1-bilet shayboniylar davlatining tashkil topishi



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/51
tarix25.05.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#87913
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51
11-tarix-imtihon-javoblari-2022-yil

8-
 
BILET 
1.
 
BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasini 
o‘tkazilishi
va undagi 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning nutqi haqida 
ma’lumot
 bering. 
23 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining yetmish 
beshinchi yubiley sessiyasining yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarida 
ishtirok etadi. Ushbu chiqishning tarixiy ahamiyati shundaki, Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti tashkil etilgani va unga O‘zbekiston a’zo bo‘lib kirgandan buyon ilk bor
tashkilot minbarida 
O‘bekiston
rahbari 
o‘zbek tilida
nutq 
so‘zlaydi.
Bosh Assambleyaning markaziy tadbirlari jahonda vujudga kelgan epidemiologik 
vaziyat munosabati bilan BMT tarixida ilk bor videoanjuman shaklida 
bo‘lib
o‘tmoqda.
Davlat rahbari sessiyaning yalpi qismida 
so‘zga
chiqib, xalqaro hamjamiyat 
e’tiboriga mintaqaviy va global ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan o‘z
nuqtai nazarini taqdim etadi hamda O‘zbekistonni siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy
modernizatsiya qilishning ustuvor 
yo‘nalishlarini belgilab
beradi. 
Muhokamalarning asosiy mavzusini hisobga olib, koronavirus pandemiyasiga 
qarshi birgalikda kurashish va kasallik tarqalishining salbiy oqibatlarini yengib 
o‘tish
masalalariga 
to‘xtalib o‘tiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mintaqada va global miqyosda tinchlik va
barqarorlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyot, inson huquq va erkinliklarini 
ta’minlash, konstruktiv muloqotni kengaytirish, shuningdek, iqlim o‘zgarishi, oziq

ovqat xavfsizligi muammosi, qashshoqlikka barham berish va 
kambag‘allikni
qisqartirish masalalari kabi zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi qaratilgan qator 
muhim 
tashabbuslarni 
ilgari 
surishi 
kutilmoqda. 


Ta’kidlash joizki, davlat rahbari 2017 yil sentyabr oyida Nyu
-
York shahrida bo‘lib
o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining 72
-sessiyasidagi nutqida ham qator muhim 
taklif va fikr-mulohazalarini bayon etgan edi. 
BMT Bosh Assambleyasining 72-
sessiyasida O‘zbekiston Prezidenti tomonidan
ilgari surilgan va amalga oshirilgan tashabbuslar: 

“Tinchlik
jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy 
sheriklik”
mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi
tashkil etildi (2018 yil 27 mart); 

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvlari 
o‘tkazildi. BMT Bosh Assambleyasining “Markaziy Osiyo mintaqasida ti
nchlik, 
barqarorlik va izchil taraqqiyotni 
ta’minlash
bo‘yicha
mintaqaviy va xalqaro 
hamkorlikni 
mustahkamlash”
rezolyutsiyasi qabul qilindi (2018 yil 22 iyun); 

Orolbo‘yi
mintaqasi uchun Inson xavfsizligi 
bo‘yicha
ko‘psheriklik
Trast 
jamg‘armasiga
asos solindi (2018 yil 27 noyabr); 

BMT Bosh Assambleyasining 
“Ma’rifat
va diniy 
bag‘rikenglik”
haqidagi 
rezolyutsiyasi qabul qilindi (2018 yil 12 dekabr); 

Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya loyihasi ishlab chiqildi. U inson
huquqlari 
bo‘yicha ikkinchi Samarqand veb
-forumida muhokama qilindi (2020 yil 
12-13 avgust). 
2017 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Prezident 
nutq so‘zlab, dunyo hamjamiyati e’tiborini yana bir bor bugungi kunning eng o‘tkir
ekologik muammolaridan biri 

Orol halokatiga qaratdi. 
Davlat rahbari dengizning qurishi bilan 
bog‘liq
oqibatlarni bartaraf etish xalqaro 
miqyosdagi sa’y
-
harakatlarni faol birlashtirishni taqozo etayotganligini ta’kidladi.
2018 yil 27 noyabrda 
Orolbo‘yi
mintaqasi uchun Inson xavfsizligi 
bo‘yicha
ko‘psheriklik
Trast jamg‘armasi
tashkil etildi. 
2017 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Prezident 
Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, Afg‘onistonda tinchlikka erishishning yagona
yo‘li —
markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar o‘rtasida
oldindan hech qanday sha
rt qo‘ymasdan, to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri muloqot olib borish
zarurligini 
ta’kidladi.
2018 yil 27 mart kuni "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va 
mintaqaviy sheriklik" mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent
xalqaro konferensiyasi 
bo‘lib o‘tdi.
BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq 
so‘zlab, keng jahon jamoatchiligiga Islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini
yetkazish 
muhimligini 
ta’kidladi.


Davlat rahbari sessiyada BMT Bosh Assambleyasining 
"Ma’rifat
va diniy 
bag‘rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklifi bilan
chiqdi. 
Hujjatning asosiy maqsadi 

barchaning 
ta’lim
olish huquqini 
ta’minlashga,
savodsizlik va jaholatga barham berishga 
ko‘maklashishdan
iborat. 
BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq 
so‘zlab,
"O‘zbekiston bugungi kunda o‘zining tashqi siyosatida Markaziy Osiyo
mintaqasiga ustuvor ahamiyat qaratmoqda", 

deya 
ta’kidlagan edi.
2018 yil 22 iyun kuni BMT Bosh Assambleyasi yalpi majlisida "Markaziy Osiyo 
mintaqasida tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni 
ta’minlash
uchun 
mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash" rezolyutsiyasi qabul qilindi. 
BMT Bosh Assambleyasining 72-
sessiyasida Prezident nutq so‘zlab, yoshlarning
o‘z
salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, 
zo‘ravonlik
g‘oyasi
"virusi" tarqalishining oldini 
olish ahamiyatini ta’kidladi.
Shu munosabat bilan, 
O‘zbekiston
globallashuv va axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid 
siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro 
huquqiy hujjat 

BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xa
lqaro konvensiyasini 
ishlab chiqishni taklif etadi. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə