1-mavzu: Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining predmeti va og`ishgan xulq klassifikatsiyasi Reja


Suiqasdning turlari, haqiqiy suiqasdlik xulqi va suiqasdlik holatining dinamik rivojlanishi



Yüklə 244,82 Kb.
səhifə43/75
tarix23.05.2023
ölçüsü244,82 Kb.
#112470
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75
1-mavzu Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining predmet

Suiqasdning turlari, haqiqiy suiqasdlik xulqi va suiqasdlik holatining dinamik rivojlanishi
O‘z fe’l-atvorini ochiq oydin namoyon etish. Bu turdagi o‘smirlar hayot qiyinchiliklarning muammolarini yecha olmaslik va o‘zlariga boshqalarning diqqatini qaratish orqali o‘z joniga qasd qiladilar. Bu yordam so‘rash usuli o‘z joniga qasd kilish o‘ziga real zarar yetkazish emas, atrofdagilarni qo‘rqitish maqsadida, o‘smirlarnig muammolari ustida o‘ylanib qolish, kattalarning ularga adolatsiz munosabatlarini namoyon etish maqsadida bo‘ladi.
O‘z xulqini namoyish etish, tomirlarni kesish, dori-darmonlar orqali zaharlanish, yoki o‘zini osish orqali namoyon etiladi.
Bu turdagi harakatlar yorqin namoyish etiladi. Bu paytda o‘smir impulsiv, aniq rejasiz harakat qiladi. Affektiv suiqasdlik holatda o‘smirlar o‘zlarini osadilar yoki zararli vositalar orqali o‘zlarini zaharlantiradilar.
Bu turda aniq o‘ylangan reja tuziladi. O‘smir o‘z joniga haqiqiy qasd qilishga tayyorlanadi va qarindoshlariga, do‘stlariga o‘zining harakatlarining sabablari va ularni kechirishlarini so‘rab xat qoldiradi.
Bu harakatlar rejalashtirilgan bo‘lib, ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi. Haqiqiy suiqasdlikka o‘zini balandlikdan sakrash yoki osish orqali o‘tadi. O‘z joniga qasd kilish juda g‘ayritabiiy va keskin qadam bo‘lib hisoblanadi va shuning uchun uni ijro etish tezkorlik bilan hal etilmaydi. Bunda uzoq vaqtdagi kechinmalar va bu holatdan chiqish yo‘llari izlanadi.
Suiqasdlik holatining dinamik rivojlanishi:
Birinchi bosqich - o‘lim haqida savollar bosqichi va hayot mazmuni. Bu suiqasdlik harakatini bajarishda moslashish xususiyati (o‘qishga qiziqishning pasayishi, muloqotning chegaralanishi, yuqori darajadagi asabiylashish)
Bu paytda suiqadslik fikrlari paydo bo‘ladi, ya’ni “men bu hayotdan bezor bo‘ldim”, “yotsamda, uyg‘onmasam” va boshqalar.
Oxirgi bosqichda o‘smirda passiv fikrlar paydo bo‘ladi, ya’ni o‘z hayotidan mahrum etish, o‘z joniga qasd etish. Bu bosqichda o‘lim haqida faraz qilish, fantaziyalar paydo bo‘ladi.
Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, 75% o‘smirlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish, suiqasdlik holatlari bo‘lgan. Bunaqa turdagi fikrlar baholanmaydi yoki “qo‘rqitish” sifatida qabul qilinadi. Har bir o‘z joniga jiddiy qasd etuvchi kishilar bu haqida atrofdagilarga o‘zining harakatlari haqida bildiradi.
O‘z joniga qasd etish asta-sekin paydo bo‘ladi va 70% voyaga yetmaganlar o‘z joniga suiqasd etadi.
O‘z joniga qasd etuvchilar ularni boshaqalar eshitishini va ularga so‘z berishlarini xohlaydilar. Lekin ko‘pincha bunga erisha olmaydilar.

Yüklə 244,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə