1-mavzu: Kirish. Adabiyot(bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari Reja: O`zbek bolalar adabiyoti istilohi va uning paydo bo`lishi


Qudrat Hikmatning tinchlik va baxtli bolalik haqidagi she’rlarining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə19/70
tarix04.05.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#108478
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   70
1-mavzu Kirish. Adabiyot(bolalar adabiyoti) fanining maqsad va

6.Qudrat Hikmatning tinchlik va baxtli bolalik haqidagi she’rlarining o‘ziga xos xususiyatlari.
Q udrat Hikmat oʻzbek bolalar adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan shoirlardan biridir. U 1925 yili Toshkentning Sebzor mahallasida tugʻildi. Onasidan erta ajraladi (1934). Otasi dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shugʻullangan oddiy mehnatkash kishi edi. Qudrat Hikmat hali oʻrta maktabda oʻqib yurgan (1934–1944 ) yillardayoq, adabiyotga mehr qoʻyib, sheʼrlar mashq qila boshlaydi. Shoir sifatida maktab devoriy gazetasiga oʻz sheʼrlari bilan qatnashadi. Unga Oybek, Quddus Muhammadiy kabi ustozlar mehribonlik koʻrsatishadi. 1945 yildan boshlab Qudrat Hikmat sheʼrlari gazetalar, “Gulxan”, “Sharq yulduzi” kabi jurnallarda chop etiladi. Qudrat Hikmat 1947 yildan boshlab mashhur baxshi Islom shoir Nazar oʻgʻliga adabiy kotib boʻlib xizmat qiladi. Bu hol ijodkordagi xalqchillikning kamol topishiga olib keladi. U 1957 yilda Toshkent davlat kechki pedagogika institutini tugatgan. Birinchi sheʼriy toʻplami ‒ “Mening vatanim” 1950 yilda nashr etiladi. Shundan soʻng “Baxtli bolalar”, “Tinchlik ‒ obodlik”, “Doʻstlik”, “Uch oʻrtoqning sovgʻasi”, “Nabira mehri”, “Onaxonim”, “Alisher va kitob”, “Toshbaqalar xujumi”, “Soatjonning soati” kabi oʻnlab sheʼriy guldastalari, “Chirchiq farzandi” dostoni, “Ilon shoh va uning amaldori Ari haqida ertak” kabi asarlari yaratiladi.
Qudrat Hikmat qaysi mavzuda, qaysi janrda qalam tebratmasin, halol, topqir va chopqir bolalar dunyosini kashf etishga intiladi. Doʻstlik, tinchlik, oʻzaro birdamlik, vatanparvarlik gʻoyalarini olgʻa suradi. Sheʼrlaridagi bolalarcha samimiylik, begʻuborlik va toʻgʻrilik shoir asarlarining jozibali boʻlishini taʼminlaydi.Qudrat Hikmat mohir tarjimon sifatida S. Marshak, S. Mixalkov, A. Barto kabi rus shoirlarining sheʼrlarini oʻzbekchaga oʻgirgan.
U 1968 yili ogʻir betoblikdan soʻng 43 yoshida vafot etgan. Ammo: 
Olmos mening yuragim,
Tolmas mening yuragim.
Kim aytadi sheʼrimda
Qolmas mening yuragim ‒
 deganidek, shoir oʻz sheʼrlarida uzoq yashash baxtiga muyassar boʻlgan ijodkorlardan sanaladi.


  1. Yüklə 0,93 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə