1-mavzu: Psixologiya haqida tushuncha. Reja



Yüklə 450,02 Kb.
səhifə54/70
tarix31.12.2021
ölçüsü450,02 Kb.
#81795
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   70
Psixologiya fani MTT ma`ruza

Nazorat savollari:

  1. His-tuyg‘ular deb nimaga aytiladi? Shaxs hayotida qan- day ahamiyatga ega?

  2. His-tuyg‘ularning fiziologik asoslari nimalardan iborat?

  3. Hissiy kechinmalarning shakllarini aytib bering? Hissiy ton nima?

  4. Kayfiyatning inson hayotidagi ahamiyati nimadan iborat?

  5. Affekt qanday holat?

  6. Stress nima?

33-mavzu: Bolalardagi agressivlik holatlari.

Reja:

1.Bolalarda namoyon bo’ladigan agressivlik holatlarining kelib chiqish sabablari 2.Bolalar agressiyasi.



3. Agressiv bolalarning xususiyatlari.

Tayanch tushunchalar:Agressiv bolalar bilan ishlash. Agressiyani bartaraf etishda o’yinlardan foydalanish.

Ilk yoshda mustaqil harakatlar va muloqotga kirishish xususiyatlari. Inson ontogenezida uning 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan o‘sish davri alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki bu davrda insonga xos eng muhim sifatlar, xarakter xislati, atrof-muhitga, o‘zgalarga munosabat, xulq-atvor, tafakkur va ong kabi psixik aks ettirishning turli ko‘rinishlari shakllanadi. Bularning barchasi qarama-qarshiliklar kurashi ostida tarkib topadi.

Bolaning yurishga urinishi, turli narsalar bilan ovunishi va shug‘ullana olish imkoniyatlari kengayishi, uning kattalarga be­vosita tobeligi, ularga bog‘liqligi nisbatan kamayadi. Asosiysi, uning mustaqil harakat qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.

R.Y. Abramovich-Lextmanning tadqiqotlarida ifodalanishi- cha, bir yoshli va bir yosh-u ikki oylik bolada turli narsalar bilan harakat qilishning oddiy turi jadal rivojlanadi. Boshqacha aytganda, unda jismlar bilan muayyan harakatni amal- ga oshirishning nisbatan barqaror usullari shakllana boradi. Shunday harakatlar tobora ortadi va murakkablashadi, ular- ning mohiyati borgan sari chuqurlashadi.

D.B. Elkonin fikricha, bolalarda keng ko‘lamli va ko‘p miq- dordagi predmetlarni tanish, idrok qilish, ularning xususiyat­larini o‘zlashtirish ehtiyojining ortishi katta yoshdagi odamlar bilan muloqotga kirishish mayli, tuyg‘usi va istagini kuchayti- radi. Shunday bo‘lsada, bu muammo bola shaxsiy o‘yin faoli­yatini tashkil qilishda hali kattalarning yordami va rag‘batiga muhtojligini ko‘rsatadi.

Bir yoshli bolaning turli harakatli o‘yinlarda muvaffaqiyat- sizlikka uchrashi, ko‘zlagan ishini bajarishidagi noxush kechinmalar uning psixikasida dastlabki affektiv holatni vujudga keltiradi. Shuningdek, o‘z faoliyatida uchraydigan ko‘ngilsiz voqealarga shaxsiy munosabatini bildirish, aks ettirishning yangi shakli ta’sirlanishni tarkib toptiradi. G‘azablanish, jahl, qahr-u g‘azab tuyg‘ularining xususiyatini tadqiq qil­gan T.E. Konnikova ma’lumotlariga binoan, bir yoshli bola­da ko‘pincha bezovtalanish, xatti-harakatdagi «portlash», qahri qattiqlik yuzaga keladi. Uning fikricha, bola psixikasi- da paydo bo‘layotgan xulq natijasi tirishqoqlikning o‘ziga xos ko‘rinishidan iborat bo‘lib, u o‘zi yoqtirgan narsani tezroq qo‘liga olish xohishi bilan uzviy bog‘liqdir.

Odatda, affektiv holatga berilish yoki affektiv ta’sirlanish bolada kattalar bilan muloqot chog‘ida psixik jihatdan qoniqmaslikni hosil qiladi. Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra, 1 yoshli inqiroz vaqtida «portlash», «lov etish» xususiyatiga ega bo‘lgan affekt quyidagi sabablar bilan vujudga keladi:

  1. kattalar bolaning xohish-istaklarini tushunmasligi, imo- ishorasi va yuz-chehra harakatlariga, pantomimikasiga (yuz bilan tana harakatlari qo‘shilishi) e’tiborsizligi;

  2. bolaning ixtiyorsiz xatti-harakatiga batamom qarshilik ko‘rsatish, uning talabini bajarmasligi, qoniqtirmasligi;

  3. bolaning o‘zgarishlarga oid bilimlardan bexabarligi, bu o‘zgarishlarni oldindan seza olmasligi va boshqalar.

Jazavaga tushishning xususiyati va darajasi bolaning yashash sharoiti hamda unga kattalarning munosabatida o‘z ifo- dasini topadi va mahalliy mezonlar yordami bilan aniqlanadi. N.A. Menchinskaya o‘z kundaliklarida bir yarim yoshli o‘g‘lining o‘jarligini shunday ta’riflaydi: «Mumkin emas!» de­gan taqiqlashga javoban Sasha o‘jarlik qilar, sho‘xligini yana zo‘r berib davom ettirishga urinar edi; uning o‘jarona xohishi- ni boshqa obyektga tortish bilangina bartaraf qilsa bo‘lar edi: ko‘pincha taqiqlashga qarshi yig‘lab injiqlik qilar, hatto o‘zini polga otar, qo‘l va oyoqlarini tapillatar, ammo bunday «jazava» uning xulqida juda kam sodir bo‘lib, uni bunday sho‘xliklaridan tez va oson chalg‘itish mumkin edi...».

Psixologlardan L.S. Vigotskiy, P.P. Blonskiy va ularning shogirdlari olib borgan ishlardan ko‘rinadiki, bolada paydo bo‘lgan dastlabki so‘z va ibora go‘daklik davridan ilk bolalik davriga o‘tishning eng muhim sharti hisoblanadi. Harakat bilan so‘zning bog‘lanishi bolaning mustaqilligi va mustaqil faoliyatni amalga oshirishi uchun zarur sharoit yaratadi. Nutq orqali muloqot ehtiyojining paydo bo‘lishi bolaning psixik jihatdan o‘sishida muhim turtki vazifasini bajaradi va uni mustaqillik sari yetaklaydi.

D.B. Elkoninning fikricha, so‘zlarning hosil bo‘lishi va bolaning nutqiga aylanishi, eng avvalo, so‘zning ma’nosini tushunib va idrok qilishga bevosita bog‘liqdir. Buning natijasida bolaning lug‘at boyligi keskin ko‘payadi, ikkinchidan, nutqida ikkita so‘zdan iborat gap tuzish imkoniyati vujudga keladi va uchinchidan, predmetlarning nomiga qaratilgan savollar tug‘iladi. Bu jarayon 1,5 yoshdan oshgandan so‘ng boshlanadi va bolada kattalar bilan muloqotning yangi bos­qichi paydo bo‘lganini bildiradi. Nutq orqali bolalarga vaziyat va holat nomlari emas, balki predmetlarni anglatuvchi so‘zlar o‘rgatiladi. Go‘daklik davridan ilk bolalik davriga o‘tish uning faoliyatida va katralar bilan muloqorida jiddiy olg‘a siljish bi­lan ajralib turadi. Ana shu siljish bolada atrofdagi odamlar va narsalarga tabaqali munosabatni shakllantiradi. Biroq bu mu- nosabatlar faqat kattalar bilan hamkorlikdagi faoliyat orqali amalga oshadi. Kattalar bilan hamkorlikdagi yoki mustaqil predmetli harakatlarni egallashdagi yutuq yoki muvaffaqiyat- sizlik, omadsizlik hollari bolada turli his-tuyg‘u va kechin- malarni (quvonch, tashvish, achinish, qayg‘urish, samimiylik, loqaydlik va hokazolarni) vujudga keltiradi. Shaxsning faolli- gi, harakatchanligi, tashabbuskorligi, intiluvchanligi, bilishga ishtiyoqmandligi, dadilligi asosan yuqoridagi omillarga uzviy bog‘liqdir va bunga befarq qaramaslik kerak.

Ehtiyojlarning qondirilishi asosida turli hissiy holatlarning yu­zaga kelishi. 2-3 yoshli bolalarning harakatlari juda impulsiv - ixtiyorsiz bo‘ladi. Bola paydo bo‘lgan his-tuyg‘u va istaklarini darhol harakatlarda ko‘rsata boshlaydi. Shu sababli bola o‘ziga yoqqan qulay va qiziqarli faoliyatdan qanoatlanadi va hamisha shunday faoliyatga intiladi. Bolaning his-tuyg‘usi kayfiyati va kechinmalarining o‘zgarib turishi bilan xarakterlanadi. Shodlik bilan xafalik bir-biriga yaqin turadi, kulgu orqasidan yig‘i, yig‘i orqasidan esa kulgu keladi. Norozilik, g‘azab, o‘jarlik va jahl kabi affektlar juda uzoq davom etmaydi. 2-3 yoshli bolalar o‘z tuyg‘ularini tutib tura olmaydilar, bolalar katta odamlarning «mumkin emas» deb ogohlantirishlariga qaramay, birdaniga qattiq yig‘lashlari, kulishlari yoki qichqirishlari mumkin. 2-3 yoshli bolalarga boshqalarning tuyg‘ulari tez ta’sir etadi. 1-2 yoshli bola yig‘lashi bilanoq boshqa bolalar ham yig‘lashga tushadilar. Demak, bolalar bir-biriga ixtiyorsiz taqlid qiladilar. Lekin bu xususiyat bola o‘sgan sari zaiflashib boradi.

Keyinchalik bolalar kattalarning erkalashini, norozilikni ko‘pincha rad etish va talab qilishlarini farq qila boshlaydilar. Bolaning xatti-harakatlariga nisbatan tevarak-atrofdagi odam-larning munosabati va oilada bola hayotining qanday tashkil etilganligi uning xatti-harakatalarida o‘zining ijobiy yoki salbiy ifodasini topadi.

Bola o‘zining his-tuyg‘ularini, o‘zidagi hissiy holatni hali yaxshi boshqara olmaydi. Arzimagan narsa bilan kulib turgan bolaning birdan yig‘lab yuborishi yoki yig‘lab turgan bolaning birdan kulib yuborishi hech gap emas.

Bolaning o‘sishi va nutqining rivojlanishi natijasida yuksak hissiyotlar, ya’ni intellektual, estetik, o‘rtoqlik hislari yu­zaga kela boshlaydi. Bola o‘zini ajablantirgan yangi narsalar­ni ko‘rib hayratda qoladi, bu bilan aqliy tuyg‘ulari namoyon bo‘ladi. 2 yoshdan oshgan bola chiroyli, jozibador narsalarni yoqtiradi. Bolaga chiroyli kiyim kiygizilsa u o‘zini juda mamnun sezadi. Bola musiqaga, ya’ni sho‘x va chiroyli kuylarga nisbatan juda ijobiy va aktiv munosabatda bo‘la boshlaydi. Musiqaga iste’dodli bolalar hatto o‘zlari ashula ham aytadigan, raqsga tushadigan bo‘ladilar, bolalarning ana shunday faoliyat­larida ularning estetik tuyg‘ulari yaqqol namoyon bo‘ladi. Bo­la o‘zining turli ehtiyojlarini anglab, o‘zining shaxsini shakllantira boshlaydi.

Rus fiziologi I.M. Sechenovning tili bilan aytganda, bo­la ana shu davrdan boshlab o‘z sezgilarini tevarak-atrofdagi narsalardan ajratib, o‘z-o‘zini anglay boshlaydi. Bu yoshdagi bolalarning so‘z boyligida o‘z shaxsini bildiruvchi «men» degan olmosh tez-tez uchrab turadigan bo‘ladi. 2-3 yoshli bola o‘zining kayfiyati ta’sirida o‘ylamay harakat qiladi. Shu yoshdayoq bolalar bir-biridan o‘zlarining axloqiy xislatlari bilan farq qiladilar. Bir bola boshqa bir bolaning qo‘lidagi havas qi- ladigan narsasiga hasadsiz, xotirjam qaray oladi, ikkinchi bir bola birovlarning narsasini so‘roqsiz olmaydi, bu harakat ax­loqiy tormozning ifodasidir. Lekin xuddi shu yoshdagi boshqa bir bola uradi. Unda o‘zini, istagini idora qilish odati yo‘q, chunki unga bunday odat o‘rgatilmagan. Ana shu tariqa bola juda elementar tarzda bo‘lsa ham o‘zini shaxs sifatida anglay boshlaydi. Binobarin, ana shu davrdan boshlab bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalarning individual xususiyatlari namoyon bo‘la boshlaydi. Bolaning mustaqil harakatlarini tashkil etishdan e’tiboran unda irodaviy xislatlar tarbiyalana boshlay­di. Sochilgan o‘yinchoqlarni yig‘ishtirib, o‘z joyiga qo‘yish, yo‘qolgan narsalarni o‘ziga toptirish vazifasining o‘ziyoq bola uchun muhim topshiriqdir. Bunday topshiriqlar bolani mustaqillikka va sabot-matonatlilikka o‘rgatadi.

Bu davrda bolada «Men o‘zim» konsepsiyasining vujud- ga kelishi shaxsiy fazilatlar shakllanishiga olib keladi va xuddi shu paytlarda bola shaxs sifatida tarkib topa boshlaydi. Bola­da shaxsiy harakatlar paydo bo‘lishi o‘sishning yangi davri boshlanganini bildiradi. Bu davrda bola o‘z ismini juda yaxshi o‘zlashtirib oladi va qattiq himoya qiladi. Uni boshqa ism bi­lan chaqirishlariga norozilik bildiradi.

Ilk yoshdagi bolalar shaxsi shakllanishining shart-sharoitlari. Uch yoshli bolalarga to‘g‘ri tarbiya berish, ta’sir o‘tkazish, ularning harakatlarini maqsadga muvofiq yo‘naltirish orqali ularda mustaqil holda ovqatlanish, kiyinish, yuvinish, o‘z o‘rnini yig‘ishtirish ko‘nikmalarini tarkib toptirishga, ayrim topshiriq va vazifalarni puxta bajarish malakasini shakllan- tirishga erishish mumkin. Mazkur yosh xususiyatlarini tadqiq qilgan N.M. Shchelovanov, D.B. Elkonin va boshqalarning fikricha, bolaning uch yoshgacha o‘sishida erishgan yutuqlari uning xulq-atvorini, bilish jarayonlarini sifat jihatidan ancha o‘zgartirib yuboradi. Shunga qaramay bolaning o‘sishiga kattalarning ta’siri yetakchiligi qolaveradi. Bolaning mustaqilligi faqat uning jismoniy va aqliy imkoniyatida, kuchi yetadigan jarayonga nisbatan o‘z munosabatini kattalarning yordamisiz amalga oshirishida emas, balki kuchi yetmaydigan ma’lum amaliy ko‘nikmalarni egallay olmagan muammolarni hal etishda ham ko‘rinadi. Bola «Menga bering», «Men ham qilaman», «Meni ko‘taring», «Men ham boraman» kabi talablarni o‘z istagi va ehtiyojini qondirishning manbasi deb hisoblaydi. Bolada vujudga keladigan xohish, istakning qondirilishi kattalar to­monidan boshqariladi. Mana shu davrda namoyon bo‘ladigan tarbiya jarayonidagi ayrim qiyinchiliklarning tashqi va ichki belgilari boladagi o‘jarlik, negativizm, qaysarlik, injiqlik, kat­talarning bolalar nazarida obro‘sizlanishi va qadrsizlanishi kabilar bilan bog‘liq. Bu yoshdagi bolalarning his-tuyg‘ulari va irodasida muhim o‘zgarishlar sodir bo‘ladi va bularning hammasi boladagi xudbinlik, rashk, sharoit bilan bog‘liq bo‘lgan qaysarlik kabilarda yaqqol ko‘rinadi. Bolaning shaxsiga nis­batan e’tiborsiz, mensimay munosabatda bo‘lish bolalardagi injiqliklarning bosh sababchisi hisoblanadi.

Bolaning xulqida ma’lum sharoit ta’siri bilan paydo bo‘lgan o‘jarlik va noma’qul qiliqlar mavjudligi uning psixikasida jiddiy o‘zgarish ro‘y berganini, endi bolaga uning hozirgi o‘sish darajasini hisobga olib munosabatda bo‘lish zarurligini bildira di. Bolalar psixikasida vujudga keladigan inqiroz sabablari:

  • kattalar bolaning jismoniy va aqliy imkoniyatlarini;

  • xohish va istagini mustaqil holda turmushda qaror topti- rishga intilishini;

  • ayrim ko‘zga tashlangan qiyinchiliklarni bartaraf qilish- ga urinishini;

  • o‘z holicha ish tutishni cheklashlaridir.

  • Kattalar bolaning mustaqilligiga, istagiga qarshi turmas- dan, mumkin qadar istagiga, intilishiga yordam bersalar, uning shaxsini shakllantirish jarayonidagi qiyinchilik o‘z-o‘zidan barham topadi, nizolarning oldi olinadi. Oilada va MTMda shaxslararo munosabatlarning ilmiy asosda qurilishi, peda- gogik odob doirasidan chetlashmaslik yuqoridagi ziddiyatlar- ning oldini oladi.

  • Bolaning xohish va istagi ularning tasavvurlari bilan bog‘liq bo‘lib, faoliyat turlarida (rolli o‘yinlar, ijodiy, tas­viriy va konstruktiv faoliyat, sodda mehnat faoliyati) yarati­ladi. Bola o‘z faoliyatida tevarak-atrofdagi narsalar va hodisa- lar to‘g‘risidagi tasavvur obrazteridan amaliy foydalanish bilan chegaralanib qolmay, ularga nisbatan o‘zining shaxsiy emot- sional munosabatini ham bildiradi. Bu hol ko‘pincha ularning ijodiy o‘yinlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ijodiy o‘yinlarda bolaning kattalar faoliyati haqidagi, ularning o‘zaro munosa- bati to‘g‘risidagi tasavvuri aks etadi, u o‘zini kattalar bilan birga harakat qilayotgandek his etadi, hatto voqelikning bevosita qatnashchisi vazifasini o‘taydi.

  • Bunday vaziyatlar bolada yangidan yangi xohish-istaklarni keltirib chiqaradi. Hatto, bolaning o‘zi uncha qiziqmaydigan faoliyatga ham undashi yoki tanish faoliyatga yangicha shakl va mazmun berib uni bajarishga yo‘naltirishi mumkin. Psixologik manbalardan ma’lumki, mazkur yoshdagi bolalarning o‘zlari xohlamaydigan zerikarli faoliyatga (chunonchi, yozishga, rasm chizishga, mehnatga, harakatli o‘yinga) majbur qilish mumkin emas. Ular o‘zlari xohlamagan mashg‘ulotlarda juda tez charchaydilar. Shunday mashg‘ulotlarga amaliy jihatdan yondashilsa, bolalar ishga astoydil, butun vujudlari bilan kirishib ketadi- lar. Natijada ularda shu mashg‘ulotga ijodiy munosabat vujudga keladi.

  • 3 yoshli bolalar o‘zlarini o‘zgalar bilan taqqoslay bosh­laydilar, buning natijasida bolada o‘z-o‘zini baholash vujud- ga keladi.

  • Uch yoshli inqiroz. Jismoniy jihatdan mustaqillikka eri- shish (yurish, yugurish) bolada erkin, kattalarning nazoratisiz, o‘z holicha qandaydir ishlarni bajarish, ijtimoiy muhitda shaxs sifatida yashash istagini tug‘diradi. 3 yoshli bolalar o‘zlarini kattalar bilan taqqoslay boshlaydilar, hatto kattalar qilishi mumkin bo‘lgan (huquqi bo‘lgan), ular bajara oladigan harakatlarni bajarishga intiladilar. «Men katta bo‘lsam mashina haydayman», «Men sizga katta tort olib kelaman», «Mening 100 ta qo‘g‘irchog‘im bo‘ladi» kabi istaklarini kelasi zamonda gapirsa ham bugun amalga oshirishga harakat qiladi. Ko‘pincha bu harakatlar qat’iylik va qaysarlik bilan namoyon bo‘ladi.

  • Psixologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha bolalar mazkur in- qiroz davrida bir necha ko‘rinishdagi qaysarlik yoshini bosib o‘tadilar.

Ana shu ko‘rinishlarning biri bolaning 3 yoshiga to‘g‘ri ke­ladi. Shu davrda uning psixikasida sifat va miqdor jihatidan turli o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu o‘zgarishlar uning olamni o‘zicha kashf qilayotganiga, psixikasining ma’lumot va axborotlar bi­lan soat sayin boyib borayotganiga bog‘liqdir. Ayni shu yoshda bolada o‘z irodasiga ishonch hissi tug‘iladi, u o‘zligini anglay boshlaydi..

Mazkur davrni inson shaxsini shakllantirishda eng murakkab davr desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Shunga ko‘ra katta yoshdagi odamlar, ota-onalar, bog‘cha tarbiyachilari shu davrda bolaga undagi o‘zgarishlarni, murakkab ichki ke- chinmalarning mohiyatini, psixologik inqirozni inobatga ol­gan holda yondashishlari lozim. Bu davrda bolada irodaviy sifatlarning takomillashuvi natijasida shaxsning xarakter xislatlari barqarorlashadi. Bola o‘zligini anglashining tashqi va ichki belgilari yaqqol ko‘zga tashlanadi. «O‘zim» bilan bog‘liq ezgu niyat mustaqillikka intilish tuyg‘usini vujudga keltiradi, binobarin, ularning ta’siri tufayli unda o‘z xulq-at- vori «yurish-turishi» bilan kattalarning maqtovi va olqishi- ni eshitish ishtiyoqi tug‘iladi. Shaxsning xulqini baholash ke­yinchalik o‘zini o‘zi baholash darajasiga yetadi.

Katta yoshdagi odamlar, ota-onalar, tarbiyachilar bunday hollarda o‘zlarini osoyishta tutishlari, sharoitga qarab bolaga biroz yon berishlari, ba’zan ularga aytganlarini qildirishlari, kerakli vaqtda masalani ochiq qoldirishlari lozim, chun- ki shaxslararo munosabatning ba’zan muammoligicha qolishi ham maqsadga muvofiqdir. Yaxshisi asabiylik vaziyatida bola­ning diqqatini boshqa narsaga jalb qilish, uni mushkul holat- dan chalg‘itish ma’qul. Bu holat bolaning psixikasiga qattiq ta’sir qiladi, u o‘zining nojo‘ya qiliqlari kattalarga aslo yoqmayotganini anglaydi, ichidan chuqur iztirobga tushadi.

Erkalanish bilan vujudga keladigan o‘jarlik ham uch yoshlilar ruhiy dunyosida ko‘p uchraydi. Bolaga me’yoridan ortiq mehr-muhabbat qo‘yish, uni haddan tashqari erkalatish, har qanday xohishini qondiraverish, talab va ehtiyojini so‘zsiz ado etish ham unda erkalik va o‘jarlikni paydo qiladi. Shuningdek, bolaning xulq-atvorini, qilgan ishini maqtayverish, uni o‘rinsiz taltaytirish yoki unga nisbatan befarq munosabatda bo‘lish ham o‘jarlikni keltirib chiqaradi. Bolani e’tiborsiz qoldirish, nazorat qilmaslik, tekshirmaslik ham noxush oqibatlarga olib keladi. Masalan, e’tiborsizlik bolani qattiq iztirobga soladi, unda tan- holik tuyg‘usini, umidsizlik, begonasirash hissini vujudga kelti­radi. Bular esa bolada kattalarga nisbatan ichki qarama-qarshilikni, o‘zaro ziddiyatni, nizo alomatlarini tug‘diradi. Ko‘p hollarda bolalarni o‘z mayliga, o‘z holiga tashlab qo‘yiladi, ularga juda barvaqt erkinlik, mustaqillik beriladi, ammo bunday qilish bola shaxsini tezroq takomillashtirishga xizmat qil- maydi. Hayot va faoliyatda har bir bolaning oldiga aniq, yaqqol talab va topshiriqlar qo‘ymaslik, uni rag‘batlantirmaslik bola- ning psixikasiga qattiq ta’sir etadi, u o‘kinadi va ichidan kuyinadi. O‘zining himoyachisi yo‘qligini his qilish ham bolada o‘jarlikni yuzaga keltiradi. Bolada kattalarga nisbatan paydo bo‘lgan gina-adovat uni o‘jarlikka yetaklaydi. Shaxslararo mu­nosabatda adolat qaror topgunicha, ziddiyatning bosh sabab- chisi o‘z xulqiga iqror bo‘lgunicha qarama-qarshilik davom etadi.


Yüklə 450,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə