G. Q. Abdurahmanova


Rais: Marhamat, bildirilgan fikrlarga javob berish uchun so’z mustaqil izlanuvchi Z.V.Usubjonovga beriladi. Z.V.Usubjonov



Yüklə 277,2 Kb.
səhifə15/21
tarix30.12.2023
ölçüsü277,2 Kb.
#167582
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Z.Usubjonov PKS bayoni1 (2)

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Rais
Rais: Marhamat, bildirilgan fikrlarga javob berish uchun so’z mustaqil izlanuvchi Z.V.Usubjonovga beriladi.
Z.V.Usubjonov: Taqrizchiga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Vaqtlarini ayamay tadqiqot ishimizni sinchikovlik bilan ko’rib chiqib, o’z tavsiyalarini berganliklari uchun rahmat. Shu bilan birga tadqiqot ishining 1.2-paragrafida “B2B Marketing” xususiyatlari va B2C marketing o’rtasidagi farqlar qaytadan tahrir qilindi, dissertatsiya ishining 2.1-paragrafida keltirilgan jadval va rasm hamda paragraf bo’yicha xulosa qismlarini to’ldirildi, ko’rsatilgan jadval va rasm bo’yicha ma’lumotlar batafsil yoritildi. Dissertatsiya ishida ko’rsatilgan qolgan kamchiliklarni tez orada bartaraf etib, ishning sifati va mazmunini yanada takomillashtiramiz. Rahmat!
Rais: Rahmat, yana kimda qanday fikrlar bor? Kim norasmiy taqrizchi sifatida o’z fikrini bildiradi? Marhamat so’z i.f.d., prof. M.A.Ikramovga.
i.f.d., prof. M.A.Ikramov: Tadqiqotchi Z.V.Usubjonov tomonidan olib borilgan tadqiqot ishi mavzusi dolzarbligi bilan ajralib turadi. Dissertatsiya muhokamasi davomida u o’zining yuqori bilim egaligini namoyon etdi. Tadqiqotchi tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy yangiliklar qimmatdorligi bilan ajralib turadi. Shu bilan birgalikda bir nechta quyidagi taklif hamda tavsiyalarim bor: faqat B2B marketing emas B2C marketingni ham qo’shish, aynan qaysi marketing konsepsiyasidan foydalanish asosida qurilish materiallari bozorini rivojlantirish lozimligi haqidagi ma’lumotlarni avtoreferatga qo’shsangiz maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Bu kabi tavsiyalar inobatga olinsa ishning sifati yanada oshgan bo’lar edi. Z.V.Usubjonovning ushbu bajargan dissertatsiya ishini to’liq tugallangan deb hisoblayman va Ilmiy Kengashda himoya qilishga tavsiya etaman.
Rais: Rahmat, yana kimda qanday fikrlar bor? Kim norasmiy taqrizchi sifatida o’z fikrini bildiradi? Marhamat so’z i.f.d., prof. N.Q.Yo’ldoshevga beriladi.
i.f.d., prof. N.Q.Yo’ldashev: Tadqiqotchi Z.V.Usubjonov tomonidan olib borilgan tadqiqot ishi mavzusi dolzarbligi bilan ajralib turadi. Dissertatsiya muhokamasi davomida tadqiqot ishida erishilgan natijalar bilan tanishdik. Shu bilan birgalikda quyidagi taklif hamda tavsiyalarim bor: qurilish materiallari eksporti hajmi import hajmidan sezilarli darajada past ekanligini inobatga olgan holda, eksportni rivojlantirish yo’nalishlari, mamlakatimizda qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun yetarli shart-sharoitlar, tabiiy resurslar mavjudligi hisobga olgan holda mavjud salohiyatdan foydalanish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish bo’yicha ilmiy ishlanmalar tadqiqot ishiga qo’shilishi maqsadga muvofiq bo’lar edi. Bu kabi tavsiyalar inobatga olinsa ishning sifati yanada oshgan bo’lar edi. Z.V.Usubjonovning ushbu bajargan dissertatsiya ishini to’liq tugallangan deb hisoblayman va Ilmiy Kengashda himoya qilishga tavsiya etaman.

Yüklə 277,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə