G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/117
tarix17.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#110891
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped

umumiy o`rta ta’lim
quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi:
- boshlang`ich ta‘lim – 5 yil
- birinchi davr o`rta ta‘lim – 3 yil 
- ikkinchi davr o`rta ta‘lim – 5 yil 
Xorijiy o`quvchilar Italiyada o`rta ta‘limni faqat xalqaro maktablarda yoki 
xususiy maktab pansionlarida olishlari mumkin. Italiyada bolalar 6 yoshdan 
maktabga qabul qilinadi. Hamma uchun ta‘limning 1- 2- bosqichlari majburiy va 
bepul. Barcha uchun umumta‘lim fanlardan o`qish, yozish, rasm solish, arifmetika, 
musiqa majburiy hisoblanadi. Faqat din xohishga ko`ra o`rgatiladi. 
1985 – yilda mamlakat Ta‘lim vazirligi tomonidan yangi o`quv rejasi 
tasdiqlandi. Unga muvofiq, o`qitiladigan fanlar, xususan italyan tili, chet tili
matematika, tarix, geografiya jamiyatshunoslik, san‘at, musiqa, jismoniy tarbiya 
asosiy predmetlar hisoblanadi. Dinshunoslik esa qo`shimcha fan bo`lib, uni dars 
jadvaliga qo`yish yoki qo`ymaslikni ota – onalar hal qiladi. Har bir fan uchun 
maxsus jadval mavjud bo`lib, unda fanning mundarijasi, maqsadi, erishish kerak 
bo`lgan natijasi, dars berish usuli, boshqa fanlar bilan bog`liqlik jihatlariga alohid a 
ahamiyat beriladi. 


80 
Birinchi ikki yil ichida o`qituvchilar o`quvchilardan qat‘iy intizomni talab 
qilishadi. Jadvalda ko`rsatilgan darsliklarning maqsadlarini o`qituvchilar oldindan 
bashorat qila olishlari, qaysi usul bilan o`tilgan amaliy mashg`ulotlar ko `proq 
natija berishini bilishi lozimligi talab etiladi. Shuningdek, o`qituvchilarning 
kundalik rejasining ko`p qismi darslarni o`zlashtira olmaydigan o`quvchilarga 
mavzuni tushuntirish bilan o`tadi. 
So`nggi paytlarda baholash jarayoni Italiyada ham turlicha kechmoqda. 
Avvaliga baholash tizimi 0 dan 10 gacha bo`lgan raqamlar orqali baholanar edi. 
Keyinchalik esa ball tizimi, A, V, S, D, Y harflari bilan belgilangan bo`lsa, 
bugungi kunda 4 daraja orqali baholanadi. Ya‘ni bu: 
-A‘lo
-Yaxshi
-Qoniqarli
-Qoniqarsiz

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə