Termiz muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 143,41 Kb.
səhifə1/4
tarix30.12.2023
ölçüsü143,41 Kb.
#164245
  1   2   3   4
Termiz muhandislik-texnologiya instituti


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI

‘‘TASDIQLAYMAN’’


O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
___________ Z.Xudoyqulov
2023 yil ‘‘___’’ avgust


YASHIL IQTISODIYOT
FANI BO‘YICHA
SILLABUS


Kunduzgi ta’lim shakli talabalari uchun


Bilim sohasi: 700000- Muhandislik, ishlov berish va qurilish
sohalari
Ta’lim sohasi: 710000- Muhandislik ishi
Ta’lim yo‘nalishi 60710700- Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va
elektr texnologiyalari (tarmoqlar va
yo‘nalishlar bo‘yicha)
60711400- Texnologik jarayonlar va ishlab
chiqarishni avtomatlashtirish va
boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)


Termiz – 2023
Modul / FAN SILLABUSI
Qurilish fakulteti
Ijtimoiy- gumanitar fanlar” kafedrasi
60710700- EEE(tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha),
60711400-TIJChAB (tarmoqlar bo‘yicha)



Fan nomi:

Yashil iqtisodiyot

Fan turi:

Tanlov fan

Fan kodi:

GREECO5

Yil:

3

Semestr

5

Ta’lim shakli:

Kunduzgi

Mashg‘ulot shakli va semestrga ajratilgan soatlar:

150

Ma’ruza

30

Amaliy mashg‘ulotlar

30

Laboratoriya mashg‘ulotlari

-

Seminar


Kurs loyiha

-

Mustaqil ta’lim

90

Kredit miqdori:

5

Baholash shakli:

Imtihon

Fan tili:

O‘zbek




Fan maqsadi (FM)

FM1

Bu fan talabalarga iqtisodiy bilimlarning nazariy asoslarini, yashil iqtisodiyotning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, iqtisodiy qonunlar va tamoyillarini o‘rgatish hamda ularni amalda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilish. Fanning maqsadi talabalarga quyidagilarni o‘rganish imkonini beradi:
-Yashil iqtisodiyot terminlari, tushunchalari va nazariyalarni bilish va tushunish;
-Asosiy iqtisodiy raqamlardan foydalanish va iqtisodiy ma’lumotlarni sharhlash;
-Yashil iqtisodiyotga o‘tish zaruratidan foydalanish;
-Iqtisodiy g‘oyalarni yozma ravishda mantiqiy va aniq ifoda etish;
-Iqtisodiy tushunchalarni mavjud iqtisodiy tadqiqotlarda qo‘llash.







Fan vazifasi (FV)

FV

Yashil iqtisodiyot bu iqtisodiy tizim bo‘lib, uning asosiy maqsadi sayyoramizning ekologiyasi va uni saqlab qolish bilan birga iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlantirishga qaratilgan. Yashil iqtisodiyot inson hayoti va sog‘lig‘i uchun zarur bo‘lgan resurslarni, atrof-muhit va ekologiyani bir butun holda saqlab qolgan holda, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari bilan bog‘liq iqtisodiyotni yanada rivojlantirishni amalga oshirishga asoslangan iqtisodiy faoliyatning yangi yo‘nalishi hisoblanadi.
-aholining ehtiyojlarini qondirib, ularning farovonligi, yashash darajasi va sifatini oshirish uchun moddiy ne’matlarni yaratishni barqaror ravishda ekologiya va atrof-muhitga zarar yetkazmasdan ko‘paytirib borish;
-ishlab chiqarish va iqtisodiyotni rivojlantirish uchun energiya resurslari kerak bo‘ladi, bularni qayta tiklanadigan energiya manbalari hisobidan ko‘paytirish, jamoat transportini ham elektr quvvati bilan yuradiganlariga almashtirish, energiyani tejaydigan binolarni barpo qilish kabi yo‘nalishlarda ishlarni olib borish;
-atrof muhitga zararli gazlarni chiqarmaydigan, atrof-muhitni asraydigan, ekologik toza texnologiyalarni yaratish orqali ekologik toza mahsulotlarni yetishtirish masalasiga ahamiyat berish;
-tabiatdagi barcha resurslar cheklangan bir paytda inson ehtiyojlari cheksizligini inobatga olib, ularning muvofiqligini ta’minlash maqsadida ne’matlarni ishlab chiqarishni kengaytirish, tabiiy resurslarni kamaytirmasdan amalga oshirish choralarini ham ko‘rish;
-aholining doimiy o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun qancha ishlab chiqarish, qanday ishlab chiqarish, kimga mo‘ljallab ishlab chiqarish masalasiga atrof-muhitni asragan holda erishish.







Yüklə 143,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə