G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/117
tarix17.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#110891
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped

Ta’limda boshqaruv
: muammo va yechim

Italiya xalq ta‘limi tizimi boshqaruvining o`ziga xosligi haqida gap ketganda
uning huquqiy asoslari va mavjud an‘anaviy me‘yorlariga e‘tibor qaratiladi. 
Mamlakatda uzluksiz ta‘limning birinchi bo`g`inini, ya‘ni boshlang`ich ta‘lim 
boshqaruvining o`z talablari bor. Bolalarni maktabga qabul qilishning o`z shartlari 
bor. Ya‘ni o`qishga ma‘lum yilning 31 – avgustidan kelasi yilning 30 - apreligacha 
6 yoshga to`lgan bolalar qabul qilinadi. Faqatgina maktablar uchun binolarning 
yetishmovchiligini hisobga olmaganda, barcha xarajatlar davlat tomonidan 
to`lanadi. Kitoblar, o`quv qurollaridan tortib, to maktab avtobusi va oshxona 
xarajatlarigacha bepul.
Italaiyada 
boshlang`ich ta’lim
bosqichi 5 yil davom etadi. Boshlang`ich ta‘lim 
boshqaruvning 
ikki ko`rinishini
taklif etadi: 

Klassik 
- Amodulo
 
( ikki sinf uchun 3 nafar o`qituvchi yoki 3 sinf uchun 4 o`qituvchi). 
Shuningdek, (xalq ta‘limi tizimida 3-5 yoshli bolalar uchun majburiy 
bo`lmagan maktabgacha tarbiya muassasalari ham mavjud). Haftada 27-130 soat 
dars jadvali bo`lgan maktablar hamda 
classi atempo pieno
maktablarida bir sinf 
uchun 2 nafar o`qituvchi bo`lib, darslar haftasiga 40 soatni tashkil etadi. Har bir 
o`quv muassasasasi o`z hududidan kelib chiqqan holda boshqaruvning tashkiliy 
tuzilishini ishlab chiqadi. Maktabning boshlang`ich sinflarida, odatda, 10 dan 25 
nafargacha o`quvchi ta‘lim oladi. Majburiy maktablarda 6 – 11 yoshli bolalar 5 yil 
boshlang`ich maktabda ta‘lim olsa, quyi o`rta maktabda 3 yil ta‘lim oladilar. 
Boshlang`ich ta‘lim umumiy ta‘limning dastlabki bo`g`ini hisoblanadi. Ta‘lim 
muassasalari va davlat boshlang`ich ta‘lim maktablari mamlakatdagi umumiy 
qonunlar va qonunosti me‘yoriy hujjatlar orqali boshqariladi.
 
Turli xil maktablarning o`zaro farqlari ularning binolari, o`quvchilar soni, 
sinflar va dars jadvalining tuzilishi bilan farq qilishi mumkin.


81 
Italiyada davlat va xususiy maktablar faoliyati teng olib boriladi. O`quv 
dasturlari bir – biridan uncha farq qilmaydi. 1985 – yilda qabul qilingan qonunga 
muvofiq 
boshlang`ich 
maktablar 
konstitutsiyada 
belgilangan 
shaxs 
va 
fuqarolarning ta‘lim olish huquqlariga asosan ish ko`radi. Ta‘lim tizimini 
boshqarishda fuqarolarning erkinliklariga qadriyat sifatida qaraladi va inson 
huquqlari umumjahon deklaratsiyasi talablariga javob beradi. 
Boshlang`ich ta‘limning yana bir 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə