1 joriy topshiriqlar. 1-vazifa. Jadvalni to‘ldiring: Falsafa fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Harakat tushunchasi. Harakat turlari



Yüklə 187,29 Kb.
səhifə8/24
tarix22.03.2024
ölçüsü187,29 Kb.
#182650
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Falsafadan 1- topshiriq

4

Harakat tushunchasi. Harakat turlari

Harakat — borliqning ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (qarang Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. Harakat tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi. Olamdagi har qanday jarayon H. tufayli sodir boʻladi. Har qanday oʻzgarish — Harakatdirdir. Oʻzgarishlar faqat moddiy obʼyektlarga emas, balki maʼnaviy, gʻoyaviy obʼyektlarga ham xosdir. Har qanday (moddiy yoki gʻoyaviy) obʼyektning mavjudligi undagi Harakat va oʻzgarishlar tufayli namoyon boʻladi. Shu sababli Harakat borliqning asosiy mavjudlik shaklidir. Falsafiy adabiyotlarda moddiy borliqning quyidagi Harakat shakllari ajratib koʻrsatiladi: 1) mexanik Harkat— jismlarning fazodagi oʻrni vaqt oʻtishi bilan boshqa jismlarga nisbatan oʻzgarishi. Barcha jismlarning Harakati nisbiydir, chunki Harakat Yerga nisbatan (keng maʼnoda) va atrofdagi jismlarga (mas, yoʻl chetidagi daraxtga) nisbatan qaraladi. Kuzatilayotgan jismning Harakati qaysi jismga nis-batan oʻrganilayotgan boʻlsa, oʻsha jism sanoq jism deb ataladi, agar Harakat Yerga nisbatan boʻlsa, u holda Yer — sanoq jism, agar Yerning Quyosh atrofidagi Hararakti haqida gapirilsa, Quyosh sanoq jism boʻladi. H.ning aylanma, ilga-rilama, ilgarilama-qaytma (mas, porshenning Harakati), toʻgʻri chiziqli, egri chiziqli, uyurma, toʻlqinsimon va boshqa turlari farqlanadi. 2) fizik H. (elementar zarralar, atom yadrosi va atomning Harakatdan tortib, olamning fundamental kuchlari, issiqlik, elektr va maydon H.igacha, yorugʻlikdan tortib koinotning gravitatsiya kuchigacha barchasi shu H. shakliga mansubdir); 3) kimyoviy H. (bunga mole-kulalarning assotsiatsiyasi va dissotsiaiiyasi, ionlar H.i, moddaning muzlashi va kristallanish jarayonlari, kimyoviy reaksiyalar, kimyoviy sintez va parchalanish, yonish va ok-sidlanish va boshqa kimyoviy jarayonlar kiradi); 4) biologik H. (hayotiy jarayonlar). Ayrim manbalarda kimyoviy H.dan keyin moddiy obʼyektlarning progressiv va regressiv yoʻnalishda rivojlanishiga qarab, yuksaklikka — biologik H.ga va quyi yoʻnali-shiga, inqiroziga qarab — geologik H. ham koʻrsatiladi, chunki, yer yuzida jonli organizmlarning halok boʻlishi oqibatida katta-katta materiklar, marjon orollar vujudga keladi. Ular geologiyaning tadqiqot obʼyektiga kiradi; 5) ijtimoiy H. (jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarning namoyon boʻlishi). Bulardan tashqari, inson aql-zakovati hamda axborot jarayonlari bilan bogʻliq boʻlgan goyaviy, maʼnaviy koʻrinishdagi H. shakllari ham mavjud. Tafak-kur — fikrning H.i, informatsion H., gʻoyaning H.i, maʼnaviy H., xayoliy H. va boi|qalar shular jumlasiga kiradi. /Hning eng sodda shakli mexanik H. boʻlib, uning man-bai tashqi taʼsirda, H. murakkab shak-llarining mayabai esa ichki aloqadorliklarda- ʻQadimdan H. va uning manbalari haqida turli konsepsiyalar ilgari surilgan. H.ni olamning asosiy mohiyati deb qarash Avestovya taʼkidlangan. Qad. Misr, Bobil, Xitoy, Hin-diston, Yunoniston olimlari H.ning mohiyatiga oid maxsus asarlar yozishgan. Ular H.ning xususiyatlari, shakllari, manbai haqidagi ilk gʻoyalarni ishlab chiqishgan. Ayrim faylasuflar esa H.ning mavjudligini ham inkor etgan. Eleylik Zenon H.ning yoʻqli-gini oʻzining "Axill va toshbaqa", "Dixatomiya", "Uchayotgan kamon oʻqi" kabi mashhur aporiyalarnda isbotlashga uringan.


Yüklə 187,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə