1-bilet shayboniylar davlatining tashkil topishi



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/51
tarix25.05.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#87913
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   51
11-tarix-imtihon-javoblari-2022-yil

2.
 
Toshkentdagi 
Ko‘kaldosh
 madrasasi haqida 
ma’lumot
 bering. 
Koʻkaldosh
madrasasi 

Oʻzbekistonning
Toshkent shahridagi 
meʼmorlik
yodgorlik. Shahar markazining Chorsu maydonida joylashgan. Qulbobo 
koʻkaldosh
qurdirgan (1551
—1575). Madrasa (umumiy oʻlchami 62,7X44,9 metr) bosh tarzi
janubga qaragan. Darvozadan kiraverishda chapda masjid
oʻngda
darsxona 
joylashgan. Masjid va darsxonalarning tomi 
oʻzaro
kesishgan ravoqlar ustiga 


oʻrnatilgan
gumbazlardan iborat. Miyonsaroy 7 gumbazli. Chorsi hovlisi keng 
(38X26,9 metr), hujralar va ochiq ayvonlar bilan oʻralgan. Hovlining atrofidagi
hujralar 38 ta boʻlib, darsxona va masjid bilan oʻzaro bogʻlangan. Madrasa dastlab
3 qavatli boʻlgan. Meʼmorlar madrasani bezashda, asosan, binoning old tomoniga
eʼtibor berishgan. Peshtoqi bilan birga balandligi 19,73 metr boʻlib, sirkor parchin
va girih naqshlar bilan bezatilgan. Bosh tarzining 2 burchagidagi guldastalar tepasi 
qafasa bilan yakunlangan. 
Koʻkaldosh
madrasasi XVIII asr boshlarida qarovsiz holga kelib qolgan va 
karvonsaroy ombori sifatida foydalanilgan. 1886 va 1946-yillardagi zilzilalar 
oqibatida vayron boʻlgan. Bir necha bor taʼmirlanishi natijasida madrasaning tashqi
koʻrinishi
oʻzgarib
ketgan. 
Koʻkaldosh
madrasasi hujralaridan birida Furqat (1889

1891) va Hamza (1910

1911) istiqomat qilishgan, shoir Hislat va boshqalar tahsil 
olgan. Madrasaning old tomoniga 
anʼanaviy
usulda zinapoya ishlangan. 1998-yildan 
binoning muhandislik ustuvorligini taʼminlash, tashqi va ichki tarzlarini asl holiga
keltirish va atrofini obodonlashtirish ishlari olib borilgan. Koʻkaldosh madrasasi
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida (1991
-yildan). Binoda shu idoraga 
qarashli 
oʻrta
maxsus islom bilim yurti joylashgan. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə