1-mavzu: Kirish. Adabiyot(bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari Reja: O`zbek bolalar adabiyoti istilohi va uning paydo bo`lishi


Abusaid Ko‘chimov ertak va dostonlarining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə28/70
tarix04.05.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#108478
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70
1-mavzu Kirish. Adabiyot(bolalar adabiyoti) fanining maqsad va

Abusaid Ko‘chimov ertak va dostonlarining o‘ziga xos xususiyatlari.

A busaid Koʻchimov 1951 yili Samarqand viloyatining Urgut tumanida tugʻildi. Oʻrta maktabni bitirganidan soʻng Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida oʻqidi. “Oʻqituvchi” nashriyotida musahhih, “Tong yulduzi” gazetasida muxbir, boʻlim mudiri, masʼul kotib va bosh muharrir, “Sharq yulduzi” jurnalida masʼul kotib, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida, masʼul lavozimlarda ishladi. 1997–2005 yillarda Oʻzbekiston Davlat teleradiokompaniyasiga rahbarlik qildi.
Abusaid Koʻchimovning birinchi sheʼr va maqolalari matbuotda eʼlon qilinganida u oʻrta maktab oʻquvchisi edi. Keyinchalik uning “Kashfiyotchi bolalar” (1978), “Mening Oʻzbekistonim” (1979), “Toshburgut” (1981), “Mening yulduzim” (1984), “Chanoq” (1985), “Halqa” (1987), “Ikki bahor” (1990), “Umid daraxti” (1992) kabi kitoblari chop etildi. “Yosuman” (doston, 2000), “Baland togʻlar” (Saylanma, 2002), “Koʻzlarimning qarogʻidasan” (2006), “Muhabbat bogʻlari” (2008), “El suv ichgan daryo” (esselar, 2009), “Saylanma” (toʻrt tomlikning 1-jildi, 2011) sheʼriy asarlari nashr etildi; ikki qismli “Boychechak” (2001), toʻrt qismli “Baland togʻlar ortida” (2003) badiiy filmlari ekran yuzini koʻrdi.
U tabiatni eʼzozlash mavzuidagi turkum publitsistik maqolalari uchun YUNYeSKO mukofotiga sazovor boʻldi. “Halqa” kitobi uchun esa Yozuvchilar uyushmasining Gʻafur Gʻulom nomidagi yillik mukofoti bilan taqdirlandi.
Abusaid Koʻchimov ham shoir, ham nosir sifatida bolalar adabiyoti rivojiga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. Agar u “Chanoq”, “Ikki bahor” kabi sheʼriy toʻplamlarida bolalar va oʻsmirlar hayotidan poetik lavhalar chizgan boʻlsa, hikoya va qissalardan iborat “Mening yulduzim”, “Halqa” majmualarida koʻproq qishloq hayoti, bolalar xarakteriga xos voqealarni tasvirlaydi.
A. Koʻchimov tarjimon sifatida qardosh xalqlar adiblarining bir qator sheʼr va hikoyalarini oʻzbek tiliga oʻgirdi. Oʻz navbatida uning asarlari ham xitoy, rus, qirgʻiz, turkman, qoraqalpoq tillariga tarjima qilingan.
Abusaid Koʻchimov 1994 yili “Shuhrat” medali, 1999 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.




  1. Yüklə 0,93 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə