchilar va ota - onalar ixtiyoridadir.
―Yangi dunyo‖ning pedagogik g‘oyalari Fransiya va Germaniya ta‘limiga 
ham sezilarli ta‘sir ko‘rsatdi.
Germaniya to‘liqsiz o‘rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda 
tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet tillari kiritilgan o‘quv dasturlari ham amalga 
oshirilyapti. Bu o‘quv dasturi tobora to‘liqsiz o‘rta maktab doirasidan chiqib, o‘rta 
maktablar va gimnaziyalarni ham qamrab olmoqda.
Fransiya boshlang‘ich maktablarida ta‘lim mazmuni ona tili va adabiyoti 
hamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografiya, aholishunoslik, tabiiy fanlar, 
mehnat ta‘limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamchi predmetlarga bo‘linadi.


48 
Yaponiya maktablari ikkinchi jahon urushidan keyin Amerika ta‘limi yo‘lidan 
bordi. Shunga qaramay, bu ikki mamlakat o‘quv dasturida bir qator farqli jihatlar 
ko‘zga tashlanadi. Yaponiyada o‘quv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan, asosiy 
fanlar majmui ancha keng, bir qator yangi maxsus va fakultativ kurslar kiritilgan. 
Masalan, umumiy ta‘lim maktablarining yangi musiqa ta‘limi o‘quv dasturiga 
milliy va jahon mumtoz musiqasini o‘rganish ham kiritilgan. Yapon xalqida 
―Hamma narsa unitilganda ham ta‘lim esda qoladi‖ degan hikmatli gap bor. 
Bundan ko‘rinadiki, rivojlangan davlatlarda o‘quv dasturining rivojlanishi mana 
shu yo‘nalish asosida qurilgan.
Asosiy o‘quv dasturlariga ma‘lum cheklanishlarni kiritish, alohida 
predmetlarni o‘rganishni kuchaytirib, ularni chuqur o‘zlashtiradi va o‘quvchilarni 
ortiqcha ―yuk‖dan xalos qiladi. Bu masalani ijobiy hal etishda o‘quv kurslari 
integratsiyasini amalga oshirish yordam beradi.
Bunga yorqin misol: o‘tgan asrning 60-80 yillarida tabiiy-ilmiy ta‘lim dasturi 
tarkibiga fizika, ximiya, biologiya, ba‘zi hollarda astronomiya, geologiya, 
mineralogiya, fiziologiya, ekologiya elementlari kiritilib, u AQSH va Fransiyada 4 
yil, Buyuk Britaniyada 6 yil, Germaniyada 2 yil o‘qitildi. O‘quv predmetlarini 
integratsiyalash jarayonida yangi-yangi kurslar paydo bo‘la boshladi. Fransiyada 
XX asrning 70-80 yillarida to‘liqsiz o‘rta maktablar o‘quv
 
dasturidagi tabiiy-ilmiy 
va gumanitar siklga eksperimental, iqtisodiy, iqtisodiy gumanitar kurslar kiritildi.
Hozirgi 
kunda 
rivojlangan 
mamlakatlar 
o‘quv 
dasturiga 
integratsiyalashtirilgan kurslarni kiritish to‘la amalga oshirildi. Fransiya 
maktablarida ularga 6-10 foiz, Buyuk Britaniya maktablarida 15 foiz o‘quv soatlari 
ajratildi.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə