1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə29/171
tarix24.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#158739
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   171
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

Onglilik va faollik prinsipi. Ta’limda onglilik va faollik prinsipi bilimlarni faol bilish va amaliy faoliyatda ongli o‘zlashtirilishini talab etadi. Ta’limdagi onglilik —bu o‘quvchilarni ta’limga bo‘lgan pozitiv munosabati, o‘rganilayotgan muammoni mohiyatini tushunish. O‘quvchilar tomonidan bilimlarni ongli o‘zlashtirish qator omillarga bog‘liq: ta’lim motivlariga, bilish faolligi darajasiga va xarakteriga, o‘quv jarayonini tashkil etilishiga, qo‘llaniladigan metod va ta’lim vositalariga. O‘quvchilar faolligi — bu ularni ta’lim jarayonidagi intensiv aqliy va amaliy faoliyati. Onglilik bilimlarni ongli o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan prinsipdir. Bilim, malaka, ko‘nikmalarni ongli o‘zlashtirish quyidagi xususiyatlarga ega: Ta’lim maqsadini anglash, materialni ongli egallash, ularni farqlay bilish, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash jarayonini sezish, natijalarni baholay bilish. Faollik bilim, ko‘nikma va malakalarni ongli o‘zlashtirish sharoit va natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. Amaliyotda onglilik va faollik prinsipi qator qoidalarga amal qilishni talab etadi:
- o‘quvchilar tomonidan ta’lim maqsadi va vazifalarini aniq tushunib olishga erishish; diqqatni tortuvchi faktlarni, ma’lumotlarni, misollarni qo‘llash;
- texnik vositalarni va ko‘rgazmali qurollarni qo‘llash;
- o‘quvchilarni nazariy bilimlarni qo‘llash bo‘yicha amaliy faoliyatga jalb qilish;
- ta’limning faol va intensiv metodlarini qo‘llash;
- noaniqni aniq bilan mantiqiy bog‘lash;
- o‘quvchilarni sabab oqibat aloqalarini topishga o‘rgatish;
o‘quvchilarda optimizmni va ishonchni qo‘llab-quvvatlash.
Ko‘rgazmalilik prinsipi
Pedagogika tarixida ko‘rgazmalilik prinsipi birinchilardan bo‘lib
shakllangan. Ta’lim samaradorligi insonni barcha sezgi organlarini jalb etilishiga bog‘liqligi ta’kidlangan. O‘quv materiali qanchalik turli sezgi organlari orqali ta’sir etsa, materialni mustahkam o‘zlashtirilishiga olib keladi. Bu qonuniyat didaktikaning ko‘rgazmalilik prinsipida o‘z ifodasini topgan. Ko‘rgazmalilik prinsipi o‘quvchilar bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘rganilayotgan predmetlar va hodisalarni yoki ularning tasvirini jonli idrok etishdan xulosalar sari yoki umumiydan aniq narsa sari borishni talab etadi. Ta’lim jarayonida bolalarga kuzatish, o‘lchash, tajriba o‘tkazish imkoniyatini berish lozim. Ko‘rgazmalilik prinsipiga ko‘ra narsa-hodisalarni o‘rganish, ularni kuzatish, sezishdan boshlanadi. Kuzatish, sezish ongda faktlarni to‘plash, tasavvurlarni shakllantirishga olib keladi. Ta’lim nazariyasida ko‘rgazmalilik keng ma’noda qo‘llaniladi. U ko‘rish, eshitish, ta’m bilish sezgilarini o‘z ichiga oladi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə