1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə19/171
tarix24.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#158739
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   171
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

Individuallashtirish ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning hamma turlaridan foydalangan holda ularning individual xususiyatlarini hisobga olish va rivojlantirish demakdir.
Uzluksizlik jamiyat hayotining tez o‘zgarib borishi shaxsni doimiy ravishda mustaqil ta’lim olishga undovchi jarayon mohiyatini anglatadi.
Boshlang‘ich ta’limi mazmunini tanlab olish tamoyil va mezonlari.
Boshlang‘ich ta’limi mazmunini shakllantirish quyidagi umumiy tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi:
1. Ta’lim mazmunining jamiyat, fan, madaniyat va shaxs rivojlanishi talablariga mosligi ta’lim mazmuniga an’anaviy bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar bilan birga jamiyatning rivojlanganligi, ilmiy bilim, madaniy hayot darajasi va shaxsning rivojlanish imkoniyatlarini aks ettiruvchi fanlarni kiritishni talab etadi.
2. Ta’limning yagona mazmunga asoslanishi ta’lim mazmunini tanlashda bir tomonlama ilmiy yo‘nalishni rad etadi. U aniq bir o‘quv jarayonini amalga oshirish bilan bog‘liq pedagogik haqiqatni hisobga olishni ko‘zda tutadi. Bu o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmunini loyihalashtirishda ustuvor tamoyillar, texnologiya, o‘zlashtirish darajasi va u bilan bog‘liq harakatlarni hisobga olish kerakligini anglatadi.
3. Ta’lim mazmunining yaxlitligi ta’lim tizimining turli bosqichlarida nazariy bilimlarning berilishi, o‘quv fani, o‘quv materiali, pedagogik faoliyat va o‘quvchi shaxsining o‘zaro mosligini ko‘zda tutadi.
4. Ta’lim mazmunining insonparvar g‘oyalarga asoslanishi birinchi navbatda o‘quvchilarning umuminsoniy va milliy madaniyatni faol ijodiy va amaliy o‘zlashtirishlari uchun sharoitlar yaratish bilan bog‘liqdir. Buning uchun gumanitar g‘oyalar umumiy ta’lim mazmuniga singdirilishi kerak. Bu esa o‘z navbatida gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlarning o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro munosabatlari tamoyilining o‘zgartirilishini talab etadi, uning asosini shaxsga e’tibor qaratish tashkil etishi zarur.
Oxirgi yillarda ta’lim mazmunini tanlashda gumanitarlashtirish (insoniylashtirish) va fundamentallashtirish kabi tamoyillar etakchi o‘rin egallamoqda. Bu o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi shaxsning insonparvarlik madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishini anglatadi. Insonparvarlik madaniyati birinchi navbatda bilim, hissiyotlar madaniyati, muomala va ijodiy harakatlar uyg‘unligidir.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə