1. G‘oyaviy bо‘shliq Dunyoning mafkuraviy manzarasi Mafkura evolyusiyasi



Yüklə 29,56 Kb.
səhifə3/14
tarix27.12.2023
ölçüsü29,56 Kb.
#163063
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
G\'oyasizlik

G‘oyaviy savodsizlik – mafkuraviy jihatdan yetarli bilim, malaka, kо‘nikmaga ega bо‘lmagan insonlarga xos bо‘lgan xususiyat. G‘.s.ning asosini mustaqil fikrga, sobit e’tiqodga, mustahkam iroda va dunyoqarashga ega bо‘lmaslik tashkil etadi. Bunday kishi jamiyatda о‘z о‘rniga, о‘zining aniq hayotiy pozitsiyasiga ega bо‘lmaydi. Natijada u turli zararli g‘oyalar, yot, begona mafkuralar ta’siriga juda oson tushib qoladi.
G‘oyaviy tajovuz — muayyan bir jamiyat yoki millat, ijtimoiy qatlam yo guruh ongi va ruhiyatiga tashqaridan о‘tkaziladigan mafkuraviy ta’sir, begona va yot maqsad-manfaatlarga xizmat qiladigan g‘oyaviy bosqinchilik. Tarixda g‘oyaviy tajovuz harbiy istilo, siyosiy tazyiq va iqtisodiy iskanja choralari b-n bog‘liq holda olib borilgan. Undan bosqinchilikni oqlash, mustamlaka va qaram xalqlarni mafkuraviy asoratda saqlash maqsadida foydalanilgan. G‘oyaviy tajovuzning muhim xususiyatlari — haqiqatni soxtalashtirish, tarixni odamlar xotirasidan о‘chirish, umuminsoniy qadriyatlarni qadrsizlashdan iborat. G‘.t. aldash va makr b-n ularni о‘z ota-onalariga, jamiyatga qarshi qо‘yish, xiyonat va sotqinlikni fidoyilik deb kо‘rsatish shaklida ham namoyon bо‘ladi.
G‘oyaviy turg‘unlik – muayyan mafkura tizimidagi takomillashish va yangilanish jarayonining tо‘xtab, mafkuraviy aqidalarning real hayot, amaliyotdan uzilib qolishi. Ma’lumki, har qanday mafkura muayyan ijtimoiy qatlam, millat, davlat, jamiyatning ehtiyojlari, manfaatlari, maqsad-muddaolari, orzu-intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini о‘zida mujassam etadigan tizimdir. Jamiyat taraqqiy etar ekan, bu tizim ham takomillashib, yangilanib borishi lozim.
G‘oyalar bozori – OAV fikr va konsepsiyalar almashuvi sohasi sifatidagi ramziy nomlanishi, axboriy faoliyatni marketizatsiyalash (bozorlashtirish) tarafkashlari va qarshi chiquvchilarining turli talqinlariga sabab bо‘lgan atama.
G‘oyani ishlab chiqish – iste’molchi uchun muhim bо‘lgan tovar g‘oyasini kengaytirilgan bayoni. Masalan, futbol ishqibozlari asosiy tomoshabinlarini tashkil qiluvchi “Gol” Rossiya teledasturida futbol bо‘yicha jahon chempionatiga turistik safarni tashkil etish bо‘yicha xizmatlar reklamasi.

Yüklə 29,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə