1. G‘oyaviy bо‘shliq Dunyoning mafkuraviy manzarasi Mafkura evolyusiyasi



Yüklə 29,56 Kb.
səhifə4/14
tarix27.12.2023
ölçüsü29,56 Kb.
#163063
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
G\'oyasizlik

G‘oyasizlikbiror shaxs yoki ijtimoiy guruhning ongi va qalbida muayyan maqsad sari yetaklovchi fikrning yо‘qligi. G‘. odatda hali о‘zligini anglab yetmagan, о‘z manfaat va imkoniyatlarini ifoda eta olmaydigan, maqsad-muddaolari va hayotiy qadriyatlarini anglab yetmagan kishilar va toifalarda uchraydi. Hayotda yuksak g‘oyasi, ezgu orzu-intilishlari bо‘lmagan odam faqat tabiiy ehtiyojlar doirasi b-n chegaralanib qoladi. G‘.lik ma’naviyati tuban, imon-e’tiqodi sust, mafkurasi buzuq kimsalarni yuzaga keltiradi. О‘z о‘tmishi va nasl-nasabini bilmaslik, tarixiy xotirani unutish ham G‘.ning bir kо‘rinishidir. Bunday kimsalar о‘z ota-onasiga qо‘l kо‘tarishi ham, о‘z Vatanini sotishi ham mumkin.
Deviant texnologiyalar – о‘z faoliyat usullariga qо‘yilgan har qanday talab va andozalardan chetga chiqadigan texnologiyalar, qonunga va ahloqiy meyorlarga zid keladigan “qora” va “kulrang” texnologiyalar.
Diniy va daxriylik g‘oyalari esa kishilarning ijtimoiy xodisa sifatida yuzaga kelgan davrlardan boshlab, shu kungacha saqlanib qolgan qarashlar majmuini, dinga xurfikrlilik ruhiyatida yondoshishni tashkil etadi. Shuni unutmaslik kerakki, inson tafakkuri orqali men bilmagan narsa va xodisa qolmadi desagina uning tafakkurida dinga о‘rin qolmaydi.
Dunyoning mafkuraviy manzarasi – jahonda rо‘y berayotgan g‘oyaviy jarayonlar, mavjud mafkura shakllari, ularning mohiyati, maqsadlari va о‘zaro munosabati bilan bog‘liq holat, xususiyat va faoliyatlarni yaxlit tarzda aks ettiruvchi tushuncha. Bugungi dunyo muayyan yaxlitlikni tashkil etsa-da, undagi mintaqa va davlatlar, millatlar va xalqlar о‘z о‘rniga kо‘ra turli mavqega ega. Hozirgi davr – dunyoda g‘oyaviy qarama-qarshilar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bо‘lib borayotgan davrdir. Shunday ekan, ularning о‘ziga xos manfaatlarini ifodalaydigan mafkuraviy ta’sir usullari bо‘lishi shubhasiz. Jahon siyosiy xaritasida kо‘plab davlatlar mavjud, bо‘lib ularda turli siyosiy kuchlar, partiyalar, dinlar, diniy oqimlar, mazhablar, guruh va qatlamlar faoliyat kо‘rsatmoqda.

Yüklə 29,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə