• Основные стратегические варианты



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/169
tarix28.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#138043
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   169
Strategik marketing (1)

 
KOMFORT 
 
 
RAG’BATLANTIRISH 
LAZZATLANISH 
(dinamik) 
 
UMUMIY FAROVONLIK 
 
To`yinuvchi 
ehtiyoj 
To`yinmaydigan 
ehtiyoj 
To`yinmaydigan 
ehtiyoj 
 
2.2-rasm. Farovonlik determinantlari
 
Marketingdan tovarlarning tinimsiz yangilanib turilishi, yanada torroq 
differensiasiya, turli xil xulq-atvorlarga mo‘ljallangan reklama ko‘rinishidan keng 
ko‘lamli foydalanilmoqda. Ammo bu aslida lazzatlanish va rag‘batlantirishga bo‘lgan 
ehtiyojlarning o‘sib borayotganligiga, asosiy ehtiyojlar yaxshi qondirilayotgan 
jamiyatdagi mo‘l-ko‘lchilikka javob reaksiyasi bo‘lib, yangilik, o‘ziga xoslik, 
murakkablik va xatar kabi ehtiyojlar hayotiy muhim bo‘lib bormoqda.
Ehtiyojlar turli hissiyotlarni, turli xulq-atvorlarni, har xil tovarlarni sinab 
ko‘rish va rohatbaxsh manbalardan foydalanish bunday jamiyat uchun muhim 
jihatdir. Bu izlanishlarning cheki yo‘q, chunki bunday ehtiyojlarni qondirib 
bo‘lmaydi. 
Iste’molning umumiy nazariyasi haqida gapiradigan bo‘lsak, motivasiya 
nazariyasining yutuqlari bizga insondagi motivasion yo‘nalishning umumiy turlarini 
aniqlashga imkon beradi (2.3-rasm). 


41 
 
2.3-rasm. Motiv turlari 
Ushbu rasmdan ko‘rinib turibdiki, motivni ratsional va emotsional kabi 
turlarini ajratish mumkin. Yo‘nalish turlari inson xulq-atvorining g‘oyatda rang-
barang va turli-tuman qirralarini qamrab oladi. 
 
2.3. Inson ehtiyojlari tipologiyasi 
Farovonlik har bir ehtiyojni qondirish uchun “ne’matlarning” mavjud bo‘lishini 
anglatadi. Tabiiyki, ehtiyojlar reestrini ishlab chiqish va uni mavjud ne’matlar bilan 
taqqoslash maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Bu erda “ne’mat” so‘zi maxsus ahamiyat 
kasb etadi. Bu erda ne’mat deganda oddiy jismlar yoki xizmatlar emas, balki sevgi
nufuz va shu kabi mavhum, ijtimoiy yoki ruhiy omillar ham tushuniladi. Bunday 
yondashuv 
Merrey, Maslou, Rokich 
hamda 
Shet, Nyuman
va 
Gross
larning eng yangi 
tadqiqotlarida bayon etilgan. 
Merreyning inson ehtiyojlari reestri
. Merrey individning ehtiyojlarini quyidagi 
to‘rt mezonga ko‘ra tasniflovchi ancha tartiblangan reestrini keltiradi: kelib chiqishi 
fiziologik yoki fiziologik bo‘lmagan 
birlamchi
va 
ikkilamchi 
ehtiyojlar; ob’ekti 
individni o‘ziga tortishi yoki uni o‘zidan itaruvchi 
ijobiy
va 
salbiy
ehtiyojlar; 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə