04-guruh talabasi Karimova Nilufar 6-Mavzu. Bilish nazariyasi: asosiy muammolari va yo‘nalishlari -o’quv topshiriq



Yüklə 46 Kb.
səhifə5/5
tarix08.01.2023
ölçüsü46 Kb.
#98329
1   2   3   4   5
04-guruh talabasi Karimova Nilufar 6-Mavzu. Bilish nazariyasi a

9 Ilmiy bilish strukturasi
Ilmiy bilishning empirik va nazariy darajalari bir-biridan olamdagi narsa va xodisalarni o’rganish jarayonida foydalanadigan ilmiy usullari bilan ham farqlanadi .
Ilmiy bilishning empirik darajasida quyidagi usullar keng qo’llaniladi: Kuzatish, o’lchash, taqqoslash, ilmiy tajriba (eksperiment).
Bilimning nazariy darajasida esa mavhumlik va aniqlik, aksiomatik, tarixiylik va mantiqiylik ideallashtirish va boshqa usullar qo’llaniladi. SHu bilan birga ilmiy bilishning ikkala darajasi uchun umumiy bo’lgan usullar ham mavjud bo’lib bular: aniqlik va sintez, induktsiya va deduktsiya, analogiya, modellashtirish, tizimlash.
SHunday qilib, ilmiy bilish bir-biri bilan uzviy bog’langan, bir-birini to’ldiradigan empirik va nazariy darajalardan tarkib topgan bo’lib, olamdagi narsa va xodisalar o’rtasidagi aloqadorlik va taraqqiyot qonunlarini bilish, ularga ongli ravishda yondashish imkoniyatini beradi.
10 Ilmiy bilishning yullari va usullari nimalardan iborat
Ilmiy bilish, fanda ilmiy tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar olib borish asosida amalga oshadi. SHu sababli ilmiy bilish uzoq davom etadigan, muayyan usullar va yo’llar bilan amalga oshiriladigan murakkab, ziddiyatli bilishdir. Ilmiy bilish uchun tadqiqotchi o’rganayotgan predmet va xodisalarning hamma tomonlarini, aloqadorlik va bog’lanishlarini birga olib o’rganishi lozim bo’ladi. Garchi bunga u hech qachon to’la-to’kis erisha olmasa ham, lekin bu har tomonlama o’rganish talabi uni xatoliklardan va bir tomonlamaliklardan saqlab qoladi.Ilmiy bilish predmet va xodisalarni “o’z harakatida” “jonli” holatda, “hayot holatda”, o’zgarib va rivojlanib turishida bilishni talab qiladi. Ilmiy bilish natijasida hosil qilingan bilimlarning mahlum tizimlari fanlarni vujudga keltiradi.Har bir bilim sistemasida ilmiy etiqod jarayonida kelib chiqqan muammo yoki masalalarning qo’yilishi va hal qilishda mahsus usullardan foydalaniladi. Ular esa tarixiy aniq bilish jarayonida vujudga keladi, rivojlanadi. SHuning uchun ham har bir fanning o’z predmeti va tadqiqot usuli mavjuddirki, ular o’zi o’rganayotgan obhektga nisbatan maxsus amaliy va nazariy tadqiqot usuli asosida yondoshadi.Ilmiy bilimning bir-biri bilan uzviy bog’langan, biri ikkinchisin to’ldiradigan ikkita darajasi mavjud, ularga empirik va nazariy darajalar kiradi
Topshiriq. Bilish nazariyasidan klaster tuzish








Yüklə 46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə