1-mavzu: Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining predmeti va og`ishgan xulq klassifikatsiyasi Reja


Bolalar va o‘smirlar suitsidining sabab va motivlari



Yüklə 244,82 Kb.
səhifə45/75
tarix23.05.2023
ölçüsü244,82 Kb.
#112470
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   75
1-mavzu Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining predmet

Bolalar va o‘smirlar suitsidining sabab va motivlari
Keyingi yillarda bolalar va o‘smirlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish hodisasining ko‘payib borayotganligi kuzatilmoqda. Tabiiyki, bu o‘z navbatida insoniyat va jamiyat uchun yot bo‘lgan o‘z joniga qasd qilishdek illatning oldini olishga qaratilgan chora tadbirlarni ishlab chiqishni takozo etadi. Barcha salbiy illatlar singari o‘z joniga qasd qilish hodisasining oldini olish uchun esa uning kelib chiqish sababini aniqlash lozim bo‘ladi.
Suitsidal xulqning sabab va motivlari o‘rganish yuzasidan turli yillarda qator tadqiqotchilar tomonidan samarali ilmiy izlanishlar olib borilgan bo‘lib, ularda har bir yosh davrida suitsidga sabab buluvchi omillarni tahlil qilishga harakat qilinadi. Jumladan, bolalar va o‘smirlarda o‘qituvchisining kundalik daftariga yomon baho qo‘yish, ota-onasi va yaqinlarining tanbehi, so‘rab tergashi, maktab o‘quv dasturlarini o‘zlashtirolmaslik, ruhiy nosog‘lomlik va o‘smirlik yoshiga xos bo‘lgan emotsional beqarorlik tufayli suitsidal urunishga qo‘l urilsa, ayni kuch g‘ayratga to‘lgan yetuklik chog‘ida yoshlikdagi orzu umidlarining ruyobga chiqmaganligi, oilaviy nizolar va azob uqubatdan qutulish uchun o‘z joniga qasd qilishni tanlashligi qarilik yoshi davrida esa keksalik azobidan va birovga og‘irligi tushayotganligidan suitsidal urunishga qo‘l uriladi.
Ma’lumki, suitsidal urunishni amalga oshirish uchun ma’lum shart-sharoit, vaziyat bo‘lishligi zarur bo‘ladi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, suitsidal xulqning sabab va bahonasidan shart-sharoit omilni ajrata bilish muhimdir. Omil deyilganda shunday voqea hodisalar majmuasi tushuniladiki, garchand konkret oqibatni yuzaga keltirmasada, suitsidal xulqning rivojlanishi uchun qulay va zarur imkoniyat, sharoit yaratiladi. Biror bir voqea-hodisa yo‘qki, u shart-sharoitsiz rivojlansa va amalga oshsa. Ba’zan bir xil sabab turlicha voqea va hodisalarga olib kelishi mumkin. Bu shart-sharoit omilga bog‘liqdir.
Bahona esa voqea-hodisalarning amalga oshirilishi uchun sababga turtki bo‘ladi. Bahona tashqi va tasodifiy xarakterga ega bo‘lib, u voqea-hodisalar o‘rtasidagi sababiy bog‘liqlik yoki o‘zaro aloqani ta’minlash xizmatini bajaradi. O‘z navbatida bahona suitsidning motivi haqida ayrim ma’lumotlarni ham berishi mumkin. Ba’zan esa bahona, shart-sharoit hamda suitsidal xulq motivi bilan bir qatorda suitsidning sababini ochib berishi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, bolalar va o‘smirlar suitsidining maqsadini aniqlash har doim muvaffaqiyatli kechavermas ekan. Bunga birinchidan ota-onalar va yaqin kishilarning “bo‘lgan ish bo‘ldi, baribir o‘lganni tiriltirib bo‘lmaydi” qabilida ish tutishlari natijasida to‘la haqiqatni aytishdan bosh tortishlari sabab bo‘lsa, ikkinchidan suitsidal urunish ba’zan intim munosabatlar tufayli sodir etilganligi uchun suitsidentlarning o‘z xatti-harakatlari haqida suz yuritishdan bosh tortishi suitsidal urunishning haqiqiy sabab va motivlarini aniqlash jarayonini qiyinlashtiradi. Shuning uchun bolalar va o‘smirlar suitsidining sabab va motivlarini aniqlash bir qator kompleks fazifalarni amalga oshirishni taqazo qiladi. Suitsident shaxsi xususiyatlari jumladan, xarakter, temperament va xulq atvoridagi o‘zgarishlar, emotsional irodaviy va yosh xususiyatlari, maktab faoliyati tahlili, hamda oilada va o‘rtoqlari davrasida tutgan mavqei, psixologik muhit va shu kabilarni o‘rganish shular jumlasidandir. Biroq, bu singari suitsidogen omillar doimo tashqi olam va shaxs ichki dunyosi bilan murakkab o‘zaro bog‘lanishga ega bo‘lganligi, hamda bir xil ahamiyatli va bir-biriga bog‘langan biologik, psixologik va ijtimoiy komponentlar majmuasidan tashkil topganligi tufayli har doim ham yaxshi va tulakonli natija beravermasligi kuzatiladi.
O‘zbekistonda olib borilgan ijtimoiy psixologik tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, bolalar va o‘smirlar suitsidining sabab va motivlari turlicha va xilma-xil bo‘lib, jumladan pubertat oldi va kichik pubertat (jinsiy yetilish davri) yoshi davrlarida suitsidal xulqning asosiy motivi bo‘lib, sog‘lomlik (asosiy ruhiy nosog‘lomlik) va qo‘rqinch holatlariga bog‘liq bo‘lgan nizolar, kechinmalar xizmat qilsa, pubertat va pubertatdan keyingi yosh davrlarida shaxsiy oilaviy, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi nizolar hamda ijtimoiy ahloq normalari bilan bog‘liq bo‘lgan nizolar asosiy motivlarini tashkil qiladi.
Pubertat oldi va kichik pubertat yoshida sog‘lomlik holatining asosiy motiv sifatida namoyon bo‘lishi, bizningcha, suitsidentlarning yosh bo‘lganliklari uchun shaxsiy, oilaviy va ijtimoiy ahloq normalariga bog‘liq bo‘lgan nizolarga duch kelmaganliklari bilan belgilanadi. Pubertat va pubertatdan keyingi yosh davrlarida esa suitsidentlarning yoshi, bio-psixologik va ijtimoiy e’tiyojlarining ortib borishi, ularni oilaviy munosabatlariga hamda, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida, moddiy-maishiy ta’minotga bog‘liq bo‘lgan nizolarga nisbatan munosabatga kirishishni undaydi. Bu singari munosabatlarning paydo bo‘lishi nizoli vaziyatlarning kelib chiqishiga va ularning asosiy motivi sifatida namoyon bo‘lishiga olib keladi.
Ko‘p holatlarda suitsidal xulqning sabab, bahona va motivlari bir-biriga korishib ketganligi tufayli bolalar va o‘smirlar suitsidining sabab, bahona va motivlarini yakka hodisa sifatida o‘rganishda qator qiyinchiliklarga duch kelinadi. Shu sababli o‘z tadqiqotimiz natijalari asosida bolalar va o‘smirlarda suitsidal xulqning sabab, bahona va motivlarining shartli klassifikatsiyasi tuzildi. Bunga ko‘ra bolalar va o‘smirlar suitsidining bahona va motivlari kuyidagicha ifodalaniladi:

Yüklə 244,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə