1. G‘oyaviy bо‘shliq Dunyoning mafkuraviy manzarasi Mafkura evolyusiyasi



Yüklə 29,56 Kb.
səhifə7/14
tarix27.12.2023
ölçüsü29,56 Kb.
#163063
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
G\'oyasizlik

Mafkura evolyusiyasi — muayyan maqsad va manfaatlarni ifoda etuvchi g‘oyaviy-nazariy qarashlar tizimning vujudga kelishi, rivojlanishi va intihoga yetishi jarayonini ifodalovchi tushuncha. Har qanday mafkura jamiyatda yangi paydo bо‘lgan ijtimoiy-siyosiy kuchlarning talab-ehtiyojlari va maqsad-muddaolarini ifoda etuvchi yangi g‘oyaviy tizim sifatida vujudga keladi. Mazkur millat yoki harakatning yetakchi kuchlari, siyosiy arboblari, ideologlari ijtimoiy ongdagi orzu-intilish va ruhiyatdagi his-tuyg‘ularni bir tizimga soladigan ta’limot va dasturlar yaratadilar. G‘oyaviy tarbiya vositalari va faollari orqali bu g‘oyalar ongga va ruhiyatga singdiriladi. Bu g‘oyalar kо‘pchilik ongini egallagach, ularni harakatga keltirib, maqsad sari yetaklaydigan kuchga aylanadi. Mafkura, vaqti kelib, о‘z sohiblari tarix maydonidan tushsalar ham, mafkuraviy meros sifatida yangi davrda ham о‘z ta’sirini saqlab qolishi mumkin. Bu nafaqat ezgulikka xizmat qiladigan, balki о‘z mohiyatiga kо‘ra g‘ayriinsoniy bо‘lgan mafkura shakllariga ham tegishlidir.
Mafkuraviy beqarorlik – kishilik jamiyatiga xos muayyan xususiyatlardan biri; mafkuraviy sohadagi tamoyillarning qaror topmagani, doimiy bо‘lmagani, muqim bо‘lmagani kabi ma’nolarni anglatadi. Bu tushuncha gohida ijtimoiy hayotda mafkuralarning almashib turishi jarayonini izohlash uchun ham qо‘llaniladi. Mafkuraviy beqarorlik, asosan, muayyan bir hududda davlat tizimi bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzumdan boshqasiga о‘tish davrida yuzaga keladi. Shu nuqtai nazardan olganda, M.b.ni — muayyan tarixiy sharoitda yuzaga keladigan g‘oyaviy о‘zgaruvchan holat deb ham atash mumkin. Jamiyatning yangilanish bosqichlarida odatda eski tizim, eski turmush tarzi bilan birgalikda о‘sha tizim mafkurasi ham yuz tuban bо‘ladi, bunday hol ma’lum darajada mafkuraviy bо‘shliqni yuzaga keltiradi.
Mafkuraviy bо‘shliq — jamiyat, davlat va mehnat jamoalarida vujudga kelgan vaziyat, ijtimoiy muhit tarbiyaviy-mafkuraviy ishlarning zaiflashib qolishi. Bunday sharoitda fuqarolar ongi va faoliyatida turli mish-mishlar, safsatalar ustuvorlik qila boshlaydi. Kishilar xatti-harakatini bо‘shanglik, loqaydlik, befarqlik egallab oladi. Ruhiyatda hech narsaga aralashmaslik kayfiyati ustun keladi. Qayerda shunday holat yuz bersa, о‘sha yerda M.b. hukmron bо‘ladi.

Yüklə 29,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə