G. Q. Abdurahmanova


Rais: Rahmat, yana kimda qanday fikrlar bor? Kim norasmiy taqrizchi sifatida o’z fikrini bildiradi? Marhamat so’z i.f..f.d., dots. Z.A.Xakimov



Yüklə 277,2 Kb.
səhifə16/21
tarix30.12.2023
ölçüsü277,2 Kb.
#167582
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Z.Usubjonov PKS bayoni1 (2)

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Rais
Rais: Rahmat, yana kimda qanday fikrlar bor? Kim norasmiy taqrizchi sifatida o’z fikrini bildiradi? Marhamat so’z i.f..f.d., dots. Z.A.Xakimovga beriladi.
i.f..f.d., dots. Z.A.Xakimov: Tadqiqotchi Z.V.Usubjonov tomonidan olib borilgan tadqiqot ishi mavzusi dolzarbligi bilan ajralib turadi. Dissertatsiya muhokamasi davomida u o’zining yuqori bilimi bilan hamda shu sohada tadqiqotlarni chuqur olib borganligi bilan uning ma’ruzasi va savollarga javoblarini ijobiy deb baholash mumkin. Shu bilan birgalikda marketingning yangi konsepsiyalarini dissertasiyaga moslashtirish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Bu kabi tavsiyalar inobatga olinsa ishning sifati yanada oshgan bo’lar edi. Z.V.Usubjonovning ushbu bajargan dissertatsiya ishini to’liq tugallangan deb hisoblayman va Ilmiy Kengashda himoya qilishga tavsiya etaman.
Rais: Marhamat, bildirilgan fikrlarga javob berish uchun so’z izlanuvchi Z.V.Usubjonovga beriladi.
Z.V.Usubjonov: Mening dissertatsiya ishimga norasmiy taqrizchi sifatida o’zlarining fikr va muloxazalarini bildirib, aniq kamchiliklar va o’zgartirishlar kiritish bo’yicha takliflarini to’liq inobatga olamiz va kamchiliklarni bartaraf etamiz. Rahmat!
Rais: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar majlisi tayanch doktorant Usubjonov Zaxriddin Vasliddin o’g’lining 08.00.11 – Marketing ixtisosliklari bo’yicha “Qurilish materiallari bozorini marketing konsepsiyalari asosida rivojlantirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini himoyaning keyingi bosqichlariga tavsiya etish to’g’risidagi taklif ochiq ovozga qo’yiladi.
Ilmiy seminar majlisida ishtirok etayotgan 22 nafar a’zolarning 21 nafari Z.V.Usubjonovning dissertatsiyasini himoyaning keyingi bosqichiga tavsiya etish yuzasidan ovoz berishdi.
Ilmiy seminar majlisida mustaqil izlanuvchi Usubjonov Zaxriddin Vasliddin o’g’lining 08.00.11 – “Marketing” ixtisosligi bo’yicha “Qurilish materiallari bozorini marketing konsepsiyalari asosida rivojlantirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi ixtisoslikka muvofiqligi, dissertatsiyaning ilmiy saviyasi, uning ilmiy va amaliy ahamiyati, olingan natijalarning asoslanganligi, e’lon qilingan ishlarda dissertatsiya natijalari to’liq bayon etilganligi, ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilganligi, talabgorga qo’yilgan talablarning bajarilganligi, dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish o’rnatilgan tartibda bajarilganligi, shuningdek Ilmiy kengashga dissertatsiyani himoyaga qabul qilish bo’yicha taklif va tavsiyalar ma’qullandi.
Rais: Rahmat, yana kimda qanday fikrlar bor? Agar kun tartibidagi masala bo’yicha fikrlar bo’lmasa, keyingi masalaga o’tamiz. Dissertatsiya ishi bo’yicha yetakchi tashkilot va rasmiy opponentlar bo’yicha takliflar bormi?
i.f.d., prof. Sh.Dj.Ergashxodjaeva tayanch doktorant Usubjonov Zaxriddin Vasliddin o’g’lining 08.00.11 – Marketing ixtisosligi bo’yicha “Qurilish materiallari bozorini marketing konsepsiyalari asosida rivojlantirish” mavzusidagi dissertatsiya ishiga yetakchi tashkilot sifatida Samarqand iqtisodiyot va servis institutini tavsiya etaman.

Yüklə 277,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə