7
1-BOB. AVTOMOBIL SANOATI VA TRANSPORT
1.1-§. Avtomobil sanoatining rivojlanish tarixi
Hozirgi kunda hom ashyo va
tayyor mahsulotlarni tashish, ochiq usulda
ko‘mir
va ruda qazib chiqarish, sanoat usulida uy-joy binolari va sanoat
korxonalari qurish, qishloq xo‘jaligiga
zarur yuklar, o‘g‘it va turli mahsulotlar
tashish, keng istemol mollarni bevosita istemolchilarga o‘z vaqtida yetkazib berish
va boshqa maqsadlarda avtomobillardan foydalaniladi.
Yuk avtomobillardan
tashqari passajir avtomobillarining ham mamlakatimiz aholisining kundalik
turmushidagi ahamiyati katta.
Avtomobil
1
-
kashfiyotchilarining
bug‘
aravasini rivojlantirish,
takomillashtirish va uning ustida uzoq yillar mobaynida tinimsiz ish olib borishi
natijasidir.
Avtomobil
transporti
mamlakat
iqtisodiyotining
muvaffaqiyatli
rivojlanishini ta‘minlovchi, harakatga keltiruvchi
kuchlarning muhim tarkibiy
qismlaridan biridir. Avtomobil transporti davlat uchun nafaqat iqtisodiy,
balki
strategik ahamiyati ham katta.
Avtomobillarning birinchi avlodlari ot tortadigan aravalar shaklida ishlanib,
unga oldingi g‘ildirakni aylantirish uchun bug‘ dvigateli o‘rnatilgan. Bir necha
yillar davomida bug‘ dvigateli asosida bir qancha o‘ziyurar avtomobillar yaratildi.
Birinchi mukammal harakatlanuvchi bug‘ avtomobilini 1769-yilda
fransuz harbiy
injeneri
Nikol-Jozef Kyuno
yaratdi (1.1-rasm).
Bu avtomobilda bug‘ dvigateli oldingi g‘ildiragiga o‘rnatilgan bo‘lib,
oldingi g‘ildirak ham etakchi ham boshqariluvchi bo‘lgan. Bug‘ dvigatelining
bunday o‘rnatilishi aravani boshqarishda qiyinchiliklar tug‘dirardi, chunki g‘ildirak
o‘ng yoki chap tomonga burilganda u bilan birga katta hajmga ega bo‘lgan bug‘
qozoni ham buriladi.
Kyunoning bug‘ avtomobili asosan yuk tashishga mo‘ljallangan bo‘lib
ko‘proq harbiy maqsadlarda (artileriya qurollari va snaryadlarni tashishda)
1
«Avtomobil» so‘zi (avto- grek tilida o‘zi, mobil - lotincha harakatlanuvchi) «o‘zi
harakatlanuvchi» degan ma‘noni bildiradi.
8
qo‘llanilgan. Avtomobilning umumiy og‘irligi 4 tonna bo‘lib, uning tezligi 3 tonna
yuk bilan 2-4 kmG‘soatni tashkil qilgan. Ushbu bug‘
avtomobilini dastlabki yuk
avtomobili deyish mumkin.
Avtomobil ikki ot kuchiga teng bo‘lgan quvvatga qiyinchilik bilan erishardi.
Qozon katta hajmga ega bo‘lib, buning bosimi tez orada pasayib qolardi. Bosimni
bir maromda ushlab turish uchun har chorak soatda to‘xtab olovni kuchaytirish
kerak bo‘lgan. Bu muolaja «kochegar» tomonidan amalga oshirilgan va ko‘p vaqt
talab qilar edi.
Keyinchalik Kyunoning bug‘ avtomobili muzeyga topshirilgan.
Mexanik