1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


Kurslarni integratsiyalashtirish (o‘zaro muvofiqlashtirish)



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə18/171
tarix24.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#158739
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   171
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

Kurslarni integratsiyalashtirish (o‘zaro muvofiqlashtirish) ta’limning yangi mazmunini ishlab chiqishga qaratilgan yana bir g‘oya o‘quvchilarda dunyoni yaxlit tasavvur qilish layoqatini rivojlantirishda umumlashtiruvchi, dunyoqarashni shakllantirish imkonini beruvchi integrativ fanlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
YAngi yagona (tayanch) o‘quv rejasida integratsiyalash hisobiga o‘quv fanlari soni kamaytirildi, soatlarning umumiy hajmi ixchamlashtirildi. Xususan, “Tarix” fani umumiy tarix va O‘zbekiston xalqlari tarixiga asoslanadi.
Standartlashtirish (davlat miqyosida o‘rnatilgan yagona qoida va talablarga mos kelish) – bu majburiy o‘quv fanlari to‘plamini soatlari aniq belgilangan hajmini belgilash. Ta’lim standartlari yordamida ta’lim muassasalarida o‘quv ishlarining normativlari moslashtiriladi, o‘quvchilar bilimlarini baholashning yagona mezonlari ishlab chiqiladi.
Ko‘p bosqichlilik – bu ta’limning har bir bosqichida o‘quvchining imkoniyat va qiziqishlari darajasiga javob bera oladigan bilim darajasiga erishish imkonini beruvchi ko‘p bosqichli ta’lim jarayonini tashkil etishdan iborat. Turli bosqichlarning har birida o‘qitishning yakuniy holati ta’limning sifatli yakunlanganligi hisoblanadi.
Amaliylashtirish – shaxs (o‘quvchi)ni ijtimoiy faoliyatga nazariy bilimlarni puxta o‘zlashtirgan holda ularni amaliyotda faol qo‘llay olishga tayyorlash. YA’ni, shaxsda maktab ta’limi jarayonidayoq o‘rta maxsus yoki oliy ta’lim muassasalari ta’lim tizimi, o‘quv rejasi, fanlar bo‘yicha ilmiy-nazariy bilimlarni chuqur va tizimli o‘zlashtira olishga imkon beruvchi dastlabki ko‘nikmalarni tarbiyalashga alohida ahamiyat beriladi.
Ta’limni axborotlashtirish o‘quvchilarni o‘qitish jarayonida hisoblash texnikasi va axborot texnologiyalaridan ommaviy va keng foydalanish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ta’limni axborotlashtirish oxirgi o‘n yillikda keng tarqaldi, buning boisi shuki, zamonaviy video-radiotexnika va kompyuterlarning ta’lim tizimida qo‘llanilishi mumkin bo‘lganligi hamda foydalanish nisbatan oddiyligidir.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə