Gen faoliyatni boshqarish



Yüklə 33,65 Kb.
səhifə9/10
tarix11.12.2023
ölçüsü33,65 Kb.
#144340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
GEN FAOLIYATNI BOSHQARISH

Genetik kod deb oqsil molekulalari tarkibidagi polipeptid zanjirlarida aminokislotalarning o`zaro bog`lanib joylashishi tartibining DNK molekulasidagi nukleotidlarning joylashish tartibi bilan belgilanishiga aytiladi. Kod so`zi kibernetik atama bo`lib axborotni harflar bilan yozishdan shu axborotning o`zini boshqa belgilar, masalan telegrammada ishlatiluvchi Morze alifbo (nuqta, tire) si bilan yozishga o`tishlikni bildiradi. Molekulyar genetikaning asoschilaridan bo`lgan D.Uotson va F.Krik DNK molekulasining qo`shaloq spiral strukturasi modelini yaratgandan keyin genetik kodga oid quyidagi fikrni ilmiy bashorat tariqasida taklif qilgan edilar. DNK molekulasida nukleotidlar tartibi shaklida kodlangan genetik axborot oqsil polipeptid zanjirida joylashishi kerak bo`lgan aminokislotalar tartibini belgilaydi. Genetik kod iRNK molekulasi strukturasi va funktsiyasini tadqiq qilish natijasida aniqlandi. DNK dagi genetik axborotning transkripsiya orqali iRNKga ko`chirilishi bilan biz tanishdik. Bu sohadagi keng ko`lamda olib borilgan molekulyar genetik tadqiqotlar natijasida genetik kodning quyidagi muhim belgilari aniqlandi:
1) Genetik kodning asosida irsiy birlik tripletlar - kodonlar yotadi. Muayyan aminokislotaning polipeptid zanjiriga ulanishini ta’min etish funktsiyasini DNK molekulasining polinukleotid zanjirida joylashgan uchta nukleotiddan iborat triplet deb atalgan irsiy axborotning kodlanish birligi bajaradi. DNK da joylashgan kod birligi bo`lmish tripletni kodogen, uning iRNK da joylashgan kopiyasi kodon va tRNK ning muayyan qismida joylashgan triplet antikodon deb ataladi.
2) Har qaysi aminokislota ko`pincha bittadan ortiq tripletlar bilan kodlanadi. Kodning bu belgisining mohiyati quyidagicha. Oqsil molekulalari tarkibidagi aminokislotalar xilining soni 20 ta bo`ladi. Nuklein kislotalardagi nukleotidlarning soni esa to`rtta, DNK da: adenin-A, guanin-G (G), sitozin-S (C), timin-T; iRNK da: adenin-A, guanin-G (G), sitozin-S (C), uratsil-U (U). Aminokislotalarni kodlaydigan triplet (kodon) lar ketma‑ket joylashgan uchta nukleotiddan iborat. To`rt xil nukleotidning uchtadan ulanib hosil qilish mumkin bo`lgan tripletlar kombinatsiyasi soni 43 – 64 ga teng. Demak, ular 64 xil triplet hosil qilishi mumkin. Binobarin, triplet xillarining soni aminokislotalar sonidan bir necha hissa ko`p. Keng ko`lamda olib borilgan molekulyar-genetik tadqiqotlar natijasida barcha (20) aminokislotalarning genetik kodlari aniqlandi. Olingan dalillar asosida aminokislotalarning iRNK dagi tripletlar (kodonlari ro`yxati) ‑ genetik kodda namoyish qilingan. Bu dalillarning ko`rsatishicha 20 aminokislotadan 18 tasi bittadan ortiq 2, 3, 4 va hatto 6 xil tripletlar bilan kodlana olar ekanlar. Ularning faqat ikkitasi bittadan kodonga ega.
Tripletlarning nukleotid tarkibini qiyosiy tahlil qilib, kodlanishning umumiy qonuniyatlarini aniqlash mumkin. Bitta aminokislotani kodlaydigan tripletlarning hammasida dastlabki ikki nukleotidlar bir xil bo`ladi. Ular bir – biridan tripletlardagi uchinchi nukleotidi bilan farq qiladilar. Faqat bitta leysin aminokislotasining kodlanishida ushbu umumiy qonuniyatning buzilishi kuzatilgan. Bu aminokislotani 6 xil triplet kodlaydi. Ularning to`rttasida oldingi ikkita nukleotidi bir xil, ya’ni yuqorida qayd etilgan qonuniyatga mos. Qolgan ikkita tripletning oldingi ikkita nukleotidi bir-biriga o`xshash bo`lsa ham bu to`rttasinikidan boshqacha bo`ladi.
3) Genetik kod tarkibiga kiruvchi har qaysi triplet mustaqil kod birligi hisoblanadi. Bitta kodon tarkibidagi uchta nukleotid tartibi tugagandan keyingina ikkinchi triplet nukleotidlar tartibi boshlanadi. Masalan, iRNKdagi nukleotidlar tartibi uchta tripletdagi nukleotidlar ketma-ket AUG/ AGC/ GCA/ tartibida kodda joylashgan bo`lsa shu holatdagina faoliyat ko`rsatadi. Bu nukleotidlar boshqacha variantda birikib faol triplet hosil qila olmaydilar.
4) Genetik kodda joylashgan AUG tripleti
Yüklə 33,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə