G’. U. Siddiqov, F. A. Majidova Flavonoidlarni >G’. U. Siddiqov, F. A. Majidova



Yüklə 282 Kb.
səhifə3/20
tarix19.12.2023
ölçüsü282 Kb.
#153532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
G’. U. Siddiqov, F. A. Majidova Flavonoidlarni-www.hozir.org

BUGER - LAMBERT - BER QONUNI 

Elektromagnit to’lqinlarining eritmada tarqalishdagi asosiy


xususiyatlaridan 

biri intensivlik bo’lib, vaqt birligida maydondan o’tayotgan kvantlar soniga bog’liq


kattalikdir. Yorug’likning yutilishi
tanlash xususiyatiga ega bo’lganligi uchun, 

yorug’lik moddaning rangsiz eritmasidan o’tganida ma’lum to’lqin uzunligiga ega


bo’lgan -
nurlar yutiladi, boshqa to’lqin uzunligiga ega bo’lgan nurlar esa -

yutilmasdan eritmadan o’tib ketadi. Ushbu jarayonni miqdoriy jihatdan hisobga


olish uchun har xil to’lqin uzunliklaridan tashkil topgan oddiy yorug’lik 
nurlarining o’rniga monoxromatik (bir xil kvant energiyalariga yoki bir xil to’lqin
uzunliklariga ega bo’lgan) nurlardan foydalanish kerak. Bu holda yutilish birinchi 
tartibli oddiy
tenglama asosida bo’ladi:


n

k

J

J

lg

0




J



, J - tushayotgan va o’tgan nurlarning intensivligi, n – yorug’likni yutayotgan
moddaning mollar soni, k - yorug’likni yutayotgan moddaning tabiatiga bog’liq 
bo’lgan doimiylik. Doimiylik qiymati to’lqin - uzunligiga bog’liq bo’ladi.
Moddalar eritmalarining kontsentratsiyasini ko’rsatuvchi n - idishchadagi 
eritmaning molyar kontsentratsiyasi va eritma qalinligi l ga proportsional bo’ladi
(Lambert - Ber qonuni). Bu holda tenglama quyidagicha o’zgaradi (odatda o’nlik 
logarifmi ishlatiladi):

l

c

E

J

J


lg
0


Tenglamaning chap tomonidagi qismi eritmaning nur o’tish qobiliyatini 


ko’rsatadi va optik zichlik deb nomlanadi. Proportsionallik koeffitsienti (


yutilishning molyar koeffitsienti deyiladi va 1 sm qalinlikdagi, kontsentratsiyasi 1


mol/l bo’lgan eritmadan o’tgan - nurning yutilishini ko’rsatadi. Yutilish o’lchamsiz 
kattalik bo’lganligi uchun

qiymati c • l ga teskari kattalik qiymatiga ega bo’lishi 

kerak. Agar kontsentratsiyani (c) mol/l, eritma qalinligini (l) sm da o’lchansa,



ning qiymati l × mol • sm


-1
bilan ifodalanadi. eritma Lambert - Ber qonuniga 

bo’ysunganida, ma’lum qalinlikdagi qavatning optik zichligi modda


kontsentratsiyasiga to’g’ri chiziq bilan bog’liq ravishda o’zgaradi. Bu esa miqdor 
jihatdan tahlil olib borishga imkon beradi.
Eritmaning Lembert - Ber qonuniga bo’ysunmasligi quyidagi hollarda sodir 
bo’lishi mumkin: a) molekula eritmada har xil tau-tomer shaklda bo’lganida; b)
modda molekulalari o’zaro yoki erituvchi molekulalari bilan ta’sirlashganida 
(masalan, vodorod bog yoki assotsiatlar hosil qilganida); v) asosiy va
g’alayonlangan holatlar o’rtasida issiqlik muvozanati holatida (termoxromizm 
hodisasi). Amalda erigan moddaning erituvchi molekulasi bilan ta’sirlashishi keng



tarqalgan hodisalardan hisoblanadi. Lambert - Ber qonuni faqat monoxromatik


nurlar uchun amalga oshishini hisobga olish kerak. 
Molekulalardagi energetik holatlarning o’zgarishi ma’lum tebranishlar
chastotasida sodir bo’ladi. Organik moddalarning tuzilishini o’rganishda kvant 
energiyalari bilan farq qiluvchi quyidagi sohalar o’rganiladi:
1. Elektronlarni qo’zg’algan holatga keltirish uchun ko’proq miqdorda 
energiya talab qilinadi, bu esa ul’trabinafsha (UB) va ko’rinadigan nurlar ta’sirida
amalga oshiriladi (elektron –spektroskopiyasi). 
2. Molekulalardagi tebranuvchan holat energiyasini o’zgartirish uchun zarur
bo’lgan energiya. Bu energiya ta’sirida molekulada kimyoviy bog’lar uzunligidagi 
o’zgarishlar va valent bog’lar orasidagi burchakning o’zgarishi sodir bo’ladi.
Ushbu o’zgarishlar infraqizil sohada namoyon bo’ladi. 
3. Yadro sonlarining yo’nalishini o’zgartirish sarf bo’ladigan kam miqdordagi
energiya (bu o’zgarishlar radio to’lqin energiyasi kvantlari ta’sirida amalga 
oshirilishi mumkin).
Molekuladagi energetik o’tishlar jihatidan ul’trabinafsha va ko’rinuvchan 
soha o’rtasida asosan farq yo’q.
Shunday qilib, organik kimyo va texnologiyada keng ishlatiladigan spektral 
usullar sifatida ul’trabinafsha (UB), infraqizil (IQ), yadro magnit rezonans (YaMR)
spektroskopiyalari va mass-spektrometriya ishlatiladi. 
Endi yuqorida ko’rsatilgan fizikaviy usullarning nazariy asoslarini va organik
molekulalar tuzilishini o’rganishda tadbiq etish mumkin bo’lgan usullarini 
keltiramiz.



Yüklə 282 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə