1. Mavzu : Pedagogik-psixologik fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari Reja



Yüklə 187,99 Kb.
səhifə1/11
tarix02.04.2022
ölçüsü187,99 Kb.
#84996
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1 (1)


1.Mavzu :Pedagogik-psixologik fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari
Reja :
1. Metodika tushunchasi

2. Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari mohiyati .

3. Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasi fanini boshqa fanlar bilan aloqasi.

1.Metodika tushunchasi


Metodika (fan sifatida)– xususiy fanlarni o’qitish ning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi.

Metodika - ta'lim tizimida kuyidagi predmetning ahamiyati va urni, uning vazifalari va ta'lim mazmunini aniklab beradi. Shu predmet yuzasidan ta'lim usullari, shakllari va vositalaridan qanday foydalanish va boshkarilishiga izoh keltiradi

Quyidagi o`quv predmetning ahamiyati va uning ta'lim tizimidagi o`rnini belgilash uyidagi o`quv predmetni o`qitish vazifalarini aniqlash.quyidagi o`quv predmetni o`qitish mazmunini aniqlash

qollash bo`yicha bayon qilish va boshqarish.


2.Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari mohiyati .

Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasini shakllanish jarayoni pedagogik - psixologik fanini o’quv predmeti sifatidagi rivoji bilan bog’liqdir.

Pedagogik – psixologik fanlarni o’qitishning dastlabki bosqichlaridan boshlab tajribalar to’planadi ular umumlashtirilib, tizimlashtirilib boriladi. Ular asosida aloxida qoidalar va tamoyillar shakllantiriladi, o’qitish ning ayrim masalalari bo’yicha metodik tavsiyalar yaratiladi.

Tajribalarni umumlashtirish asosida tadqiqotlar olib boriladi, ularni natijasida o’qitish metodikasining o’ziga xos qirralari aniqlanadi.Pedagogik - psixologik fanini o’qitish metodikasi bu nazariya va amaliyotning sintezidir.

Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasi ta’limning tamoyillari va qoidalari, ta’lim shakllari va metodlarini asoslashga haratiladi, bu esa bo’lajak o’qituvchilarni yuqori kasbiy tayyorgarligini ta’minlaydi.

Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasida materiallarni tanlash va tizimlashtirishda ilmiy metodologiya asos bo’lib xizmat qiladi. Metodologiya bu nazariy bilimlar tizimi, ilmiy tadqiqotlar asosiy, boshharuvchi tamoyillarni belgilovchi, ob’ektiv borliqdagi hodisalarni ilmiy tahlil qilishni amalga oshirish vositasidir.

Pedagogik bilimlar metodologiyasi pedagogik nazariyani tuzilishi, tamoyillar, bilimni o’zlashtirish usulari bilan belgilanadi.

Pedagogik metodologiya o’z ichiga quyidagilarni oladi:

1. Pedagogik bilimlarni tuzilishi va funktsiyalari haqidagi ta’limot.

2. Fundamental, umum ilmiy va pedagogik holatlar (nazariya, kontsepsiya, gipoteza).

3. Pedagogik tadqiqotlar metodlari haqidagi ta’limot.

Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasi pedagogik bilimlar sohasi bo’lib, pedagogik - psixologikni umumiy va xususiy metodologiyasidan foydalanadi.

Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasi, pedagogik - psixologiya fan sifatida va uni metodologiyasini jadal rivojlanish bosqichida shakllanadi. Bu esa maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanini predmeti bo’lgan ta’lim jarayonini to’g’ri tashkil etish imkonini beradi.
Pedagogik - psixologik fanini o’qitish metodikasi fanining vazifalari.

1997 yil 29 avgustda O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni qabul qilindi.

Bu qonunda ta’kidlanishicha, ta’limning mazmuni har bir o’sib kelayotgan yosh avlodni hayotiy va dunyoviy demokratik jamiyat baxt – saodati yo’lidagi yuqori unumli mehnatiga barkamol avlod qilib tayyorlash bilan belgilangan.

Ushbu qonun fuharorlarga ta’lim, tarbiya berish, kasb – hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini belgilash va har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga haratilgan.

Ta’limning asosiy mazmunini uning vazifalarida oydinlashtiriladi. Asosiy vazifalarga aqliy tarbiya bilan bog’liq bo’lgan vazifalar kiradi. Bu vazifalar ichida ilmiy va texnikaviy bilimlar bilan yoshlarni qurollantirish, ajdodlarimiz qoldirgan tarixiy va madaniy qadriyatlarga hayotning ma’nosi, jamiyatda insonning tutgan o’rni, ta’lim-tarbiyasi, odob-axloqi haqida hikmatli fikrlar borki, ular bugungi xalq ta’limi taraqqiyoti uchun va milliy maktab yaratish borasida yoshlarimizda insonparvarlik, poklik, iymon-e’tiqod, muruvvat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, millatlararo do’stlik munosabatlari, qahramonlik, mardlik singari tuyg’ularni tarbiyalaydi.

SHu bilan birga ta’lim-tarbiya muassasalari uchun alohida vazifalar qo’yilgan bo’lib, ularning mazmuni ham «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun bilan mushtarakdir.

Ta’lim muassasalarida beriladigan ma’lumot mazmuni tarixiy xususiyatga ega. Kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida yosh avlodga beriladigan ma’lumot mazmuni, uning hajmi, muayyan ijtimoiy tuzumning iqtisodiy talabi va ehtiyoji, fan-texnika taraqqiyoti darajasi, madaniyati holati bilan belgilanib kelingan. Fan-texnika va texnologiya taraqqiyoti yuqori darajada bo’lgan bugungi kunda ta’lim muassasalarida beriladigan ma’lumot mazmuni o’quvchilarga ilmiy bilimlar berish, ularning faol ijtimoiy faoliyati tashkil etishlari yo’lida ko’nikma va malakalarini shakllantirishni ifodalaydi. Mustaqil O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ta’lim (ma’lumot) ning mazmuni, avvalo, komil inson va malakaviy mutaxassisni tayyorlash jarayoni mazmuni bilan belgilanadi.

Ushbu maqsadni o’zida aks ettirgan ma’lumot mazmuni quyidagi davlat ta’lim standarti, o’quv dasturlari, o’quv rejasi va darsliklar mazmunida namoyon bo’ladi.

3.Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasi fanini boshqa fanlar bilan aloqasi.

Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash ma’lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo’lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma’lumki, pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo’lib, uning umumiy mohiyatini to’laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqati nazardan pedagogik - psixologik fanlari bilan quyidagi fanlar o’rtasida yaqin aloqadorlik mavjud:

1. Falsafa – shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g’oya, harash hamda ta’limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi.

2. Iqtisod – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo’lga qo’yish, o’quv binolarini qurish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat qiladi.

3. Sotsiologiya – ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida ma’lumotlarga ega bo’lish asosida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o’zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.

4. Etika- shaxs ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma’naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o’rin tutuvchi nazariy g’oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o’rin tutadi.

5. Estetika – shaxs tomonidan go’zallikning his etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo’nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi.

6. Fiziologiya- o’quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarini inobatga olinishi uchun boshlang’ich asoslarni beradi.

7. Gigiyena – o’quvchilarning salomatligini muhofazalash, ularning jinsiy jihatdan to’g’ri shakllantirishda nazariy va amaliy g’oyalari bilan yordam beradi.

8. Psixologiya – shaxsda ma’naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy-irodaviy sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi.

9. Tarix – pedagogik - psixologik fani taraqqiyoti, ta’lim-tarbiya jarayonlarining dinamik, dialektik xususiyatlarini inobatga olish, shuningdek, xalq pedagogik - psixologiksi g’oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo’naltiriladi.

10. Madaniyatshunoslik – o’quvchilarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat asoslari haqidagi tasavvurni shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.

11. Tibbiy fanlar – shaxsning fiziologik-anatomik jihatidan to’g’ri rivojlanishini ta’minlash, uning organizmida namoyon bo’layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etishga amaliy yondashuv, shuningdek, nuqsonli bolalarni o’qitish hamda tarbiyalash muammolarini o’rganishda ko’maklashadi.


Yüklə 187,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə