1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja: Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha


Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigiyenik me’oyrlari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə30/75
tarix11.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#126735
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   75
1-maruza sirtqi

Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigiyenik me’oyrlari.

Ishlab chiqarish mikroiqlimi me’yorlari, mehnat xavfsizligi standartlari tizimiga, «Ish zonasi mikroiqlimi»ga asosan belgilangan. Sanoat korxonalarida xonalarning turi, yil fasllari va ish toifasiga qarab, ulardagi havo harorati, nisbiy namligi va havo haroratining tezligi ish joy lari uchun ruxsat etilgan me’yorlari belgilangan. Ish toifalari quydagicha belgilanadi:


Yengil jismoniy ishlar (I toifa) - o‘tirib, tik turib yoki yurish bilan bog'liq holda bajariladigan, biroq muntazam jismoniy zo‘riqish yoki yuk ko‘tarishni talab qilmaydigan ishlar, energiya sarfi soatiga 150 kkal (172j) ni tashkil etadi. Bularga tikuvchilik, asbobsozlik, soatsozlik va shu kabi korxonalar kiradi.
0‘rtacha og‘irlikdagi jismoniy ishlar (II toifa) - soatiga (150-250 kkal) yoki (172-293 j) energiya talab etiladigan faoliyat turlari kiradi. Bunga doimiy yurish va og‘ir bo‘lmagan (10 kg gacha) yuklarni tashish bilan bog’liq bo‘lgan ishlar kiradi. Jumladan, ip yigiruv, to'qish ishlari, mexanik o‘quv, payvandlash sexlardagi ishlar va boshqalar.
Og‘ir jismoniy ishlar (III toifa) — muntazam jismoniy zo‘riqish, xususan, og'ir yuklarni (10 kg dan ortiq) muttasil bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish va ko'tarish bilan bog‘liq ishlar kiradi. Bunda energiya sarfi soatiga 250 kkal (293 j) dan yuqori bo‘ladi. Bunday ishlarga temirchilik va boshqa og‘ir ishlar kiradi. Harorat, nisbiy namlik va havo haroratining tezligi me’yordagi hamda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan miqdorlar ko‘rinishida normallashtiriladi.
Me’yorlardagi miqdorlar deganda, odamga uzoq vaqt va doimiy ta’sir qilgan tashqi muhitga moslashishni buzmasdan, organizmning normal faoliyatini va issiqlik holatini (haroratini) saqlaydigan mikroiqlim ko‘rsatkichlari yig‘indisi tushuniladi.








Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə