G. Q. Abdurahmanova


Tadqiqot respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo’nalishlariga mosligi



Yüklə 277,2 Kb.
səhifə18/21
tarix30.12.2023
ölçüsü277,2 Kb.
#167582
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Z.Usubjonov PKS bayoni1 (2)

Tadqiqot respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo’nalishlariga mosligi. Dissertatsiya ishi respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining I.«Demokratik va huquqiy jamiyatni ma’naviy, axloqiy hamda madaniy-ma’rifiy rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish» ustuvor yoʻnalishi doirasida bajarilgan.
Dissertatsiyada bayon etilgan natijalarni olishda muallifning shaxsiy ishtiroki. Dissertatsiya ishida muallif o’z shaxsiy fikr-mulohaza, taklif va xulosalarni to’liq bayon qilgan, ko’rsatilgan ilmiy tadqiqot natijalari bevosita dissertant tomonidan ishlab chiqilgan. Ilmiy tadqiqotni bajarish davomida muallif tomonidan mavzuga oid mahalliy hamda xorijiy iqtisodiy adabiyot manbalari, ommaviy axborot resurslari o’rganilgan, nazariy umumlashtirilgan va xulosalar chiqarilgan, olingan ilmiy natijalar tizimlashtirilib, tahlildan o’tkazilgan. Tadqiqot ishining asosiy mazmunini aks ettiruvchi anjuman tezislari va ilmiy maqolalar shaxsan muallif tomonidan yozilgan.
Tadqiqot natijalarining to’g’riligi va asoslanganligi. Tadqiqotning ilmiy natijalari, xulosa va tavsiyalarining asoslanganligi hamda to’g’riligini quyidagilar tasdiqlaydi:
Muallif tomonidan tanlangan muammoni hal etish uchun tadqiq qilinayotgan masalalarga mos keluvchi umummilliy va maxsus tadqiqot (statistik tahlil, kabinet va dala tadqiqot usullari, ekonometrik modellar, mantiqiy tahlil, ekspert baholash ) va boshqa usullaridan keng foydalanilgan;
Ilmiy tadqiqot ishini amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma’lumotlaridan, dissertant tomonidan hal qilingan natijalar, shuningdek ilmiy to’plamlardagi amaliy materiallardan foydalanilgan;
Maqsadga muvofiq holda belgilangan vazifalar mantiqiy jihatdan bir-biriga mos kelib, ixtisoslik nuqtai-nazardan aniq, to’g’ri chegaralangan hamda ilmiy-uslubiy, amaliy yo’nalishdagi taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishga yo’naltirilgan, belgilangan vazifalarning bajarilishi mavzu doirasida qo’yilgan maqsadga erishishni ta’minlagan.

Yüklə 277,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə