1-mavzu: Psixologiya haqida tushuncha. Reja



Yüklə 450,02 Kb.
səhifə55/70
tarix31.12.2021
ölçüsü450,02 Kb.
#81795
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70
Psixologiya fani MTT ma`ruza

Nazorat savollari:

  1. Ilk yoshda mustaqil harakatlar va muloqotga kirishishda qanday xususiyatlar ko‘zga tashlanadi?

  2. 1 yoshli inqiroz qanday kechadi?

  3. Ehtiyojlarni qondirilishi asosida qanday hissiy holatlar yuzaga keladi?

  4. Ilk yoshdagi bolalar shaxsi shakllanishining zaruriy shart-sharoitlari nimalardan iborat?

  5. Uch yoshli inqiroz haqida sozlab bering.

34-mavzu: Iroda. Maktabgacha yoshda hissiy irodaviy holatlar.

Reja:

1.Iroda to`g`risida umumiy tushuncha.

2.Irodaning inson hayotidagi ahamiyati. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz irodaviy harakatlar.

3.Tavakkalchilik. Irodaviy harakatlarning nerv- fiziologik asoslari.



Tayanch tushunchalar:Shaxsning irodaviy sifatlari: faollik bilan bog’liq bo’lgan sifatlar: mustaqillik, qat’iylik, dadillik, sabot-matonat. Harakatlarning tormozlanish bilan bog’liq bo’lgan sifatlar: intizomlilik, o’zini tuta bilish, bardoshlilik, uyushqoqlik kabilar.

Maktabgacha yoshda hissiy irodaviy holatlar. Bola shaxsining rivojlanishida irodaviy harakatlar va nutqning o’rni.

Tarbiyachilik kasbiga hos irodaviy sifatlar. O’z irodasi ustida ishlash. Irodalilikni tarbiyalashda mashq va treninglar.

Iroda to‘g‘risida tushuncha. Tavakkalchilik

Faoliyatni ma’lum yo‘nalishda tashkil qilish, muammolarni yechish uchun bir qarorga kelish, uni amalga oshirish jarayonidagi qiyinchiliklarni yengish harakatlar yordamida amalga oshiriladi. Odatda, ixtiyorsiz harakatlar anglangan yoki anglanmagan istak, xohish, mayl, ustanovka va shu kabilarning ichki turtki- si ta’sirida ro‘yobga chiqadi. Ular impulsiv (lot. impulses — ix­tiyorsiz qo‘zg‘alish) xususiyatga ega bo‘lib, anglanilmagan, rejalashtirilmagan bo‘ladi. Masalan, bolalar bir-birini turtib biri yiqilib tushdi, tarbiyachi ularga beixtiyor baqirib yubordiyu keyin o‘zi afsuslandi. Bunday harakatlar kutilmaganda bexos- dan bo‘lgan refleksiv harakatlar deyiladi. Kishining hamma ta’sirlanishilari reflektor xarakterga ega bo‘ladi. Lekin yuqorida tasvirlangan harakatlarlar ongning nazoratisiz yoki uning yetarli ishtirokisiz maxsus niyatni ko‘zlamay amalga oshirilgan bo‘ladi va shu sababli ixtiyorsiz harakatlar yoki ataylab qi- linmagan harakatlar deyiladi. Lekin har bir kishi juda ko‘p oddiy harakatlarni amalga oshiradiki ular batamom ongli ravishda maqsadni ko‘zlab bajariladi. Bunday harakatlar ixtiyoriy yoki ataylab qilingan harakatlar deyiladi. Ularning atalishining o‘zi bu harakatlarda irodaning ishtirok etishini ko‘rsatadi.

Ongli ravishda amalga oshiriladigan va maqsadni ko‘zda tutgan barcha ixtiyoriy harakatlar irodaviy harakatlar deb ataladi. Kishi suv ichgisi kelib stakanga qo‘l uzatdi va unga suv quyib ichdi. Bu garchi bajarish qiyin bo‘lsa ham aniq maqsad- ga qaratiladi shu sababali irodaviy harakatdir. Har bir kishining qandaydir qiyinchiliklarni, qo‘yilgan maqsad yo‘lida g‘ov bo‘lib turgan to‘siqlarni yengishi, lozim bo‘ladigan harakat­larni amalga oshirishiga to‘g‘ri keladi. Bu harakat chinakam irodaviy harakatlar deyiladi. Ularda ongning ishlashi bilan bog‘liq shaxsiy faollik namoyon bo‘ladi. Kishining o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadiga erishish uchun ichki va tashqi to‘siqlarni yengish vaqtida vujudga keladigan psixik jarayon iroda deb ata­ladi. Kishi yengadigan tashqi to‘siqlar deganda ishning o‘ziga xos qiyinchiliklari, uning murakkabligi, har xil xalal berishlar, boshqa kishilarning qarshilik ko‘rsatishi, ishning og‘ir sharoitlari va shu kabilar tushuniladi.

Ichki to‘siqlar kishi o‘zini ishlashga, charchoqni, bajarilishi kerak vazifasiga aloqasi bo‘lmagan boshqa biror narsa bi­lan shug‘ullanish istagini yengishga majbur qilish, qiyin vaqtda belgilangan narsani bajarishga xalal beradigan shaxsiy mayl- lardir. Ichki to‘siqlarga zararli odatlar, mayllar, istaklar kira- di. «Iroda» termini deganda shaxsning qiyinchiliklarni yengib aniq maqsadni ko‘zlab harakat qilish qobiliyati tushuniladi. Zo‘r iroda bu biror narsani qilishga intilish va unga erisha olishgina emas balki zarur bo‘lib qolganda o‘zini biror narsadan voz kechishga majbur qila olish hamdir. Iroda shunchaki istak va uning qondirilishi emas, balki bu ham istak, ham uni to‘xtatilishi, ayni vaqtda undan voz kechish hamdir.

Irodasi zaif kishilar ulkan ishlarni bajarish u yoqda tursin kundalik hayotda uchraydigan vazifalarning ham uddasidan chiqa olmaydilar, yetarli darajada ishchan bo‘lmaydilar, boshqalarning yordamiga muhtoj bo‘ladilar. Ularda ana shu xususiyatlarni yengish uchun iroda kuchi yetishmaydi. Iroda kuchsizligining patalogiyasi mavjud bo‘lib u abuliya (yunon. abuliya — qat’iyatsizlik) miya patalogiyasi negizida vujudga keladigan faoliyatda intilishning mavjud emasligi, harakat qilish, amalga oshirish uchun qaror qabul qilish zarurligini anglagan holda shunday qila olmaslikdan iborat inson ojizligidir. Apraksiya

  • (yunon. apraxiya — harakatsizlik) miya tuzilishining shikast- lanishi tufayli yuzaga keladigan harakatlar maqsadga muvofiqligining murakkab buzilishidir. Abuliya va apraksiya psixikasi xasta insonlarga xos noyob fenomenal psixopatologik hodisadir.


Yüklə 450,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə