• Основные стратегические варианты


 Yakka iste’molchining motivasiyasi



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/169
tarix28.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#138043
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   169
Strategik marketing (1)

2.2. Yakka iste’molchining motivasiyasi 
Iste’molchining xulq-atvori va motivasiyaning tuzilishi yanada sinchiklab tahlil 
qilinsa, iqtisodchilar ham, marketologlar ham, aniqlashga urinayotgan talab va taklif 
o‘rtasidagi aloqani yaxshiroq anglab olish mumkin bo‘lar edi. Tajribaviy 
psixologiyaning bu sohadagi yutuqlari ko‘p narsaga aniqlik kiritmoqda, hamda turli 
individlarning xulq-atvorini belgilab beruvchi motivasion yo‘nalishlarning butun 
boshli spektrini ochib berishga yordam bermoqda. 
“Stimul-reaksiya”
nazariyasi. Motivasiyaning markaziy vazifasi organizmning 
nima sababdan faol holatga o‘tishini tadqiq etishdir. Shunday qilib, motivasiya 
energiyaning safarbar qilinishidir. Tajribaviy psixologiya dastlab asosan, ochlik, 
tashnalik va shu kabi fiziologik, tabiiy ehtiyojlar va urinishlarni o‘rganar edi. Biz 
ko‘rib chiqayotgan “stimul (S) - reaksii (R)” (yoki “S-R”) nazariyasiga ko‘ra, 
stimulga 
organizm reaksiyasining boshlanishi
deb qaraladi. 
Ammo kuzatishlarimizga qaraganda, organizm muhit ta’siridagi stimulga har 
doim ham javob beravermas ekan. Bundan tashqari, ko‘pincha muvozanatni buzuvchi 
va “S-R” nazariyasi bo‘yicha izohlash qiyin bo‘lgan holatni yuzaga keltiruvchi 
faoliyat bilan shug‘ullanayotgan individlarni uchratish mumkin. 
Faollashish konsepsiyasi
. Bugungi kunda motivasiya nazariyotchilari xulq-
atvorni yangichasiga izohlashga urinmoqdalar, chunki neyrofiziologlar miya faoliyati 
to‘g‘risidagi bilimlarni ancha kengaytirishga muvaffaq bo‘ldilar. Masalan, 
Xebb
reaksion qobiliyatga emas, balki asab tizimining tabiiy faoliyatiga asoslangan 
gipotezani ilgari surdi. Avval mavjud bo‘lgan qarashlarga teskari ravishda, faoliyatni 
ta’minlash uchun miyani tashqaridan qo‘zg‘atish shart emas. Miya fiziologik jihatdan 
inert emas, uning tabiiy faoliyati esa o‘z-o‘zini motivasiyalash tizimini shakllantiradi, 
deb ta’kidlanadi. 
Rag‘batlantirishga bo‘lgan ehtiyoj
. Bu sohada 
Berlayn
ning kattagina 
tajribaviy bazaga asoslangan asarlari qiziqish uyg‘otishi mumkin. Berlaynning 
ta’kidlashicha, yangilik (ya’ni, qandaydir ajoyib, ilgari bo‘lgan yoki bugungi kunda 
kutilayotganidan farq qiluvchi narsa) e’tiborini tortadi va rag‘batlantiruvchi ta’sirga 


38 
ega bo‘ladi. 
“Yangilik, ayniqsa u hayron qoldirsa, o‘zgartirib yuborsa, noaniqlik
betartiblik, tarqoqlik hamda kutilayotgan bilan yuz berayotgan holat o‘rtasida farq 
hosil qilsa, rag‘batlantiradi va quvontiradi”. 
Yangi hodisaning kutilaganda sodir bo‘lishi dinamik ta’sirga ega bo‘ladi va 
shunga mos xatti-harakatlarga sabab bo‘ladi. Ammo, yangi va ajoyib narsaning faqat 
ma’lum darajagacha jalb qiluvchan bo‘lishini, shundan so‘ng uning yoqimsiz va 
qo‘rqinchli bo‘lib qolishini ham aytib o‘tish lozim. Jalb qiluvchanlik avvaliga 
kuchayib boradi, so‘ngra yangilik darajasiga mos ravishda susayib ketadi. Bu nisbat 
teskari U-shaklidagi egri chiziq ko‘rinishida ifodalanishi mumkin. 2.1-rasmda 
ko‘rsatilgan bu egri chiziq 
Vundt
egri chizig‘i nomi bilan ham mashhurdir. Etarlicha 
yangi va ajoyib bo‘lmagan narsa zerikarli bo‘ladi, haddan tashqari yangi narsa kishini 
cho‘chitadi. Yangilikning o‘rtacha darajada bo‘lgani ma’quldir. 
Noxushlik 
B
е
farqlik 
Qoniqish 
Rag`batlantirish 
intеnsivligi 
Ch
е
gara 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə