1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə21/171
tarix24.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#158739
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   171
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

Ўқув режаларининг турлари

Таянч ўқув режа



Намунавий ўқув режа

Ишчи ўқув режа

Boshlang‘ich ta’limi muassasalari (akademik litsey va kasb-hunar kollejlari) uchun tayanch o‘quv rejasi davlat ta’lim standartining tashkiliy qismi hisoblangan asosiy me’yoriy hujjat bo‘lib, u namunaviy va amaliy o‘quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Tayanch o‘quv rejasi davlat ta’lim standarti tarkibiy qismi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining namunaviy o‘quv rejalari tayanch o‘quv rejasi asosida tuziladi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Bu reja uzoq muddatga mo‘ljallab tuziladi va uning asosida mavjud sharoitlarni hisobga olib ishchi o‘quv rejalari ishlab chiqiladi.

Ўқув дастури муайян ўқув фани бўйича билим, кўникма ва малакалар мазмуни, умумий вақтни муҳим билимларни ўрганилиши бўйича тақсимлаш, мавзуларнинг кетма-кетлигини белгилаш ҳамда уларнинг ўрганилиш даражасини
ёритувчи меъёрий ҳужжат

Dasturda o‘quv materialining ta’limning har bir yili va har bir guruh, kurs bo‘yicha taqsimlanishi tuzilishi asoslab berilgan. Dasturda ko‘rsatilgan BKMni o‘quvchilar tomonidan to‘la o‘zlashtirilishi o‘qitish jarayoni muvaffaqiyatliligi va samaraliligi mezonlaridan biri hisoblanadi. O‘quv dasturlarining quyidagi turlari mavjud:






Namunaviy o‘quv dasturi u yoki bu ta’lim sohasiga nisbatan davlat ta’lim standartlari talablari asosida ishlab chiqiladi. Bu kabi o‘quv dasturlari quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega bo‘ladi: fanni o‘rganish maqsadi, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan asosiy talablar, fanni o‘qitish uchun tavsiya etiladigan shakl va metodlar haqidagi tushuntirish xati; o‘rganilayotgan materialning tematik mazmuni; kursning alohida savollarini o‘rganishga o‘qituvchi sarflaydigan taxminiy soatlari hajmi; dunyoqarashni shakllantiruvchi asosiy savollar ro‘yxati; fanlararo va kurslararo bog‘liqlikni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar; o‘quv uskunalari va ko‘rgazmali qo‘llanmalar ro‘yxati; tavsiya etiladigan adabiyotlar.
Namunaviy o‘quv dasturlari O‘zRning Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, tavsiyanoma xususiyatiga ega bo‘ladi. Namunaviy dastur asosida akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining Pedagogik kengashlari tomonidan ishchi o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Namunaviy dasturdan farqli ravishda ishchi dasturda regional komponenti ta’riflanadi, o‘quv jarayonini metodik, informatsion, texnik ta’minlash imkoniyati, o‘quvchilarning tayyorgarligi darajasi hisobga olinadi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə